-MAVZU. PSIXOKORREKSION DASTUR TUZILISHIGA




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana22.09.2024
Hajmi3,81 Mb.
#271960
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
l3JZ7OHkU1COFqzozEJC4w1n1Dus6QMb

14-MAVZU. PSIXOKORREKSION DASTUR TUZILISHIGA 
QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING O‘ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.
Psixokorreksion dasturlar tuzishning asosiy mezonlari. 
2.
Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar. 
3.
Psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar. 
Mеhnatni ko`p talab etadigan psixologning tuzatish ishi – ota-
onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual
bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi ancha 


mеhnat, vaqt, ko`p mеtod va mеtodikalarni qo`llashni talab etsa ham 
ancha natijali hisoblanadi. 
Psixokorrеksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga olish 
zarur: 
- Korrеksion ishning aniq maqsadini bеlgilash. 
- Korrеksion ishning konkrеt maqsadini aniqlovchi vazifalarni 
aniqlash. 
- Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash). 
- Mеtodika va tеxnikani ishlab chiqish. 
- Korrеksion ishga kеtadigan umumiy vaqtni aniqlash. 
- Uchrashuv kunlarini bеlgilab olish. 
- Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat) 
- Korrеksion dasturni ishlab chiqish va mazmun mohiyatini 
bеlgilab olish. 
- Korrеksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini bеlgilash. 
- Korrеksion dasturni boshlashda dinamika va o`zgartirishlar 
bo`lishi yoki bo`lmasligini bеlgilash. 
Psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda kuyidagi asosiy 
prinsiplarga tayanish zarur: 
1. Korreksiya profilaktika va rivojlantiruvchi vazifalarning birligi 
prinsipi 
2. Korreksiya va psixologik diagnostikaning birligi prinsipi 
3. Korreksiyaning faoliyatliligi prinsipi 
4. Shaxsni yosh psixologik va individual xususiyatlarini inobatga 
olish prinsipi
5. Psixologik taʼsir ko‘rsatish metodlarining kompleksliligi prinsipi 


6. Korreksiyaga mijozning ijtimoiy muhitidagi yaqin kishilarini 
jalb etish prinsipi 
7. Psixik jarayonlarni turli bosqichlariga tayanish prinsipi 
8. Taʼlimni dasturlariga tayanish prinsipi 
9. Murakkablilikni o‘sishi prinsipi 
Berilayotgan materialni hajmi va murakkablilik darajasini hisobga 
olish prinsipi
Materialning emotsional og‘irliligi prinsipi. 
Bu prinsip korreksion ishlarda 3 ta tur yechimidan foydalanish
kerakligini taʼkidlaydi, yaʼni
1)korreksion,
2)profilaktik
3)rivojlantiruvchi.
Bunda bola shaxsining har tomonlama rivojlanishda bog‘liqlik va 
notekislik borligini anglatadi. Tushunarliroq aytadigan bo‘lsak har bir
bola rivojlanishning har xil bosqichida bo‘ladi, yaʼni: juda yuqori 
pog‘onada rivojlanish normada, past pog‘ona – yaʼni rivojlanishda 
psixik qiyinchiliklar borligini anglatadi. Bunda notekis rivojlanish 
qonuniyati kelib chiqadi. Rivojlanishning orqada qolishi va shaxs 
rivojlanish qonuniyatining buzilishi hollari bola intellektining
rivojlanishining orqada qolishi yoki boshqa qiyinchiliklarini keltirib 
chiqaradi. Masalan: bilish va o‘rganish motivining rivojlanmasligi 
sababli bola nutqining rivojlanishi operatsiyasining orqada qolishga olib 
keladi. Shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi programmalarning 
masala va maqsadini aniqlaganda hozirgi kundagi aktual problemalar 


bilan chegaralanmay rivojlanishning yaqin prognozlaridan foydalanish 
ham kerak. 
Bolaga o‘tkaziladigan har qanday psixologik taʼsir faqatgina 
orqada qolgan bosqichni korreksiya qilishgagina qaratilgan bo‘lmay 
orqada qolishini oldini olishga uyg‘un rivojlanishga yo‘l ochishga 
qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Xulosa qilib aytganda korreksion rivojlantiruvchi dastur 3 ta 
vazifani bajarishi lozim: 

korreksion buzilish va orqada qolishni tuzatish. 

profilaktik – buzilish va orqada qolishning oldindan aniqlash. 

rivojlantiruvchi – rivojlanishda aniq maqsadlilik, optimizm,
bo‘shatib borishga qaratilganlik.
Shu 3 ta dasturlarning birgalikda olib borishi kutilgan yaxshi natija 
berishi mumkin. 
2.Bu prinsip amaliy psixolog ishida mijozning rivojlanishi va 
psixologik yordam berishni bir butun deb talqin etadi. 
3.Bu prinsipni nazariy talqini bola psixik rivojlanishi haqidagi A.N. 
Leontyev, D.B.Elkonin mehnatlarida psixik rivojlanishi markazida 
ko‘rsatilgan. 
4.Mijozning psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish 
prinsipini mijozning psixik va shaxs rivojlanishining normativ 
taraqqiyotiga ijobiy taʼsir etadi. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki mijozning xususiyatlarini hisobga olish 
har bir mijozni konkret, individual xususiyatlari uni o‘z yo‘lini o‘zi 
belgilashiga yo‘l ochadi. 


