2-shakl
Materiallarning belgilanishi
Ish chizmasida tayyorlanayotgan detalni materiali va material xususiyatlarini ifodalovchi kerakli ma’lumotlar yozilishi shart.
Chizmaning asosiy yozuvida detal materialining nomi, markasi va standartiga oid bo‘lgan boshqa normativ hujjatlar ko‘rsatiladi.
Oddiy uglerodli po‘latni quyidagicha belgilanadi: Po‘lat 0, Po‘lat 1, Po‘lat 2, Po‘lat 3, Po‘lat 4, Po‘lat 5, Po‘lat 6 asosiy yozuvning 3 grafasida, masalan, Po‘lat 3 380-71 DS deb yoziladi.
Sifatli uglerodpi konstruksion po‘latni 2 raqamli son bilan belgilanadi: Po‘lat 2.5 1050- 74 DS.
Uglerodli instrumental po‘latni U xarfi bilan, ya’ni Po‘lat U8 1435-74 DS deb belgilanadi. Legirlangan mashinasozlik po‘latini legirlovchi element belgilari bilan: G - marganes, S - kremniy, X - xrom, N - nikel, M - molibden va x.k. Misol: 20 markali xromnikelli po‘lat Po‘lat 20 XN 4545-71 DS, qo‘ng‘ir cho‘yan esa QCh deb belgilanadi. Misol QCh 18-36 1412-70 DS.
O‘lchamlar qo‘yish
Chizmalarda o‘lcham qo‘yishning umumiy hollari 11.3.-shaklda ko‘rsatilgan. Quyida detallarni ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlash talablarini e’tiborga olgan holda o‘lcham qo‘yishlar ko‘rib chiqiladi. Detallarga o‘lcham qo‘yishda uni tayyorlashdagi jarayonlarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi, aks holda noqulay o‘lcham qo‘yish ortiqcha ishlov berish va detalni tannarxini oshishiga olib keladi. Detal elementlaridagi ba’zi bir o‘lchamlar (faska, kanavka va boshqalarida) kesuvchi va o‘lchovchi moslamalar sonini kamaytirib, detalni tayyorlashda uni tannarxini kamaytiriladi.
3-shakl
Detallarning barcha o‘lchamlarini 2 guruhga - tutashuvchi va erkin guruhlarga bo‘linadi. Tutashuvchi o‘lchamlar detal sirtining shaklini aniqlab, buyumda boshqa detal bilan kirishuvi va buyumdagi sirtlarning xolatlarini ifodalaydi. Buyumda detallarning sirtlari o‘zaro tegib turmasa, ularni erkin o‘lchamlari aniqlaydi. Detallarga o‘lcham qo‘yishda 3 xil usuldan: zanjir, koordinatalar va kombinasiyalashgan usullaridan foydalaniladi.
Zanjir usulida o‘lcham qo‘yishda o‘lchamlar zanjiri ochiq bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Detalning har bir elementiga ishlov beriladi (11.3,a-shakl). Avval d1 diametrli yuzaga l1 uzunlikda, keyin d2 diametrli yuzaga l2 uzunlikda va boshqa yuzalarga ishlov beriladi. Zanjir usuli detalning ba’zibir elementlarini aniq o‘lchamda bo‘lishi talab etilganda foydalaniladi.
Detallarga zanjir usulida o‘lcham qo‘yish o‘qlar orasiga o‘lcham qo‘yishda hamda detallarga ishlov berishda kesuvchi asboblarning komplektidan foydalanilganda qo‘llaniladi.
|