• Milliy, etnografik va badiiy liboslar
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayneri




    Download 1,03 Mb.
    bet3/3
    Sana28.11.2023
    Hajmi1,03 Mb.
    #106926
    1   2   3
    Bog'liq
    8-varinat taqdimoti

    Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayneri

    • Aytaylik, sizda ijodiy qobiliyatlar mavjud va shu kasbning betakror, hamma orzu qiladigan ustasiga aylanmoqchisiz. Ishni me’moriy-dekorativ san’at turlarini va ularning yaratilish tarixini o‘rganishdan boshlang. Materialshunoslik, haykaltaroshlik va tasviriy san’at asoslari, me’moriy-dekorativ inshootlarni yaratish texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirmasdan maqsadga erishishning iloji yo‘q, albatta. Ish jarryonida esa, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi me’yorlariga rioya qilish – o‘zingizga foyda.

    Milliy, etnografik va badiiy liboslar

    • ning o‘ziga xosligi qadimdan xalqlarning tabiiy yashash sharoitlari, turmush tarzi va an’analaridan kelib chiqqan. Milliy etnografik liboslarda o‘ziga xoslik va originallikning uyg‘unligi bois, ularga hamisha ehtiyoj yuqori bo‘lgan va shunday bo‘ladi. Misol uchun, an’anaviy o‘zbek milliy erkaklar libosi – qavilgan paxta solingan chopon, belbog‘, do‘ppi(kallapo‘sh) va yupqa teridan ishlangan etikdan iborat. Erkaklar to‘g‘ri bichimli ko‘ylak kiyib yurishgan. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida tugmalari qadalmaydigan xalat – yaxtak kiyish urf bo‘lgan. Uni tabiiy tolali mato (paxta)dan tikishgan va chetlarini jiyaklar bilan bezashgan bo‘lib, yoshlar ham, keksalar ham kiyishiga qulay bo‘lgan. Bunday liboslarni keyinchalik boshqa viloyatlar erkaklari ham kiyishgan. O‘zbek ayollarining milliy libosi esa, ko‘ylak vazifasini bajaruvchi, xonatlas yoki boshqa ipak tolali matodan tayyorlangan to‘g‘ri bichimli xalat, keng sharovar (pastki qismi ingichkalashib ketgan keng shim)dan iborat. Ularning bosh kiyimlari esa uch qismdan: qalpoq, ro‘mol va salladan tashkil topgan. Eng ko‘p tarqalgan va ommabop amaliy san’at buyumlaridan biri – do‘ppi, ya’ni kallapo‘sh bo‘lib, ularni asosan ayollar tikishgan.
    • Hozirgi kunda milliy kiyimlarimizga nafaqat yurtimizda, balki chet ellarda ham qiziqish juda katta. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning hech biri o‘z yurtiga kamida bitta do‘ppi olib ketishi odatga aylangan desak, xato emas.Ularni yaratish esa, haqiqiy san’at turiga aylangan. Do‘ppilar hozir ham bizda keng urf bo‘lgan milliy kiyim hisoblanadi. SHahrisabzning gilami do‘ppisi, Buxoroning zar do‘ppisi, Farg‘onaning chust do‘ppisi, iroqi, duxoba va boshqa do‘ppilar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Do‘ppi nusxalari ichida eng mashhuri CHust do‘ppilari bo‘lib, qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan qalampir yoki bodomgullar qo‘lda tikib chiqiladi. Milliy liboslarimizning nafaqat ko‘rinishi yoki dizayni, balki ularning qanday mato va gazlamalardan tayyorlangani ham juda muhim. Namshoxi gazlamalar – beqasam, banoras va adras, atlaslar xalqimiz tomonidan e’zozlanadi. O‘zbek xalqi ipak etishtirishda mohir bo‘libgina qolmay, balki shohi atlaslarni to‘qigan, ularni nihoyatda yuqori badiiy did bilan bo‘yay olgan. Ipakdan to‘qilgan to‘rt, sakkiz, o‘n ikki tepkili atlaslar va ulardan tikilgan liboslar bejizga jahonga mashhur bo‘lmagan. Atlas gazmollar kompozitsiya jihatdan turli-tumandir. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq bezash turlari bor. O‘zbek milliy, etnografik va badiiy liboslarini yaratishda zardo‘zi liboslar ham muhim o‘rin egallaydi, bu borada esa Buxoro zardo‘z-dizaynerlarining ishlari tahsinga sazovor.
    • Demak, milliy mato va gazlamalarning juda katta tanlovi milliy liboslarimiz dizaynerlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Agar siz zamonaviy milliy liboslar yaratuvchisi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, boshqa amaliy san’at turlari kabi, ishni eskiz va maketlarni tayyorlash, mos matolar va furnituralarni tanlashdan boshlang. SHu o‘rinda qadimgi tillaqoshlarga zamonaviy ishlov berish studiyalari ham yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgani va u erdagi dizaynerlar ayollar liboslariga mos ravishda zamonaviy loyihalar, eskiz-maketlar asosida san’at asari darajasida tillaqoshlar tayyorlayotganliklari haqida aytishni joiz topdik. Eng muhimi, sizda qobiliyat va xohish bo‘lsa, sohaga doir bilimlarni o‘zlashtirsangiz, sizga mamlakat va jahon miqyosida shoular hamda ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish baxti kulib boqishini tilab qolamiz.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 1,03 Mb.
    1   2   3




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayneri

    Download 1,03 Mb.