• 3.3. CD – RW jamlovchisi.
  • DVD jamlovchisi. Kompakt disklarning kelajagi – bu (Digital Versatile disc )
  • Disketning CD-R jamlovchilari




    Download 1.05 Mb.
    bet14/21
    Sana22.06.2023
    Hajmi1.05 Mb.
    #75121
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
    Bog'liq
    SAMANDAR DIPLOM
    5- amalit mashgulot, Амалиётчининг кундалиги, 32 сонли Оммалаштирш буйруғи ва иловалари, анализ метизов
    Disketning CD-R jamlovchilari
    CD-R (CD-Recordable ) jamlovchilarida (ularni ba’zan CD-WORM (Compact-Disk Write-Once Read-Many deb ataladi) siz o‘zinggizni musiqali kompakt diskingizni yozishinggiz mumkin. Bunday jamlovchilar o‘z ma’lumotlar bazasini kompakt diskda tarqatishdan manfaatdor bo‘lgan kichik firmalar uchun juda qulaydir. Yozilgan master diskni ko‘paytirish mumkin. CD-R diski odatdagi diskdan farq qiladi. Uning sirtida o‘yiqliklar kuydirib chiqarilmaydi. Toza CD-R diski odatdagi kompakt diskning alyuminiy qoplamasi kabi qaytaruvchi hossalarga ega bo‘lgan bo‘yovchi modda qatlami bilan qoplangan va o‘quvchi qurilma undan bitta ham shtrixni topa olishi mumkin emas. Diskka ma’lumotlar yozila boshlanganda lazer nuri oltin qatlami va bo‘yovchi modda qatlamini qizdiradi. Qiziganda sirtning ba’zi maydonchalari odatdagi kompakt diskning shisha master diskidagi o‘yiqliklar kabi nur socha boshlaydi. Garchi bu o‘yiqliklar oltin va bo‘yovchi modda qiziganda boradigan kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘lgan, kamroq qaytaruvchi “dog‘lar “ bo‘lsada, lekin o‘quvchi qurilma bu joylarni o‘yiqliklar kabi qabul qiladi.
    3.3. CD – RW jamlovchisi.
    “Sariq kitobda “ CD – RW standarti aniqlanganidan so‘ng bu jamlovchilar CD-R jamlovchilariga ommaviy muqobil bo‘lib qoldi. CD-RW diskini bir necha ming marta qaytalab yozish mumkin. CD-RW qurilmalar baxosining doimo pasayib borayotganligi ularni zahira nusxalash, arxivlash va boshqa ma’lumotlarni saqlash vaziyfalari uchun foydalanish imkonini beradi. Yozish sikllari soni CD-RW diskining qaytarish qobilyati bilan cheklanadi. Ko‘pchilik standart CD-ROM va CD-R jamlovchilari CD-RW disklarni o‘qib olishmaydi, yangi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar esa o‘z jamlovchilarida istalgan disklar formatidan foydalanishni ta’minlashadi. CD-RW jamlovchilari CD-R disklarni yozishlari va istalgan CD-ROM disklarni o‘qishlari mumkin. CD-RW jamlovchilarning yuqori baxosi ularning beradigan imkoniyatlari bilan to‘la o‘zini oqlaydi.
    DVD jamlovchisi.
    Kompakt disklarning kelajagi – bu (Digital Versatile disc ) deb ataladigan raqamli universal diskdir. Bu yangi standart bo‘lib, u xotira sig‘imini nihoyatda orttiradi, demak, kompakt – disklar uchun foydalaniladigan ilovalar soni ham ortadi. Hozirgi zamon CD-ROM texnologiyasining asosiy muommosi shundaki, u disk xotirasi sig‘imi bilan qat’iy chegaralangan. CD-ROM diski eng ko‘pi bilan 700 Mbayt ma’lumot saqlashi mumkin, garchi bu juda katta hajmli bo‘lsa ham, biroq u ko‘plab yangi ilovalar uchun yetarli bo‘lmas ekan.
    Standartga muvofiq DVD disk bir tomonlama, bir qatlamli va 4.7 Gbayt axborotni o‘z ichiga oladi. Yangi disk zamonaviy kompakt disklar kabi diametrga ega, biroq u ikki marta ensizdir (0.6 mm). Yangi diskda, MPEG-2 siqishni qo‘llanib, 135 minutli videoni – uch kanalli sifatli tovushga va to‘rt kanalli subtitrga ega bo‘lgan to‘la metrajli filmni joylashtirish mumkin.
    DVD jamlovchilarning zamonaviy rusumlari 8.5Gbayt sig‘imli ikki qatlamli DVD disklarni, 9.4 Gbayt sig‘imli ikkitomonli disklarning bir tomonida, va shuningdek, 17 Gbayt sig‘imli ikki qatlamli disklarni qo‘llaydi (muvofiq keladi). DVD- diskning sig‘imini orttirish uchun bunday parametrlarni o‘zgartirish mumkin:



