Detallarning eskizlari va ish chizmalari. Eskizni tuzish qoidalari. O'lchov asboblari. Asosiy talablar. Detallarning ish chizmalarini tuzish usullari. Ish chizmalarga o'lcham qo'yishga talablar




Download 1.03 Mb.
bet4/7
Sana21.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#36438
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1–mavzu Detallarning eskizlari va ish chizmalari. Eskizni tuzis
Презентация Microsoft PowerPoint, 10-mavzu, 5110200-FIZIKA VA ASTRONOMIYA OQITISH METODIKASI , bozo r, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi ...ot strategiyasi tasdiqlandi NORMA, Dasturlashga oid saitlar, kon ni ochiq usulda
Koordinalar usulida o‘lcham qo‘yish 11.3,b-shaklda keltirilgan bo‘lib, mazkur usuldan detallarning boshqa o‘lchamlardan qat’iy nazar yuqori aniqlikdagi o‘lchamli yuzalariga ishlov berilganda foydalaniladi.
Kombinasiyalashgan usulda o‘lcham qo‘yish amaliyotda keng tarqalgan bo‘lib, o‘zida zanjir va koordinatalar usulidagi o‘lcham qo‘yishlar uyg‘unlashib ketadi (11.3,v-shakl). Ushbu usuldagi o‘lcham qo‘yishda yuqori aniqlik talab qiladigan detal elementlariga aloxida o‘lcham qo‘yish mumkin. Ishlov beriladigan yuzalar ishlov berilmaydigan yuzalardan ajratilib, ularning o‘lchamlar zanjirida alohida ko‘rsatiladi.

Ish chizmalariga o‘lcham qo‘yishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish talab etiladi:

1. Detal chizmasi uni tayyorlashni e’tiborga olib uch guruh o‘lchamlarni – gabarit, o‘qlar va markazlararo o‘lchamlar hamda detalning alohida elementlariga o‘lcham qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Ba’zi bir hollarda o‘rnatuvchi, bir-biriga bog‘lovchi va ma’lumot uchun o‘lchamlari ham qo‘yiladi.
2. Detalning bir-biridan farq qiluvchi elementlarining shakli va holatini aniqlovchi o‘lchamlar bo‘lishi kerak. 11.4-shaklda 8 diametrli teshikni o‘lchami ustidan ko‘rinishda, boshqa o‘lchamlar esa bosh ko‘rinishda berilgan.
3. Detal elementlarining tashqi va ichki sirtlarini o‘lchamlarini aralashtirib yuborish maqsadga muvofiq emas. Bu holatlarida o‘lcham chiziqlarini detal konturidan tashqariga chiqarish tavsiya etiladi (11.5-shakl). Chiqarish va o‘lcham chiziqlarini kesishuviga iloji boricha yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ko‘rinmaydigan chiziqlariga o‘lcham qo‘yish tavsiya etilmaydi.
4. Detal elementlaridagi bir nechta bir xil o‘lchamlarga ularning soni ko‘rsatilib bir marta o‘lcham qo‘yiladi (11.6-shakl).
5. Aylanada bir xil joylashgan detal elementlari o‘lchamlarini qo‘yishda burchak o‘lchamlari o‘rniga ularning sonini ko‘rsatish bilan kifoyalanadi (11.7-shakl).
6. Detaldagi bir xil o‘lchamli simmetrik elementlarning sonini ko‘rsatilmasdan bir marta o‘lcham qo‘yiladi (11.8-shakl).
8. Detalda yumaloqlash radiuslari yoki bukilishlarni chizmada ko‘rsatmasdan texnik talablarga quyidagicha yozib qo‘yish mumkin: yumaloqlash radiuslari 5 mm, ko‘rsatilmagan radiuslar 3 mm, ichki bukilish radiuslari 12 mm.

9. Rezbali detallarda rezba ochilgan joyini uzunligi faska va o‘yilgan qismlarni ham o‘z ichiga oladi. Faska va o‘yilgan qismi o‘lchamlari rezba o‘lchamidan oldin qo‘yiladi (11.10-shakl).

10. O‘lchamlar qo‘yishda 2.307-68 DS va 2.109-73 DS lari talablarini e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
7. Qirqim va ko‘rinishlardagi qirqim berilmagan hollarda teshiklarga o‘lcham qo‘yishlar 11.9-shaklda ko‘rsatilgan.




Download 1.03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.03 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detallarning eskizlari va ish chizmalari. Eskizni tuzish qoidalari. O'lchov asboblari. Asosiy talablar. Detallarning ish chizmalarini tuzish usullari. Ish chizmalarga o'lcham qo'yishga talablar

Download 1.03 Mb.