• Axmedova Maloxat Ergashevna Amaliy fanlar universiteti 2 kurs talabasi Vohobova Vohobova Nigora Haydar qizi Annotasiya
  • Kalit so‘zlar
  • Mustaqil rivojlantirish imkoniyatlari




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana18.09.2023
    Hajmi0.74 Mb.
    #82519
      1   2
    Bog'liq
    Axmedova Maloxat Ergashevna (2)
    магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uning


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    1360 
    TALABALARNING KASBIY KOMPETENTSIASINI VA TA’LIM TRAEKTORIYASINI 
    MUSTAQIL RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI 
    Toshkent Amaliy fanlar universiteti
    Pedagogika kafedrasi mudiri p.f.d. 
    Axmedova Maloxat Ergashevna 
    Amaliy fanlar universiteti 2 kurs talabasi Vohobova
    Vohobova 
    Nigora Haydar qizi 

    Annotasiya: Filologik ta'limda talabalarning mustaqil oquv topshiriqlarini 
    rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o'tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim 
    muassasalarini ilg’or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari, ta'lim 
    oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi.
    Kalit so‘zlar: Kasbiy kompetentsia, kasbiy mahorat, kommunikativlik, innovatsion 
    kreativlik, kasbiy filologik, integrativ, intellektual.
     
    Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash mazmuni, sifati va ularning 
    tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida rivojlantirilishi lozim bo’lgan 
    dual ta’lim tizimi bo‘lib, filologik mahoratni o‘qituvchi shaxsida nazariy va amaliy nomoyon 
    etish lozim. Bo’lajak pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligini takomillashtirishfda, 
    uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishini, kasbiy filologik tayyorgarlik jarayonida 
    amalga oshiriladi. Filologik kompetentlik, integrativ, innovatsion kreativ yondashuvlar 
    asosida pedagogning kasbiy mahoratini ijodkorligini rivojlantirish omili bo’lib xizmat qiladi. 
    O‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy turlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi asosan 
    talabalarda tanqidiy, o‘zini-o‘zi rivojlantirish va kreativ fikrlashni rivojlantirish usullari oliy 
    ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va modernizatsiyalash mahsulidir. 
    Filologik kompetentsiya – biror kasb bilan doimiy shug‘ullanadigan inson o‘z kasbini 
    mohirlik bilan bajarilishi Filologik kompetentlik va kasbiy jihatdan sog’lom turmush tarzini 
    rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tadqiqotlarda “kompetentlik” 
    tushunchasi “pedagogning oliy-kasbiy mahorati” sifatida o‘rganiladi.
    Uning tarkibiga Filologik faoliyatni amalga oshirish jarayonida rivojlangan muhim 
    kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan oliy Filologik kompetentsiya, 
    intellektual, motivatsion, kommunikativlik, kreativlik-ijodiy, perseptiv hamda shaxs 
    emotsional-irodaviy (irodaviy ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) kabi 
    kompetentsiyaviy majmualar kompleksi kiradi. O‘qituvchining kasbiy Filologik mahorati va 
    o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi, o‘qituvchi-pedagog 
    shaxs xususiyatlarini yig‘indisidir. Shunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining 
    insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, filologik qobiliyatlari va filologik 
    ijodkorlik texnikasi, verbal noverbal ta’sirlar kiradi. Bu Filologik kompetentsiya tizimidagi 


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    1361 
    o‘zini tashqi ta’sirlarsiz rivojlantira olish xususiyatiga ega o‘zaro bog‘liq jihatlardir. Shundan 
    kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, o‘qituvchining kasbiy kompetentligi o‘qituvchi faoliyati va 
    shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik xususiyatlar 
    o‘qituvchi sub’ekt sifatida filologik faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-
    psixologik va tipologik xususiyatlarini belgilash mumkin. Kompetentsiya yuksak mahorat, 
    qobiliyatlar 
    majmui, 
    oliy 
    Filologik 
    mahoratning 
    ko‘rsatkichlari 
    hisoblanadi. 
    Filologikkompetentsiya didaktik faoliyatida ijodiy qo‘llagan holda o‘quv ishining hamma 
    qirralarida eng yuqori darajada erishilgan yutuqlardir. Filologik kompetentsiya– bu 
    o‘qituvchi-pedagogning shunday shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u 
    o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida 
    talabalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishniig maqbul yo‘llarini izlab topib amaliy 
    faoliyatida namoyon bo‘ladi. Yuksak kasbiy Filologik mahorat egasi, ya’ni kasbiy Filologik 
    ijodkorlik. 
    Oliy ta’lim muasasasi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
    bevosita amalga oshiruvchi professor-o‘qituvchilarga alohida talablar qo‘yadi. Tizimda
    amaliy faoliyatga ijodkorona tatbiq etishning asosiy tayanch nuqtalari hisoblangan, o‘z-
    o‘zini takomillashtirish texnologiyasining konseptual asoslarini, asosiy qoidalarining 
    mohiyatini o‘zlashtirgan kasbiy Filologiktalabalarga oliy ta’lim va tarbiya berishda 
    innovatsion g‘oyalarning yetakchisi bo‘la olishi mumkin. Bu esa quyidagilarni taqozo etadi: 
    u talabani tinglay olishi, vaziyatdan munosib ravishda chiqa olish, kasbiy oliy pedagog 
    yangi g‘oyalarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, g‘oya va fikrlarini bemalol, erkin ifodalash 
    mumkin bo‘lgan muhitni yarata oladi. Umumiy kompetentsiyalar va kasbiy 
    kompetentsiyalar “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim-tarbiya sohasiga pedagog va 
    psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida fanga kirib kelgan bo’lib, Filologikva psixologik 
    nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, o’zini qanday tutishi, muloqotga 
    kirishishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, 
    izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni 
    anglatadi. Nutqiy kompetentlik tilshunoslar tomonidan alohida bilim, malakalarni 
    egallanishini emas, balki har bir mustaqil til yo’nalishlari bo’yicha integrativ bilimlar va 
    harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Talabalarga nutqiy kompetentsiyani 
    shakllantirishda mutaxassis o’z bilimlarini doimo boyitib borayotganini, yangi axborotlarni 
    o’rganishni, muhim nutqiy talablarni anglayolishni, tovush va ularni amaliyotda qo’llay 
    olish, talabalarni individual xususiyatini inobatga olib ularga fonetikaga xos bo’lgan 
    xususiyatlarni, tovush, tovush ozgarish holatlari, fonetik tahlilularni ishlash va qo’llay 
    bilishni taqozo etadi. Biz kompetentsiyani turlariga murojat etsak. Nutqiy kompetentlik –
    nutqiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, nutqning 
    shakllanganligi, muloqotga kirisha olish ravon, so’zlashish. Og’zaki va yozma savodxonlik.
    Maxsus kompetentlik– kasbiy-filologik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-
    Filologikvazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalari baholash, BKMni izchil rivojlantirib 


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    1362 
    borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, 
    innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi. Ular o’zida quyidagi 
    mazmunni ifodalaydi: 
    Pedagogik-psixologik kompetentlik –pedagogik jarayonda sog’lom psixologik muhitni 
    yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni 
    tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o’z vaqtida anglay olish va bartaraf eta 
    olish.
    Metodik kompetentlik – filologik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, 
    ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq 
    tanlay olish, metodlarni samarali qo’llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash; 
    informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni 
    izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish; 
    Kreativ kompetentlik – filologik faoliyatga nisbatantan jidiy va ijodiy yondashish, o’zining 
    ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; Innovatsion kompetentlik – filologik 
    jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini 
    oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish. 
    Nutqiy kompetentsiyani shakllantirishda, nutqqa xos bo’lgan barcha holatlarni alifbodan to 
    tovushgacha bo‘lgan jarayonlarni turli xil tarbiyaviy usullar, o‘yin texnologiyalari bilan 
    singdirish lozim. Talabaga xos bo’lgan nutqiy jarayonlarga to’xtalamiz. Demak, biz qo’llash 
    sohasi bo’yicha tilshunos tadqiqotchining fikriga tayanib Talabaga xos b’lgan nutqiy 
    kompetentlikni quyidagi tarkibiy asoslarini ishlab chiqdik: Talaba yoshi inobatga olinadi. 
    Fonetik o’zgarishlarga e’tibor berish lozim.
    Tovush va ajratishdagi tafovut.
    - Fonetik kompetentsiya.
    - Insert metodi asosida matnni ravon o’qish usuli.
    - Nutqiy sifatlarni o’zlashtirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash usullari.
    - Yod olish qobiliyatini rivojlantirish usullari. 
    Lug’at bilan ishlashusullari. Leksikalogik kompetentsiya 
    Mutaxassis sifatida: 
    -Aniq maqsad, intilish asosida nutqiy jarayonni takomillashtirish metodikasi; 
    -Nutqiy jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish
    metodikasi;
    -Izchil ravishda yangilanib borayotgan filologik bilimlarni o’zlashtish metodikasi; 
    -ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish metodikasi; 
    -Oliy filologik faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tadbiq
    etish metodikasi; 
    -kasbiy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish metodikasi; 
    Tilshunos 
    olimlar 
    N.Mahmudov, 
    B.Mengliyev, 
    L.R.Raupova, 
    S.Ashirboyev, 
    Q.Yo’ldoshev kabi o’zbek tilshunos olimlarining ishlarida nutqiy kompetentlikni filologik 


