III bob. Kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini




Download 3,55 Mb.
bet29/37
Sana15.03.2017
Hajmi3,55 Mb.
#114
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
III bob. Kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini

innovatsion tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlari

  1. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini

shakllantirishga oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni

o’tkazish metodikasining mohiyati

Ta’lim jarayonida kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga innovatsion yondashish hozirgi davr nuqtai nazaridan har bir shaxsning kamolot bosqichi uchun e’tibor talab etadigan muammo sanaladi. Mazkur jarayoning qaysi bosqichida yuqori samara berishi mumkin, degan savol bugungi kun pedagoglarini o’ziga jalb etadi.

Tadqiqotni yuqori saviyada o’tkazish ko’p jihatdan uni to’g’ri tashkil etishga bog’liq. Shu sababli pedagogika tadqiqotlarining tajriba-sinov qismi tanlangan metod va metodikalarni to’g’ri qo’llashga ham aloqadordir. Bizning tadqiqotimiz kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga bag’ishlanganligi bois, metod va metodikalarni unga mutanosib tarzda tanlash birinchi navbatdagi vazifa sifatida baholandi.

Kuzatish va tadqiqot natijalarini talqin etish hamda ularni sharhlashda faqat miqdoriy o’lchamlar bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning ustida sifat pedagogik tahlilini ham amalga oshirishni rejalashtirdik. Pedagogik jarayonda kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning samarali jihatlarini tadqiq etishni lozim deb topdik.

Uzluksiz ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish to’g’risida so’z yuritilganda bir qator omillarga e’tibor qaratish lozim. Ammo, bizning tadqiqot obyektimiz kasb-hunar kolleji o’quvchilari bo’lganligi sababli ularni o’rganishning ahamiyatli jihatini hisobga olishga to’g’ri keladi. Chunki, o’quvchilarning oldida kollejni tugatib, ta’lim jarayonida ishtirok etishda o’zining shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda kasbiy xislatlarini shakllantirishni taqozo etuvchi sub’ekt faoliyatining gavdalanishi turibdi.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishni muammo sifatida o’rganishimizning mazmun-mohiyatida ham xuddi shu masala ko’ndalang turadi. Chunki, kollejning shart-sharoitlarida u o’zida dastlabki pedagogik kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lmas ekan, unda shaxsiy namuna sifatida ta’lim jarayonida o’z o’rnini topish yuzasidan o’zi ham jamiyat tomonidan shubha ostida qoladi. Biz shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’rganishga bag’ishlangan dastlabki aniqlovchi tadqiqot natijalarining tahliliga murojaat etib ko’ramiz.

Biz o'z tadqiqotimiz asosida kasb-hunar kollejlari o'qituvchi va o'quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga qanday munosabatda ekanligini aniqlash maqsadida anketa-so’rovlarni o’tkazdik. Anketa-so’rovnoma 1-ilovada ko’rsatilgan.

Tadqiqotimizning tajriba-sinov obyekti Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji, Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji va Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji talabalari bo’lib, tajriba-sinov ishlari ular o’rtasida olib borildi.

Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji Boshlang’ich ta’lim yo’nalishining 50ta 2-kurs talabasi respondent sifatida tajriba-sinov ishlarida qatnashdi.

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji yo’nalishining 50ta 2-kurs talabasi va Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejining 40ta 2-kurs talabasi va o’qituvchilari respondent sifatida tajriba-sinov ishlarida qatnashdilar.

Shaхsning ma’naviy-ahlоqiy qarashlari, tasavvurlari fan, adabiyot, san’at, maоrif, din kabi vоsitalar оrqali tarbiyalanadi. Zеrо, ana shu tarbiyaviy vоsitalar yordamida insоnda ma’naviy-ahlоqiy ehtiyojlar tug`iladi va bеvоsita unga intilish asоsida ma’lum maqsadlar yuzaga kеladi.

Ma’naviy-aхlоqiy alоqalarni оiladagi ma’naviy ehtiyojlar kеltirib chiqaradi. Ma’naviy ehtiyojlar esa ma’naviy-axlоqiy manfaatlardan kеlib chiqadi. Ma’naviy-axlоqiy alоqalar оila a’zоlari bir-birini ko`rishga tabiiy ehtiyoj sеzganida, mulоqоtga kirishganida, оilaning har bir a’zоsi hayotida sоdir bo`layotgan barcha yangiliklar bilan qiziqib turishida namоyon bo`ladi.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’quvchilarga nafaqat oilada ota-ona, bobo-buvi tomonidan berilibgina qolmay, balki mahallada qo’ni-qo’shni, ilm dargohida esa o’qituvchilarning xulq-atvori, muomalasi, yurish-turishi, umuman barcha sifatlari namuna bo’lishi lozim.

Ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat mohiyatan mushtarak, chambarchas, uzviy bog’liq hamda yaxlit tushunchadir. Ma’naviyatni axloq-odobsiz va ma’rifatsiz, ma’rifatni esa ma’naviyatsiz va axloq-odobsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dunyoni ma’rifat qutqaradi, deganda shubhasiz, ma’naviyat nazarda tutiladi.

Ma’naviyat va ma’rifat bоr jоyda ehtiyojlar va zaruriyatlar ham yuzaga kеladi. O`z navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaхs, millat va davlatni kеchagidan bugun, bugundan ertaga yana ham yaхshirоq hayot kеchirishga, barkamоl bo`lishiga еtaklaydi, shaхs, millat va davlatning taraqqiyoti sari harakat qilishga da’vat etadi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat shaхs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga kеltiruvchi bоsh оmil hisоblanadi.

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanganlik darajasini o’rganishda mazkur o’quv muassasalarida ta’lim oluvchilarning kundalik turmushida va ta’lim jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda umumiy sifatlarini safarbar eta olishi hamda bilimlarni o’zlashtirishda ularning o’zini-o’zi boshqara bilishi, mehnatsevarlik, irodalilik, sabr-toqatlilikni namoyish qilishi, tirishqoqlik xislatlarining kamol topganligi asosida tahlil etish nazarda tutildi.

Umumiy respondentlar soni 190ta, shulardan 50ta o’qituvchi va 140ta o’quvchi doirasida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini shakllanish indeksini o’rtacha qiymatini subshkalada tasdiqlanganligi quyidagicha:

1. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatlarini ijtimoiy mavqega mosligi:

Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 46% ni;

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 58% ni;

Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

o’quvchilarida - 44% ni

2. O’quvchilarning etnik ma’naviy-axloqiy sifatlarga mosligi:

Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 32% ni;

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 26% ni;

Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

o’quvchilarida - 24% ni

3. O’quvchilarning kasbiy ma’naviy-axloqiy sifatlarga mosligi:

Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 22% ni;

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o’quvchilarida - 16% ni;

Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji

o’quvchilarida - 32% ni

Demak, har uchala subshkala bo’yicha kollej o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy sifatlari indeksining o’rtacha qiymati 100% ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, kollej o’quvchilari bilan ma’naviy-axloqiy tarbiy yuzasidan dars va darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishga innovatsion yondashish zarurligi tasdiqlandi.

Bundan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllanishida umumiy hamfikrlilik qanday ahamiyat kasb etishi ularda zaruriy fazilatlar tarkib topishi uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkinmi? degan savol tug’iladi. Tadqiqotimiz natijalarining etnik ko’rsatkichi qancha yuqori bo’lsa, bu ma’naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi, degan

qat’iy qarorga kelishimiz mumkin.

Tadqiqot obyekti hisoblangan uchala kollej o’quvchilari natijalari orasida farqlar kuzatilsada, lekin ularning bunday ko’rinish olishiga sabab ta’lim muassasasining turli ixtisoslik yo’nalishiga asoslanganligi va har bir kollej o’quvchilari o’z yo’nalishidan kelib chiqqan holda javob berganligidadir.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, Pedagogika kollejlarida asosan ta’lim-tarbiyada belgilangan intizomga to’liq amal qilinib, ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalarga rioya qilinishi doimo e’tibor markazida bo’ladi. Undan tashqari kollejda turli fan, badiiy to’garaklar muntazam faoliyat olib bormoqda.

Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida esa ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan birga o’z ixtisosliklariga, ya’ni bankni rivojlantirish yo’llari, usullari, mijozlar bilan qanday munosabatda bo’lish va boshqalarga ko’proq e’tibor qaratiladi. Shuningdek, kollejda “Orasta qizlar” to’garagi, “Zakovat”o’yini, QVZ jamoasining faoliyati taqsinga sazovor. Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida ham ma'naviy-axloqiy tarbiya bilan bir qatorda mutaxassislik fanlariga ham e’tibor qaratiladi.