    • Shtrix uzunligini kamaytirish (~2,08х, 0,972 dan 0,4 мкм gacha );

    • Yo‘lkalar orasidagi masofani kamaytirish (~2,16х, 1,6 dan 0,74 мкм gacha );

    • Ma’lumotlar sohasini kengaytirish (~1,02х, 86 dan 87,6 см2 gacha );

    • Yuqoriroq samarali modulyatsiyani qo‘llanish (~1,06х);

    • Xatoliklar proeksiyasi kodining samaradorligini oshirish (~1,32х);

    • Sektorlarni kamaytirish (~1,06х, 2 048/2 352 dan 2 048/2 060 baytgacha).

    10-rasmda CR-ROM va DVD disklari taqqoslangan.





    10-rasm. DVD diskida odatdagi CD-R va CD-RW disklariga qaraganda shtrixlar o‘lchami kamaytirilgan
    DVD-R DVD-R — bu , CD-R kabi bir marta yozish mumkin bo‘lgan tashuvchidir. CD-Rga o‘xshash, u ma’lumotlarni arxivlash va distibutivlar yaratish uchun juda yaxshi yechimdir.
    Bir tomonlama DVD-R diski 3,95 Gbayt, ya'ni CD-R ga qaraganda olti marta ko‘p ma’lumotni saqlash mumkin. Ikki tomonlama DVD-R diski ikki marta ko‘p axborotni saqlash mumkin. DVD-R texnologiyasi organik qoplamada foydalaniladi. CD-R dagi kabi, organik qoplama qimmat emas. Pozitsiyalanish aniqligini ta’minlash uchun DVD-R da to‘lqinsimon tarnovli yo‘lkalar usuli qo‘llaniladi, bunga muvofiq, maxsus tarnovli yo’lkalar diskda zavod sharoyitida gravyura qilinadi (o‘qiladi). Ma‘lumotlar faqat tarnovchalarga yoziladi. Tarnovchalar og’ish chastotasi diskdan axborotni o‘qishda sinxronlovchi bo‘ladi.Tarnovchalar DVD-RAM ga qaraganda zichroq joylashgan, biroq ma‘lumotlar faqat tarnovchalarga yoziladi, maydonchalardan foydalanilmaydi.
    DVD-RW DVD-RW standarti DVD Forumga 1998 yilda taqdim etilgan edi. U asosan Pioneer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib fazani o’zgartirish texnamaniyasiga asoslanadi. U DVD – ROM jamlovchilari bilan DVD-RAM ga qaraganda yaxshiroq moslashuvchandir (birgalikda bo’ladi).
    DVD-RW jamlovchilari savdoga 1999 yili chiqarildi. DVD jamlovchilarning yangi tiplari CD – R/CD-RW standartlari bilan yaxshiroq moslashuvchan bo‘lishiga qaramasdan , DVD qayta yozadigan ko’p sondagi formatlarni muvofiqlashtirish muommosi hozirgacha ochiq qolmoqda.
    DVD-RW standarti CD-RW ga o’xshash, va diskga axborotni yozish va qayta yozish uchun fazani o’zgartirish texnologiyasiga o’xshash texnologiyadan foydalaniladi. Bu yozuv usuli ko’p jihatdan DVD- R ga o’xshash va unda ham to’lqinsimon tarnovchalarga yozish texnikasidan foydalaniladi. DVD-RW xuddi CD-RW kabi CD-R disklarni o’qishi va yozishi, shuningdek, DVD-R disklarini o’qishi va yozishi mumkin. Bundan tashqari DVD-R disklarni modifikatsiyalangan DVD-Video va DVD-ROM jamlovchilarda qayta tiklash mumkin.

    Download 1.05 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Download 1.05 Mb.