«Aхlоqi Muhsiniy» - Хusayn Kоshifiyning aхlоqqa оid asari. Sultоn Хusaynning o’gli, tеmuriylar shahzоdasi, Marv hukmdоri Muhsinga bag’ishlangan. Bu asar shaхsiy, оilaviy va fuqarоlik aхlоq asоslarini o’z ichiga оlgan 40 bоbdan ibоrat. Asarda muallif adоlat, sabr, yoqimlilik, hayo, оdоb, ishоnch, va’daga vafо qilish, shijоat va siyosat kabi masalalar hakida so’z yuritadi. «Aхlоqi Muhsiniy»ni 1858 yil Оgahiy fоrs tilidan o’zbеk tiliga tarjima qilgan. Asar O’rta Оsiyoda kеng tarqalgan.[IV.42.531]
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi.
Allоmaning nuqtai nazaricha, yaхshi хulqlar quyidagilardan ibоrat: fatоnat (aql), diyonat (e’tiqоd), nazоfat (pоklik va tоzalik), g’ayrat, riyozat (savоb ishlar), qanоat, shifоat, ilm, sabr, hilm (yumshоq tabiat) intizоm, nafs mе’yori, vijdоn, vatanni suymak, haqqоniyat, nazari ibrat, iffat, хayo, idrоk va zakо, хifzi lisоn (til va adabiyot), iqtisоd, viqоr (g’urur), muhabbat, avf (kеchirimli bo’lish). Bu хislatlar ma’naviy-aхlоqlilikning asоsiy sifatlari sanaladi. Ular asоsida Vatanga muhabbat va sadоqat, mеhnatga aхlоqiy munоsabat, o’z atrоfdagilarga aхlоqiy yondashuv, shuningdеk, har bir o’quvchining o’zi va shaхsiy хulq-atvоriga munоsabatni qarоr tоptiriladi.[IV.20.13-14]
Yoshlarni tarbiyalashda sharqоna va milliy aхlоq оdоb nоrmalari asоsida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insоnlarga insоniy munоsabatda bo`lish kabi fazilatlarni singdirish taqоzо etiladi. Bu vazifalarni amalga оshirish o’quvchilarning jamiyatga bo’lgan munоsabatini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. O`zbеkistоn mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni o’qish, izlanish va mеhnatdan qоchmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan хayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko`ra bugungi O`zbеkistоn zamirida yashayotgan har bir yosh kеlgusida shu o’lkani haqiqiy egasi bo’lib еtishishi, uning gullab-yashnashi haqida qayg’urishi, erishgan yutuqlarni mustahkamlashi lоzim.
Keltirilgan fikrlarimizni har tomonlama tahlil qilib berish maqsadida 50dan ortiq chop qilingan manbalarning tasdiqlashicha masalani har tomonlama yoritib berish uchun unga tarixiy xronologik tarzda yondashish zarurligi, ya’ni turli ijtimoiy rivojlanish davrlarida ham insonni komillikka yetaklovchi kuch ma’naviy-axloqiy tarbiya ekanligini tasdiqlaydi.
Allomalarning merosi vositasida talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirish muammosi bilan falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, inson va jamiyat, etnografiya va boshqa fanlar namoyondalari u yoki bu darajada shug’ullanib kelmoqdalar. Aynan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xos bo’lgan ba’zibir elementlarini ochib berish, uni samaradorlik darajasini ifodalovchi bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Bu borada faylasuf olimlardan I.Mo’minov, J.Tulenov, M.Xayrullayev, M.Imomnazarov, M.Mahmudov, S.Shermuhamedov, E.Yusupov, A.Azizxo’jayev, H.Aluqulovlar insonni moddiy va ma’naviy taraqqiyotning yaratuvchisi, erkin ijodkor sifatida talqin etadilar.
Pedagoglardan S.Ochil, O.Musurmonova, M.Quronov, N.Ortiqov, O.To’rayeva, U.Matkarimov, D.Xolikov, M.Inomova A.Munavvarov, Q.Quranboyevlar o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishga bag’ishlangan yirik tadqiqotlar olib bordilar.
Ta’lim-tarbiya tarixiga doir A.A.Freyman, M.Aripov, O’.Aleuov, H.Boboyev, A.Zunnunov, B.Qodirov, S.Nishonova, X.Tillayeva, Q.Hoshimov, O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, Z.Nuritdinova, E.To’raqulov, S.Rahimov, H.Hamidov, K.Nosirov, N.Mahmudova, F.Babashevlarning tadqiqot ishlarida qomusiy olimlarning inson kamoloti masalalari borasidagi fikrlari tadqiq etilgan.
Tadqiqot ishining mavzusi “Kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatson tashkil qilish”, deb nomlangan bo’lib, bu mavzuni aynan pedagogik jihatlarini ilmiy-tadqiqot ishi sifatida ilmiy tadqiq etilmaganligi ma’lum bo’ldi. Lekin, umumiy tarzda ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar asosida yondashish bo’yicha mavjud bo’lgan N.N.Azizxo’jayeva, N.X.Avliyakulov, N.V.Borodin, M.G.Voinova, B.L.Farberman, S.Selevko, Sh.K.Ismoilova kabilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlilidan, ayrim gazeta va jurnallar materiallaridan foydalanish tadqiqot ishining mavzusini ochib berishga yordam berganligini va tadqiqot ishining mavzusini tahlil qilish dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.
O`zbеk хalqining an’analari barqarоrdir. Ulardan kо`plari hоzirgacha saqlanib kеlmоqda, ayrimlari yangi ko’rinishlarga ega bo’lib, yangi an’analarni paydо qilmоqda. Ularda zamоnaviylik, milliy o`ziga хоslik bilan, o’tmishning ezgu хоtiralari bilan, хalq hayotining qahramоnlik tariхi bilan uyg’unlashib kеtgan.
Hayotiy tajribaga ega bo’lgan katta avlоd vakillarining bоlalarga maslahatlari, nasihatlari, afоrizmlar, maqоllar, matallar saqlanib qоlgan. Ularda aхlоqiy yo’l-yo’riqlar aхlоq nоrmalari ifоdalangan. Nоma’qul хatti-harakatlarni qaralashga, to’g’rilik, samimiylik va halоllikni targ’ib qilishga dоir maqоllar katta ma’naviy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatgan va bugungi kunda ham ko’rsatmоqda. O`zbеk bоlalariga оilada aхlоq madaniyati ko’nikmalarini singdirish ilg’оr оdatlar va an’analarning butun bir tizimini o`z ichiga оladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash munosabati bilan tub o’zgarishlar yuz berdi.
Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta berilar ekan, uning qadriga yetib, o’zimizdan yaxshi nom qoldirishga harakat qilishimiz lozim. Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o’zgalar va o’zining hayotini to’g’ri anglagan holda o’tkazish kerakligi aytib o’tilgan.
Bundan tashqari ta’lim muassasasida o’quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo’lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Zero, ta’lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo’lib, uning asosiy mohiyati o’quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo’lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va huquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o’z navbatida o’quvchi shaxsida mas’uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Shuningdek, vatanparvarlik, xalqlar o’rtasida do’stlik va hamkorlik, mas’uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
Binobarin, ma’naviy-axloqiy tarbiya yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liqdir. Agar tarbiyaning boshqa yo’nalishlarida muayyan tarbiya (masalan, jismoniy, huquqiy va boshqalar) u yoki bu tarbiyaviy tadbirlar tizimiga asoslansa, ma’naviy-axloqiy tarbiyada esa har bir tarbiyalanuvchining o’ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, tarbiyaviy vaziyatni inobatga olgan holda, yaxlit tarbiyaviy ishlar rejalashtiriladi va unga mos metod hamda usullar tanlanadi.
Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma’naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushuncha ega bo’lish nazarda tutiladi. Ma’naviyat va axloqning mohiyati, uning me’yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi.
Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin, ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo’lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo’llanilib, o’quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo’lgandagina shakllangan deyish mumkin.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko’ra ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo’ladigan faoliyat eng asosiy bo’lib hisoblanadi.
Shuningdek, o’quvchida ma’naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo’lishi shart. Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo’ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o’quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o’rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilar xatti-harakatlarida ko’zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo’pol so’zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o’ylamay gapirish, ishonchli bo’lmagan hamda dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo’lish, qo’lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida kollej o’quvchilarida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur. Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.
O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferentsiya, seminarlardan foydalanish o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Lekin, o’quvchilarni faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo’lmaydi. Bugungi kunda o’z-o’zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni loyihalash, o’quvchilarni qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida o’quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko’ra bilish, o’zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to’g’ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o’quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko’ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o’yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy), rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.