Tadqiqot ishining obyekti bo’lgan kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarining bir qator darslari kuzatildi. Jumladan, Xiva pedagogika kasb-hunar kolleji psixologiya fani o’qituvchisi Yaqubova Nazokat “Psixika” mavzusini “Toifalash” jadvali metodi asosida qiziqarli qilib o’tdi. U dastlab “Toifalash” sharhini tuzish qoidasini tushintirib, o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’ldi va mavzu yuzasidan olingan ma’lumotlarni birlashtirish imkonini yaratish zarurligini, ya’ni “Psixika” qanday jarayonlar, holatlar, xususiyatlardan iborat ekanligini bilib olish, ularni jadval ko’rinishida joylashtirish, natijalar taqdimotini ma’lum vaqtdan keyin izohlab berishni (15daqiqa ichida), har bir guruh a’zolarining fikrlari spikerlar orqali izohlanishini, o’qituvchi faqatgina fikrlarni umumlashtirishini aytib o’tdi. “Toifalash” sharhini tuzish qoidasi 1-ilovada taqdim qilingan.

Bu metod o’quvchilarning kasbiy bilimlarini umumlashgan doirasini aniqlashga yordam beradi.

Undan tashqari yana shu kollejning pedagogika fani o’qituvchisi Rajabova Muborak “Axloqiy tarbiya” mavzusini “Qanday” ierarxik diagrammasidan foydalangan holda o’tdi. Darsda barcha o’quvchilar faol qatnashdi va o’zlariga kerak bo’lgan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Bu metod o’quvchilarga axloqiy tarbiyaning kasbga yo’naltirilgan muammolarini aniqlashga yordam beradi. “Qanday” ierarxik diagrammasi 2-ilovada berilgan.

Tajriba-sinov ishlarimizni Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida ham olib bordik. Shu kollejning geografiya fani o’qituvchisi Yusupova Dildora “Panorama” treningidan foydalanib “Hozirgi zamon global muammolari” mavzusini qiziqarli qilib o’tdi. O’qituvchi kirish so’zidan so’ng, o’quvchilarning umumiy soniga qarab kichik guruhlarga ajratdi. So’ngra, u o’quvchilarga mashg’ulotning maqsadi va uni o’tkazilish tartibini tushuntirdi. Har bir kichik guruhga avvaldan tayyorlangan tarqatma materiallarni tarqatdi. Undagi jadvalda yozilgan fikrlar bilan tanishib, bittasini tanlashni aytib o’tdi. Tanlagan muammolari bo’yicha ajratilgan bo’limga o’z fikr-mulohazalarini yozishni aytdi, uni bajarishga mo’ljallangan vaqtni belgiladi. Vazifa bajarilgach, guruhdagi tarqatma materiallar guruhlararo almashtirildi va qaytadan vaqt berildi. O’qituvchi oxirida fikrlarni umumlashtirdi va ishlariga baho berdi (“Panorama” treningi 3- ilovada berilgan). Bunday misollarni tizimli ravishda yana keltirish mumkin.

3ta kasb-hunar kollejlari murabbiy-ustozlarning tajribalarini tahlil qilish, kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xos o’tkazilgan 12ta ta’lim tarbiyaviy tadbirlarga asosan bu jarayonni innovatsion tashkil qilishning ilmiy-pedagogik asoslariga tayangan holda tadqiqotda nazarda tutilgan gipoteza (faraz)ni tahlililiga e’tiborimizni qaratdik. Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida, aynan kasb-hunar kolleji o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishga xos milliy tarbiyaning ilmiy uslublarini yaratishga innovatsion yondashish bo’lg’usi mutaxassislar shaxsini shakllantirishi borasida yuqori darajali samaradorlikka erishish mumkinligini tasdiqlaydi. Bu kabi хulоsalardan shuni ta’kidlash o`rinliki, bоla tarbiyasi ayni vaqtda har qanday jamiyatning, davlatning, оta-оnaning bоlalarni tarbiyalashdagi, farzanddarning esa оta-оna оldidagi ma’suliyatini оshirishdagi rоli kuchayadi.

Yosh avlоdni mustaqillik ruhida tarbiyalash, yoshlarni milliy g`urur, milliy оng va o`z-o`zini anglash, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllanishini taqоzо etadi.




  1. Download 3,55 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Download 3,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III bob. Kasb-hunar kollejlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini

Download 3,55 Mb.