Djumaniyazоva sеvara хaitbayеvna kasb-hunar kоllеjlarida ma’naviy-aхlоqiy tarbiya jarayonini innоvatsiоn tashkil qilishninig ilmiy-pеdagоgik asоslari




Download 3,55 Mb.
bet28/37
Sana15.03.2017
Hajmi3,55 Mb.
#114
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
II bob bo’yicha xulosa

1. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish muammosi umumiy pedagogikaning bir yo’nalish sifatida tadqiq etilganligi va bu uni kasb-hunar kollejlari bosqichlarida tadqiqot predmeti sifatida o’rganishga zarurat borligini bildiradi.

2. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini innovatsion yondashgan holda shakllantirishni tadqiq qilish ularni kommunikativlik qobiliyatini, vaziyatli yondashuv va shaxslilik jabhasidan, shaxslararo munosabatdagi o’qituvchilar pozitsiyasidan turib baholashga asoslanadi.

3. To’g’ri tashkil etilgan ma’naviy-axloqiy tadbirlarning ahamiyati shundaki, u jamoa ichidagi munosabatlar tizimini mustahkamlaydi va boyitadi. Bunday tadbirlarni tashkil qilishda jamoa faoliyati asosida individual qiziqishlarni umum qiziqishga bo’ysundirishga, tanqidga to’g’ri munosabatda bo’lishga, jarayonga rahbarlik qilish va boshqalarning fikriga qo’shila olish qobiliyatlari yuzaga keltiradi.

4. Kasb-hunar kоllеjlarida amalga оshiriladigan kasbiy ta’lim natijasida nazariy bilim, ko`nikma va malakalar tizimi shakllantiriladi, ishlab chiqarish ta’limi jarayonida esa o`quvchilar asоsan amaliy kasbiy ko`nikma va malakalarni egallaydilar. Bu ikkala mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan kasb va malakaga ega bo`lgan kichik mutaхassisni tayyorlash ta’minlanadi.

5. Ta’lim-tarbiya jarayonini innovatsiyalashtirishga intilgan o’qituvchi doimo izlanishlar olib borib, yangi muvaffaqiyatlarga erishish sari intiladi. Demak, innovatsion yondashish orqali o’qituvchi va o’quvchlar o’z-o’zini tahlil, taftish qilib boradilar. Shuningdek, “nimaga erishdim?” va “nimaga erisha olmadim?” degan savolga javob izlaydilar. Undan tashqari, o’qituvchi va o’quvchlarning faol yoki turg’un harakat motivlari yuzaga chiqadi.





Download 3,55 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Djumaniyazоva sеvara хaitbayеvna kasb-hunar kоllеjlarida ma’naviy-aхlоqiy tarbiya jarayonini innоvatsiоn tashkil qilishninig ilmiy-pеdagоgik asоslari

Download 3,55 Mb.