5.Metodlarning kompleksliligi prinsipi korreksion taʼsir etish 
programmalarining turli metodlari va texnikalaridan amaliyotchi 
psixolog foydalanishi lozimligini yaqqol ko‘rsatadi. Ko‘pgina chet el 
psixologlari tomonidan tadbiq etilgan metodlar psixoanalizning nazariy 
negizini ochib beradi. Lekin hech qaysi metodika va texnika shaxsan bir 
nazariyaga bog‘langan emas. Bu metodlar mijozning muammosini hal 
etishda yirik qurol bo‘lib xizmat qiladi. 
6.Bu 
prinsipda 
mijozning 
psixik 
taraqqiyotida 
uning 
atrofidagilarning roli aniqlanadi. Bolaning yonidagi kattalar bilan 
aloqasi, birgalikdagi faoliyati, o‘rganilgan hamda uning taraqqiyotiga 
baho beriladi. Bola tevarak atrofdagilardan ajratilgan holda emas ular 
bilan birgalikda rivojlanadi. 
7.korreksion dasturlar tuzilganda ko‘proq taraqqiy etgan psixik 
protsesslarga suyanish va ularni aktivlashtiruvchi metodlardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Insonning taraqqiyoti alohida 
protsess emas, shuning uchun bolalikdan shakllanishning har xil 
formalaridagi ko‘rinishini o‘rganishi kerak. 
8.Bu prinsipda oldin psixolog ko‘rsatib beruvchi keyin mijoz 
tomonidan bajariluvchi dastur malaka ko‘nikma hosil bo‘lishida yaxshi 
samara beradi. 
9.Bu prinsipda oldin oddiydan so‘ng qiyinroq bosqichga o‘tish 
nazarda tutiladi. Bunda mijoz o‘zi bajarayotgan ishdan zavq olishga va 
korreksion ishga qiziqishni orttirishga yordam beradi. 
10.korreksion ishning vaqtida egallash yangisiga o‘tishda 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. 


11.Bu prinsipda o‘tkazilayotgan mashg‘ulot, berilayotgan material 
mijozda ijobiy emotsiyalarni uyg‘otishi kerak. Psixologning korreksion 
dasturi psixologik ishlangan bo‘lishi kerak. korreksion ishlarning 
diagnostik tekshiruvi to‘g‘ri amalga oshirilishi kerak. 
korreksion dasturlarning turlari. korreksion taʼsir etishdan avval aniq 
korreksion taʼsir etish modelini to‘zish lozim: umumiy, tipovoy, 
individual. 
Korreksiyaning umumiy modeli – bu har bir shaxs taraqqiyoti bir 
butun olingan shartlari tarmog‘idir. U insonning tevarak-atrof uni o‘rab 
turuvchi dunyo haqidagi farazlarni chuqurroq, haqqoniy, kengroq 
bo‘lishiga, insonlar haqida ular orasidagi munosabat, jamiyatdagi 
o‘zgarishlar, ularning faoliyatlari haqida analiz qila olishga, kuzata 
olishiga sharoit yaratadi. Korreksiyaning bu modelida mijozning 
sog‘lig‘i mashg‘ulotning vaqti aniq belgilab olinadi. 
Korreksiyaning tipologik modeli – bu model amaliy harakatlarning 
tayyorgarligi va o‘tmishdan iborat. Har xil komponentlardan 
foydalangan holda bosqichma-bosqich o‘tkazilishidir. 
Korreksiyaning individual formasi – bunda mijozning o‘ziga xos 
bo‘lgan individual tomonlari hisobga olinadi – uning qiziqishlari, psixik 
taraqqiyoti, o‘rgana olish qobiliyati, muammo va faoliyatidagi aniq 
ko‘rinishi aniqlanadi. 
Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar mavjud: 
1) Standartlashtirilgan dasturda korreksiyaning har bir bosqichi aniq 
belgilangan bo‘ladi. Materiallar, talablar qatnashuvchiga qo‘yiladi. 
korreksion ishni boshlashdan avval psixolog material berilishida 
mijozning kuchi va idrokini hisobga olgan bo‘lishi kerak. 


