|
Dizayner kasbi. Dizayner kasbi haqida tushuncha. Bayram uchun 3D formatli tabriknoma yasash bosqichlari
|
bet | 2/3 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #106926 |
Bog'liq 8-varinat taqdimoti - ko‘kalamzorlashtirish, obodonchilik, bog‘ va parklarni, hovli va binolar oldini, tepaliklarni dekorativ o‘simliklar bilan bezash, sun’iy suv havzalarini yaratish ishlarini bajaradi. Ular qurilish tashklotlarida yoki o‘z shaxsiy ofislarida ham faoliyat yuritishlari mumkin. Landshaft dizaynerlari asosan buyurtmachi va mijozlar bilan ishlashadi. Ular, birinchi navbatda, yaratilajak manzara uchun joyni borib ko‘rishadi, loyihalashtiradi va landshaft-maketni tayyorlashadi. Joyning geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, qurilish materiallari va o‘simliklarni tanlashadi. Muhandislik tayyorgarlik ishlarini, ya’ni kommunikatsiya tizimi yaratilishini nazorat qiladi, hududdagi yo‘lakchalarni yotqizish, suv havzalari va favvoralar o‘rnatish, ko‘kalamzorlashtirish singari qulayliklarni ta’minlaydi. Tayyor loyihani mijozga topshiradi. Dizayner, bog‘bondan farqli ravishda, o‘simliklar parvarishi bilan shug‘ullanmaydi va har doim ham ularni o‘tqazmaydi, chunki bu bevosita bog‘bonning vazifasiga kiradi. SHunday bo‘lsa-da, dizayner o‘simliklarni yaxshi “tushuna” olishi shart, ya’ni ularning tashqi ko‘rinishini yaxshi tasavvur qilib bilishi, nafaqat estetik jihatdan, balki gullash davri, oziqlantirish shartlari, yorug‘likkka va suvga ehtiyojini yaxshi o‘rgangan bo‘lishi lozim.
Landshaft dizayneri - Landshaft dizaynerlari landshaft tarixi va nazariyasini, arxitektura nazariyasini, klassik usullarni, tasviriy san’at, chizma geometriyasi, chizmachilik asoslarini, qurilish bilan landshaft loyihaning uyg‘unligini, ekologik bilimlarni, tuproqshunoslik, melioratsiya, dendrologiya ni, maxsus kompyuter dasturlarini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, ishda ijobiy natijaga erishishlari – amrimahol. Ish hajmi va sarf-xarajatlarni ham oldindan hisob-kitob qilishlariga to‘g‘ri keladi. Eng asosiysi, siz tabiat va go‘zallikni sevsangiz, eng zo‘r landshaft dizayneri bo‘la olasiz.
Me’moriy-dekorativ san’ati loyihalovchi dizayneri - me’moriy konstruksiyalar rassom-dizayneri va ularni loyihalovchi-texnikni o‘zida mujassamlashtirgan mutaxassis hisoblanadi. Me’moriy-dekorativ san’at buyumlariga haykal, monument, yodgorlik, piramida, mavzoley, maqbara, qabr toshi, g‘alaba arki (darvoza, kolonna) va shunga o‘xshashlar kiradi. Me’moriy-dekorativ inshootlar asosan, granit, mramor, gabbro, mramor kukunlissement va gipsdan tayyorlanadi. Soha mutaxassisi, avvalambor, bo‘lajak inshoot yoki buyumning asosiy mohiyatini anglab etishi, maket va eskizlarni ishlab chiqishi, konstruksiya uchun zarur materialni tanlab olishi hamda memorial konstruksiyani tayyorlashga kirishishi maqsadga muvofiq.
|
| |