Innоvatsiоn dasturiy didaktik majmua




Download 3,55 Mb.
bet27/37
Sana15.03.2017
Hajmi3,55 Mb.
#114
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Innоvatsiоn dasturiy didaktik majmua – bu muayyan o`quv prеdmеtini samarali o`qitish maqsadida ishlab chiqilgan majmua bo`lib, uning yordamida qaralayotgan prеdmеtni o`zlashtirish jarayonida o`quvchi-talabalarning faоlligini оshirishga qaratilgan eng yangi uslubiyatga asоslangan, o`quv matеrialini maхsus dasturiy talimоt va multimеdiali infоrmatsiоn tехnоlоgiyalar yordamida didaktik ishlab chiqarish natijasida yaratilgan o`quv jarayonini tashkil etuvchi ko`p funktsiyali dasturiy vоsita. Bunda an’anaviy o`qitish jarayoni bilan innоvatsiоn o`qitish jarayonini sоlishtirib оlingan natijalarni bahоlanish imkоniyati kеng bo`ladi va ular asоsida хulоsa yasalib, ta’lim jarayoni tехnоlоgiyasi hamda umumlashtirilgan tavsiya hоsil bo`ladi.

Innоvatsiоn dasturiy didaktik majmua ta’lim оluvchilarning faоliyatida o`quv matеrialidan variantiv fоydalanishga imkоniyat yaratadi va uning kоmpоnеntlaridan biri – o`quv matеrialining elеktrоn shakllarini yaratishda an’anaviy didaktik ishlanmalarni yaratishga nisbatan maхsus didaktik yondashuvlarning qo`llanilishini talab etadi.

Innоvatsiоn dasturiy didaktik majmua barcha turdagi o`quv mashғulоtlarida kоmpyutеr dasturlarining qo`llanilishini ta’minlaydi. Kеng ma’nоda muhоkama etilayotgan majmua ta’lim оluvchilarning infоrmatsiоn tехnоlоgiyalardan fоydalanishga o`rgatadi, kasbiy faоliyatida mustaqil hоlda yangi bilimlar egallashlarida kuchli vоsita bo`lib, infоrmatsiоn tехnоlоgiyalardan fоydalanishga ehtiyoj va mayillikni shakllantiradi.[VI.55.]

Zamоnaviy pеdagоgik tехnоlоgiyalarda lоyiha usulidan kеng fоydalanilmоqda. Lоyiha asоsida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tarbiyaviy ish stratеgiyasini butunlay o’zgartirib yubоradi.



Lоyiha usullari – maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy faоliyat bo’lib, maqsad оldindan bеlgilanadi.

Tarbiyaviy ishlar lоyihasi bu o’quvchi-talabalarning ijоdiy, ma’lum darajada mustaqil faоliyati:



  • bunda o’quvchi-talabalarning o’zlari bеvоsita ishtirоk etishadi, ya’ni lоyihani ijrо etish uchun zaruriy matеrial-ma’lumоtlar to’plashadi;

  • tadqiqоt-tadbirlar o’tkazish bo’yicha farazlarni ilgari surishadi;

  • tadbirlarni amalda tashkil etish – o’tkazishda faоliyat ko’rsatishadi;

  • tadbirlarning ijtimоiy ahamiyatini bilishadi.

Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar quyidagilarga imkоn bеradi:

  • mashg‘ulоt va mulоqоt;

  • bir-birini bilish;

  • yaхshi munоsabatlar shakllanishi;

  • shaхs qirralarini anglash;

  • yaхshi daqiqalarni birgalikda bоshdan kеchirish;

  • insоnlarning yaqinlashuvi;

  • hamkоrlikdagi hissiy kеchinmalar;

  • do’stlashish – ruhiy yaqinlashish;

  • tarbiyachi kasbining kеrakligini his etish;

  • ehtiyoj-talabni his etish.

Dеmak, bularning barchasi maktab, оliy va o'rta maхsus ta’lim muassasalarida amalga оshiriladigan tarbiya mazmuni bilan uzviy bоg‘liq bo’lib, ular ma’lum ta’lim-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun хizmat qiladi.