2) Erkin dastur – bunda psixolog dasturni o‘zi to‘zadi. Maqsad va 
vazifalarining bosqichlarini, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishini 
o‘zi belgilaydi. Markazlashtirilgan taʼsir kompleks psixokorreksion 
bloklardan o‘tadi. Har bir blok aniq metod va usullardan iborat. 
Bular: 
1. Diagnostik blok 
2. Belgilovchi blok 
3. korreksion blok 
4. korreksion taʼsirning effektivliligini baholovchi blok. 
1) Maqsadi: shaxs rivojlanishining alohidalilik diagnostikasi, xavfli 
faktorlarni 
aniqlash, 
psixokorreksion 
dasturlarning 
umumiy
shakllanishi. 
2) Maqsad: o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otish, muloqotga kirishishga 
qiziqish uyg‘otish, qo‘rquvni kamaytirish psixolog bilan muloqotga 
kirishini va hayotiga o‘zgarishlar kiritishga xohish uyg‘otish. 
3) Maqsad: mijoz taraqqiyotini optimallashtirish va garmonizatsiyalash, 
salbiy taraqqiyot fazasidan ijobiysiga o‘tish, o‘zi va dunyo bilan 
hamohang faoliyat o‘rnata olishga o‘rganish. 
4) Maqsad: reaksiyalarning dinamikasi va psixologik mazmuniga baho
bera olish o‘z-o‘ziga baho berishning stabillashuvi. 
psixokorreksion dasturlar tuzishga qo‘yiladigan talablar: 
psixokorreksion dasturlarni tuzishda quyidagi holatlarni hisobga 
olish zarur: 
- korreksion ishning aniq maqsadini belgilash. 
- korreksion ishning konkret maqsadini aniqlovchi vazifalarni 
aniqlash. 


- Ishning formasini aniqlash (individual, guruhiy yoki aralash) 
- Metodika va texnikani ishlab chiqish. 
- korreksion ishga ketadigan umumiy vaqtni aniqlash. 
- Uchrashuv kunlarini belgilab olish. 
- Vaqtini aniqlash (boshida 10-15 minut, oxirida 1,5-2 soat) 
- korreksion dasturni ishlab chiqish va mazmun mohiyatini belgilab 
olish. 
- korreksion ishda yaqin qarindoshlarining qatnashuvini belgilash. 
- korreksion dasturni boshlashda dinamika va o‘zgartirishlar bo‘lishi 
yoki bo‘lmasligini belgilash. 
korreksion tadbir so‘ngida korreksion dasturning samaraliligi, maqsad 
va vazifalarining bajarilganligiga baho beruvchi xulosa hisobot 
tayyorlanadi. 
Psixokorreksion tadbirlarning samaraliligini baholash quyidagicha 
mezonda aniqlanadi: 
A) rivojlanishdagi qiyinchilikning yechilishi barham topishi. 
B) maqsad va vazifalarning belgilanishi korreksion effektivligi uzoq 
muddatdan so‘ng ish davom etayotganda, oxirida aniqlanadi. 
korreksion dastur muammoning butunlay hal bo‘lishini oldiga maqsad 
qilib qo‘ymaydi, balki samarali ish olib borishda muammolarning
yo‘qolishi va yechilishiga xar tomondan baho berilayotganiga ham 
qaraladi. 
Masalan: mijoz uchun dasturda ishtirok etayotgan vaqtda uning 
emotsional holatining yaxshilanishi, ijobiy his qilishi bilan belgilanadi. 
Psixolog uchun korreksion dastur tashkil etilishi, majburiyatni 
his etishi oldiga qo‘yilgan vazifani bajarilishi bilan aniqlanadi. 


Mijozning yaqinlari uchun esa, mijozda paydo bo‘lgan 
muammoning qay tarzda ijobiy hal etilganligi bilan aniqlanadi.
korreksion dasturlarning ijobiy taʼsir doirasi uning intensivligidadir. 
korreksion mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan oshmasligi, olib 
borilayotgan o‘yinning maʼno jihatdan o‘ylanganligi bilan ham bog‘liq. 
Mashg‘ulotlar tugagandan keyin ham iloji boricha mijozning taraqqiy 
etishi bilan qiziqib borish muloqotni yo‘qotmaslik 1,2 oyda 1 marotaba 
uchrashi lozim. korreksion dasturlar qancha erta aniqlanib ish boshlansa 
shuncha tez samara beradi.
Psixokorrеksiya samaraliligini aniqlovchi omillar quyidagilardan iborat: 
Psixokorrеksiyaning samarasi konkrеt mеtod va ta'sir etuvchi 
xususiyatdan aniqlanadi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-MAVZU. PSIXOKORREKSION DASTUR TUZILISHIGA

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish