• Asosiy xotira (AX)
  • Tashqi xotira
  • Tizimli shina axborotni uchta yo’nalishda uzatilishini ta’minlaydi




    Download 1,21 Mb.
    bet3/7
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,21 Mb.
    #121624
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mikroprotsessor amaliy referat1
    Ipv4 va ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari, 2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish
    Tizimli shina axborotni uchta yo’nalishda uzatilishini ta’minlaydi:
    1. Mikroprotsessor bilan asosiy xotira orasida.
    2. Mikroprotsessor bilan tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari orasida.
    3. Asosiy xotira bilan tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari orasida (xotiraga bevosita murojaat qilish rejimida).
    Barcha bloklar, aniqrosh, ularning kiritish-chiqarish portlari mos ravishda bir xil shaklga keltirilgan raz’yomlar (birikish joylari) orqali shinaga bir xil qilib ulanadi: bevosita yoki nazoratchilar (adapterlar) orqali. Tizimli shinani boshqarish mikroprotsessor bilan bevosita yoki ko’pincha asosiy boshqarish signallarini shakllantiruvchi shina nazoratchisining qo’shimcha mikrosxemasi orqali amalga oshiriladi. Tashqi qurilmalar bilan tizimli shina orasida axborotni almashish ASCII kodlaridan foydalanish bilan bajariladi.
    Asosiy xotira (AX) ma’lumotlarni saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan. AX ikki xil eslab qoluvchi qurilmani o’z ichiga oladi: doimiy eslab qoluvchn qurilma (DEQQ) va tezkor eslab qoluvchi qurilma (TEQQ).
    DEQQ, (ROM — Read Only Memory) O’zgarmaydigan (doimiy) dasturli va ma’lumotnoma axborotlarini saqlash uchun mo’ljallangan; O’zida saqlanayotgan ma’lumotni faqat tezkor o’qish imkonini beradi (DEQQdagi axborotni o’zgartirish mumkin emas).
    TEQQ (RAM — Random Access Memory) SHK joriy vaqt oralig’ida bajarayotgan, bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan ma’lumotlarni (dasturlar va ma’lumotlarni) tez yozish, saqlash va o’qish uchun mo’ljallangan.
    Asosiy xotiraning asosiy afzalliklari – uning yuqori tezkorligi va xotiraning har bir yacheykasiga aloxida murojaat qilish (yacheykaga bevosita adresli murojaat qilish) imkoniyatidir. Asosiy xotiraning kamchiligi sifatida mashina ta’minoti uzilgandan keyin undagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyati yo’qligini (energiyaga borliqligi) ta’kidlash kerak.
    Asosiy xotiradan tashqari SHK ning tizimli platasida energiyaga bog’liq bo’lmagan CMOS RAM (Complementary Metall-Oxide Semiconductor RAM) xotira ham mavjud bo’lib, u doimo o’zining akkumulyatoridan ta’minlanadi; unda SHK ning texnikaviyli joylashishi (kompyuterda bor bo’lgan hamma texnikaviyura) to’g’risidagi ma’lumot saqlanib, bu joylashish tizim har safar ulanganda tekshiriladi.
    Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) vaegiluvchan (EMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.
    Bu yig’uvchilarning vazifasi: katta hajmdagi axborotni saqlash, so’rov bo’yicha tezda eslab qoluvchi qurilmaga saqlanayotgan axborotni yozish va uzatish.
    QMDY va EMDI faqat konstruktiv (tuzulish) jihatdan, saqlanadigan axborot sig’imi va axborotni qidirish, yozish va o’qish vaqti bilan farqlanadi.
    Tashqi xotira qurilmalari sifatida ko’pincha optik diskdagi yig’uvchilar (CDROM — Compact Disk Read Only Memory) va zamonaviy flash xotiralar ishlatiladi.

    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizimli shina axborotni uchta yo’nalishda uzatilishini ta’minlaydi

    Download 1,21 Mb.