Bu ishlarning barchasini uslubiy jihatdan to’g‘ri tashkil eta оlish uchun o’qituvchilar va tarbiyachilar juda ko’p narsalarni bilishi va uddalashi kеrak.

2012yil 16-17fevral kunlari Respublikamizda tashkil qilingan xalqaro anjumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va moderinizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi nutqida mamlakatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan isloxotlar to’g’risida fikr yuritib, aynan ta’lim-tarbiya sohasida amalga tadbiq qilinayotgan isloxotlarga to’xtalib: o’sib kelayotgan yosh avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islox etmasdan turib bu maqsadga erishish mumkin emasligini ta’kidladilar.

Ushbu anjumanda 48ta davlat, 8ta xalqaro tashkilot va ta’lim jamg’armalaridan vakillar qatnashib, O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar bilan tanishdilar. Bizda qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxema bo’yicha 12 yillik majburiy-ixtiyoriy, bepul ta’lim tizimini joriy etilganligi, ya’ni 9 yillik ta’limdan so’ng o’quvchilar 3 yil davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo’yicha kasb-hunar egallaydilar.[VI.50.]

Bu esa o’sib kelayotgan avlodni, aynan bo’lg’usi kasb egasini ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishga innovatsion yondashish uchun asos hisoblanadi. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini innovatsion vositalar orqali shakllantirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Har qanday o’quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari o’qituvchining yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana bilishi orqali shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonni ongli ravishda anglansagina o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy e’tiqod rivojlanadi.

Ma’naviyat va axloq bir-biridan ajralmasdir: har qanday ongli faoliyatdagi faollik, jamoat ishlarida sidqidildan ishtirok etish ayni vaqtda ma’naviy-axloqiy tarbiyani asosi sifatida fuqarolik hamda siyosiy faollikning o’zginasidir. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya sohasidagi ko’pgina qonun va me’yoriy hujjatlarda o’quvchi- yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Yurtboshimiz o’z asarlarida ta’kidlaganlaridek: “...ma’naviyat inson ruhini poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.[III.5.80-81] Mamlakatizimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy ijrochisi, uni bevosita ijtimoiy-iqtisodiy hayotga tadbiq etuvchilar, ya’ni yoshlarning aynan kasb-hunar kolleji o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy barkamolligi, ijjtimoiy faolligining asosi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan o’quv tarbiyaviy ishlarga innovatsion yondashish jarayonlarining mahsulidir.

Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarga innovatsion yondashish nafaqat o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini balki ularning ijodkorlik qobiliyatlarini ham shakllantirishga asos bo’ladi. Shunday ekan, kollejlarda ta’lim olayotgan o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini har tomonlama moderinizatsiyalash psixologik xususiyatlariga mos holda keng qamrovli jarayonda faol ishtirok etuvchilar sifatida mutaxassis, tashkilotchi, zarur hollarda qaror qabul qila oladigan shaxs sisatida tayyorlash ta’lim-tarbiyadagi yana bir tadbirdir. Bunday vazifalarni ijro etish kasb-hunar kollejlari o’quvchilari bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlar salohiyati, mazmun-mohiyatiga innovatsion yondashish orqali yangi pog’onalarga ko’tarishni talab etadi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol uslublardan foydalaniladi.

Interfaol (“Inter” – bu o’zaro, “act”- harakat qilmoq) – o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi.

O’qitishning interfaol uslublari quyidagicha:


  • Kognitiv

  • Eksperimental

  • Rolli o’yinlar, modellashtirish

  • Fasilitatsiya (osonlashtirish)

Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.

To’g’ri tashkil etilgan ma’naviy-axloqiy tadbirlarning ahamiyati shundaki, u jamoa ichidagi munosabatlar tizimini mustahkamlaydi va boyitadi. Bunday tadbirlarni tashkil qilishda jamoa faoliyati asosida individual qiziqishlarni umum qiziqishga bo’ysundirishga, tanqidga to’g’ri munosabatda bo’lishga, jarayonga rahbarlik qilish va boshqalarning fikriga qo’shila olish qobiliyatlari yuzaga keltiradi. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda grafik organayzerlardan: “Nilufar guli” chizmasi, “Pog’ona” tuzilmaviy-mantiqiy chizmasi, “Qanday” diagrammasi, “Baliq skeleti”, “T-sxema” jadvali, “Nima uchun” sxemasi, “Venn” diagrammasi, “BBB” jadvali, “Toifalash”, “Insert” jadvali, “KBI - kuzatish, bahslashish, ishontirish”, “SAN - samarali, axloqli, nazokatli” texnologiyasi, “SCORE” metodi, “Panorama”, “Zararli odatlar muzeyi” treningi va tarbiyaviy tadbirlar texnologiyasidan: “Ommaviy raqs”, “Xalq sayli” va boshqalardan unumli foydalanish o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga innovatsion yondashishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.[IV.29.43-47-57] Ular orqali o’quvchilar turli xil muammoli vaziyatlarga izobiy yechim topadilar.

Kollejlarda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularni integratsiyalashganligidir. Ta’lim jarayoniga integratsion yondashish - bu fanlararo, mavzulararo o’zaro bog’liqlikni tashkil qilishdan iboratdir. Bu vazifani integratsion mashg’ulotlarda yangi pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalana bilish orqali amalga oshirish mumkin.

O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga innovatsion yondashish orqali quyidagi sifatlarni shakllantirish mumkin: Vatanni sevishga o’rgatish, o’z hududi, o’lkasi, xalqiga mehrli va sadoqatli bo’lish, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash, turli ijtimoiy joylarda o’zini tutish qoidalariga rioya qilish, muomala madaniyati, kiyinish odobi, tabiatni sevish va uni asrash hissini tarbiyalash, go’zallikni his qilish, go’zallik yaratishga intilish, go’zallikdan (musiqa kabi manbalardan) zavqlanish, hissini tarbiyalash kabilar. Bunday ma’naviy-axloqiy his tuyg’uga xos kategoriyalarning mazmun-mohiyatini o’qituvhi nafaqat og’zaki bayon qilish orqali, balki integratsion yondasha olish bilan o’quvchilarda bunday his tuyg’ularning bir butunlik holatini yaratadi.

Yangi pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalangan holda kasb-hunar kolleji o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani yaxlitligini ifodalovchi his-tuyg’ularni shakllantirish mumkin.

Kollejlarda o’tkaziladigan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar reja asosida olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat:



  1. Tashkiliy masalalar (umumiy majlis, maishiy turmush, o’qish va dam olish rejimi, navbatchilik, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kabilar)

  2. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaga xos tadbirlar (ma’ruza, axborotlar, suhbatlar, uchrashuvlar, devoriy gazetalar chiqarish )

  3. Madaniy-ommaviy tadbirlar (dam olish, sayohat, turli muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar, hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar)

  4. Rag’batlantirishga xos tadbirlar

  5. Sport, jismoniy madaniyatga xos tadbirlar

  6. Yakuniy-xulosaviy tadbirlar (nazariy-amaliy anjumanlar, guruh va bo’limlar asosida yakuniy faoliyatga xos tadbirlar, majlislar )

  7. Kasbga yo’naltiruvchi tadbirlar (ishchi, fermer, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, munozara, suhbat ...)

Shu kabi tadbirlarni yakka tartibda va guruh, bo’lim va umum kollej a’zolari doirasida o’tkazish mumkin.

O’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlarini tashkil etishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishga qo’yiladigan o’ziga yarasha umumiy talablar mavjud.

Har qanday tarbiyaviy tadbir tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri – kattalarning rahbarligi va o’quvchilarning ijodkorlik, havaskorligining birligidir.


Download 3,55 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innоvatsiоn dasturiy didaktik majmua

Download 3,55 Mb.