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    1363 
    nuqtai nazardan yanada kengroq va sinchiklab o’rganish imkonini beradigan turli jihatlari 
    va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o’rganib chiqilgan. So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish 
    o’qituvchidan fikrlarni, Filologikqobilyat texnikasini, ijodkorlikni talab qiladi. Demak, 
    kompetentlik – olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. 
    Namunalarga o’xshash harakatlarni ko’zda tutadigan “bilim, ko’nikma va malakalardan 
    farqli o’laroq, nutqiy kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat 
    tajribasini nazarda tutadi. Nutqiy kompetentlik – talabalarga filologik bilimlarni
    amaliyotda qo’llay olishda samarali natija beradi. Qo’llash sohalari ularning maxsusligi va 
    aniqligini belgilaydi (ingiliz, franso’z, nemis tillar bo’yicha). Pedagog-psixolog 
    N.G.Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik? qo’yilgan muammolarni hal etishga 
    qaratilgan insonning ichki (bilim, ko’nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik 
    xususiyatlari) va tashqi (moddiy-texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarin safarbar qila olishga 
    qodirligidir.
    Psixologik nuqtai nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik muayyan 
    insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo’yicha insonning 
    individual xarakteristikasi demakdir kasbiy pedagog N.A.Muslimov o’zining tadqiqot 
    ishlarida o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni 
    motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi 
    tanlagan kasbiga bo’lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual 
    salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o’qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga, 
    bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga 
    intiluvchanlik, ichki va tashqi to’siqlarni, jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik, o’zini 
    tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), amaliy ko’nikmalar (psixologik, pedagogik, 
    metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar, jamallar, talabaning faoliyat va muloqotining 
    turli sohalaridagi ko’nikmalari), hissiy sifatlar (o’z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy 
    malakalari shakllantirishi, o’zining aniq hislari (qahr, g’azab, bezovtalik, arazlash, hasad, 
    hamdardlik, uyalish, mag’rurlik, qo’rqish, ko’ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni 
    boshqarishi hamda o’z hissiyholatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi) 
    hamda o’z–o’zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi 
    erkinlik, vijdonlilik, o’z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va 
    anglanganligi, o’z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o’z 
    jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari 
    tashkil etishini ta’kidlab o’tadi. Demak, bir qator tadqiqotlarda bevosita tilshunoslarga xos 
    kasbiy kompetentlik va uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan. 
    Demak, ijodkor, kasbiy pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – ustoz pedagog, ma’lum 
    filologik mahoratga ega shaxs hisoblanadi. Bo’lajak pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z 
    faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o‘z bilim va kompetentligini
    oshirib, zamonaviy filologik va ilg‘or oliy filologik tajribalarni, metod va usullarni muntazam 
    o‘rganib, kasbiy-filologik ijodkorligini rivojlantirib boradi. 


    Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
    «Научный импульс» апреля , 2023 
    1364 

    Download 0.74 Mb.
      1   2




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish