I bob bo’yicha xulosa.
1. Sharqning bir qator qomusiy olimlari ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalari bo’yicha keng ko’lamli tadqiqot natijalari tantanasi bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ular yoshlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish muammosini hamkorlik nuqtai nazaridan o’rganganlar. Ular ustoz-shogird, o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini o’rganishda ma’naviy-axloqiy sifatlarga alohida ahamiyat berishgan.
2. XX asrning atoqli ma’rifatparvarlari o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish shaxsning kamoloti negizi ekanligini ta’kidlab, bunday sifatlar har bir insonda mujassam bo’lishini uqtirib o’tganlar.
3. Hozirgi zamon pedagoglari tomonidan aynan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish va uni samaradorlik darajasini ifodalovchi bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud. Shuningdek, ularga innovatsion yondashish muammosi davr talabiga aylangan.
4. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning nazariy asoslari o’ziga xos negizga ega bo’lib, ular tadqiqotning maqsadi, metodlari va tuzilishiga bog’liq ravishda eksperimental muhit mexanizmini yuzaga keltiradi.
5. O`zbеkistоn Prеzidеnti I.A.Karimоv asarlarida ta’lim-tarbiya хususan, barkamоl shaхs, еtuk mutaхassis haqidagi fikr-mulоhazalarni o`rganish va ularga amal qilish, talaba-yoshlarning kelgusi faoliyatlarini rivojlantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
II bob. Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilishning pedagogik shart-sharoitlari
|