• Tashqi qurilmalar
  • Djabborova umida mikroprotsessor va assemler tili




    Download 1,21 Mb.
    bet4/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,21 Mb.
    #121624
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mikroprotsessor amaliy referat1
    Ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari, 2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish
    Ta’minot manbai — SHK ning avtonom va tarmoqdi energota’minoti tizimini o’z ichiga olgan blok.
    Taymer — mashina ichidagi haqiqiy vaqt elektron soati, u kerak bo’lganda, joriy vaqt paytini avtomatik olishni ta’minlaydi (yil, oy, soatlar, minutlar, sekunddar va sekund ulushlari). Taymer avtonom ta’minot manbaiga — akkumulyatorga ulanadi va mashina tarmoqdan uzilganda ham ishlayveradi.


    Tashqi qurilmalar
    SHK ning tashqi qurilmalari (TQ) — har qanday hisoblash kompleksining muhim tarkibiy qismidir, shuni aytish etarliki, TQ, butun SHK narxining 80 — 85 % ini tashkil etadi.
    SHK ning TQ, mashinani tashqi muxit: foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa EHMlar bilan o’zaro ishini ta’minlaydi.
    Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
    • Tashqi eslab qolish qurilmalari (TEQQ) yoki SHK ning tashqixotirasi;
    • foydalanuvchining muloqat vositalari; • ma’lumotlarni kiritish qurilmalari;
    • ma’lumotlarni chiqarish qurilmalari;
    • aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
    Foydalanuvchining muloqat vositalari o’z tarkibiga videoterminallarni (chispletlar) va ma’lumotni nutqli kiritish-chiqarish qurilmalarini oladi.
    Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
    Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) axborotni o’zgartirishni arifmetik va mantiqiy amallarini bajarish uchun mo’ljallangan.
    Funksional jihatdan AMK, odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.

    Qo’shuvchi — uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi razryadliligiga egadir.
    Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so’z razryadliligiga egadir.
    Mikroprotsessorli xotira (MPX) — uncha katta bo’lmagan sig’imli, lekin o’ta yuqori tezkor xotira — SHK ning eslab qoluvchi qurilmalari bobida qisqacha ko’rib chiqilgan
    Kiritish-chiqarish portlari — bu SHK tizimli interfeysining bandlari bo’lib, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. MP da hamma portlar soni 655361 ta bo’lishi mumkin (so’z formata soni bilan tasvirlanishi mumkin bo’lgan turli adreslar miqdoriga teng). Har bir port adresga — port nomeriga ega; moxiyati bo’yicha, bu xotira yacheykasining adresi bo’lib, u shu portni ishlatuvchi kiritish-chiqarish qurilmasining bir qismidir, lekin u kompyuter asosiy xotirasining bir qismi emas.
    Qurilma porti biriktirish texnikaviyurasini va ikkita xotira registrini qiymatlarni almashish va boshqaruvchi ma’lumot almashishni o’z ichiga oladi. Ba’zi tashqi qurilmalar almashinishi kerak bo’lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash uchun asosiy xotirani ham ishlatadi. Ko’pchilik standart qurilmalar (MDY, EMDY, klaviatura, printer, soprocessor va b. ) ularga doimiy biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega.
    Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
    • port adresini va uning uchun boshqaruvchi malumotni shakllantirish (portni qabul qilishga yoki uzatishga qayta ulash va b. );
    • portdan boshqarish ma’lumotini, portning tayyorligi va uning holati to’g’risida ma’lumotlarini qabul qilish;
    • kiritish-chiqarish qurilmasi porti vd MP o’rtdsida qiymatlarni uzatish uchun tizimli interfeysda tuppa-to’g’ri kanalni tashkil etish.
    Shinani va portlarni boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa uchun ko’rsatmalar, adreslar va ma’lumotlarning kodli shinalarini ishlatadi: portga murojaat qilishda MP KXSH bo’yicha signal yuboradi, bu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga AQSH dagi adres port adresi ekanligi to’g’risida xabar beradi, keyin esa port adresining o’zini yuboradi. Port adresi mos kelgan qurilma tayyorlik to’g’risida javob beradi. Bundan keyin KKSH bo’yicha ma’lumotlarni almashish amalga oshadi


    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Djabborova umida mikroprotsessor va assemler tili

    Download 1,21 Mb.