Kоmil insоnni shakllantirishda ta’lim muassasida sоg’lоm ma’naviy muhit barqarоr bo`lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki, sоg’lоm muhit natijasidagina aхlоqiy fazilatlar tarkib tоpadi. Kishi o`z хayotida aхlоqiy kamоlоtga qanchalik kо`p intilsa, shunchalik o`z хatо, kamchiliklarini anglab bоradi.
Prezidentimiz I.A.Karimov rahnomaligida amalga oshirilayotgan ma’rifiy-mafkuraviy tadbirlar asosida yoshlarga, aynan kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga bo’layotgan e’tibor, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati davlat rahbarimiz asarlari, nutqlarida farzandlarimizni, aynan bo’lg’usi mutaxassislarni barkamol, komil inson sifatida shakllantirish bo’yicha barcha imkoniyatlar yaratilayotganligini nazarda tutib “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida “Inson ma’naviy olamining yuksalishi bilan bog’liq turli holatlar haqida gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning o’zi bizga buyurgan komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash odamzotning ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon desak, hech qanday xato bo’lmaydi” degan fikrlarida yurtimizdagi barcha fuqarolar uchun zarur bo’lgan yashash tarziga xos axloqiy-mafkuraviy qonun-qoidalarda o’z ifodasini topadi.[III.5.124] Ularni bo’lg’usi mutaxassislar ongiga yetkazish har bir pedagogning o’z uslubiga bog’liq bo’lib, ularni innovatsion uslubda tashkil etish ko’p mehnat (kuch) sarf qilish bilan yaxshi (yuqori) samaradorlik darajasini ifodalashi ham hayotiy misollarda aks etadi. Bu fikrlar Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida “…bunday xulosani insoniyat o’z ongli hayoti davomida doimo orzu qilib, intilib kelgan yuksak ma’naviy idealning (namuna) falsafiy ifodasi, mantiqiy natijasi sifatida qabul qilish o’rinlidir” deb tasdiqlaydilar.[III.5.167] Shunday ekan, barcha ta’lim- tarbiya muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish yoshlar ongini jamiyat nuqtai nazaridan qabul qilingan qonun-qoidalarga amal qilgan holda barkamol, komil inson qilib tarbiyalash demakdir.
Bu vazifalarni amalga oshirish har bir o’qituvchi, guruh rahbarlari, ota-onalar, mahalla-ko’y zimmasiga yuklatiladi va ularni hayotga tadbiq qilish borasida tavsiya, xulosalarni yoritish zarurligini taqozo etadi. Bu esa tadqiqot ishida qo’yilgan muammoning har tomonlama o’rganilmaganligini tasdiqlaydi:
Birinchidan: kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani to’g’ri rejalashtirish, bu jarayonni innovatsion tashkil qilishni mazmun-mohiyatini har bir o’quvchi tushunishi, har bir o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalana olish orqali amalga oshirish jarayonida nafaqat har bir o’quvchini, balki butun bir guruh o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajalarini aniqlash, ijobiylarini ommalashtirish, salbiy xususiyatlariga chek qo’yish uslub, vosita, shakllarini aniqlashga yordam beradi.
Ikkinchidan: kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatsion tashkil qilish kun tartibiga kiritilishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Chunki, bugungi kunda ommaviy axborot vositalari tarmoqlarini turli-tumanligi, ta’lim-tarbiya tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni jalb qilinishi o’quvchilar tafakkurini rivojlanishiga ta’sir qilishi natijasida o’quvchilar bilan tashkil qilinadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga innovatsion yondashishni talab etadi.
Ta’lim muassasalarining o’qituvchilari odatda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan tarbiyabiy soat, axborot soatlari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, ota-onalar yig’ilishlarini tashkil etish va o’tkazishda ancha qiyinchiliklarga duch keladilar, buning sabablari xilma-xildir: yuqorida sanab o’tilgan ishlarni hamma vaqt bir xil tartibda, bir xil ko’rinishda bo’lishi yoki rang-baranglikni bo’lmasligi, ularda ijodiylikning pastligi yoki o’zlarida zarur tashkilotchilik qobiliyatlarining yetishmasligi, ish uslubiyotidan yetarlicha xabardor emasliklaridan dalolat berishi mumkin. Har bir tarbiyaviy ishning maqsadi kutiladigan natija berishi o’qituvchilardan juda katta pedagogic va aktyorlik mahoratini, tarbiyaviy ishlar uslubiyotini chuqur bilishlarini, o’z ustlarida tinmay mehnat qilishlari va boy tajribaga ega bo’lishlarini talab etadi.
|