• 3. Robototexnikani o‘rganishning maqsad va vazifalari
  • 1-Ma’ruza: robototexnika va uning zamonaviy dunyodagi o‘rni. Reja: Robotatexnika kursiga kirish




    Download 400.06 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana17.10.2023
    Hajmi400.06 Kb.
    #88199
      1   2
    Bog'liq
    1-ma\'ruza
    18 variyat nazariy 3 ta savolga javob, 19 variyant nazariy 3 ta savolga javob, 3-variant, 3-variant, МСМС 2014-2015 укув йили учун Ишчи дастур, Робототехника ишчи дастур, elektromagnit1, elektromagnit


    1-Ma’ruza: ROBOTOTEXNIKA VA UNING ZAMONAVIY DUNYODAGI 
    O‘RNI. 
    Reja: 
    1. Robotatexnika kursiga kirish. 
    2. ."Robototexnika" nima? 
    3. Robototexnikani o‘rganishning maqsad va vazifalari 
     
    Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan 
    talaygina yangilanishlar kundan kun hayotimizga tatbiq etilmoqda. Barcha 
    sohalarga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinmoqda. Xususan, ishlab chiqarish 
    korxonalarida kompyuter dasturlari bilan boshqariladigan dastgohlar keng 
    miqyosda foydalanilmoqda. Inson hayoti uchun xavfli yoki og‘ir bo‘lgan sohalarda 
    ham kompyuterga asoslangan robotlardan foydalanilmoqda. Xorijiy davlatlarda 
    atom elektrostansiyalari, kimyoviy korxonalarida ham ularni uchratish mumkin. 
    O‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalash muammolarini hal qilishda ta‘lim 
    robototexnikasidan foydalanish zamonaviy ta‘lim nazariyasi va amaliyotida yangi 
    yo‘nalish hisoblanadi. Psixolog va uslubshunoslarning fikriga ko‘ra, sinfdan 
    tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga robototexnikani o‘rgatish samaraliroqdir, 
    chunki bu sharoitda o‘quvchining baho olishdagi qo‘rquvi bo‘lmaydi, u sinfda 
    qulay va bosimsiz muhitda, robototexnika asoslarini o‘zlashtirish jarayonida yangi 
    texnik bilimlarni o‘zlashtirishga undaydigan texnik jihatdan jihozlangan ta‘lim 
    muhitida bo‘ladi. 
    O‘quvchilarga maxsus o‘quv kontentlari yordamida eng oddiy robotlarni 
    modellashtirish va yig‘ishni o‘rgatish pedagogik tadqiqotlarda fanlararo yo‘nalish
    sifatida ―o‘quv robototexnika‖ tushunchasi bilan bog‘liq. Bilimlarning 
    umumiy 
    tizimida 
    zamonaviy 
    robototexnika 
    kibernetika, 
    texnologiya, 
    informatika va elektronika kabi ilmiy sohalarning o‘zaro ijodiy ta‘siri va uzviy 
    bog‘lanishi natijasida kelib chiqadi. Respublikamizda o‘quvchilarning 
    zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan unumli foydalanishi va 
    dasturlash, robototexnika elementlarini o‘rganishi uchun yetarli shart-sharoit 
    yaratilmoqda, har bir tuman markazida IT-markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 
    ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, didaktik-
    metodik ta‘minotni ta‘minlash, me‘yoriy- huquqiy hujjatlar ishlab chiqishga doir 
    qator vazifalar amalga oshirildi. Ta‘lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri 
    «2030-yilgacha qo‘shimcha ta‘lim muassasalarida robototexnika, axborot 
    texnologiyalari va dasturlash kabi zamonaviy to‘garaklar ulushini 20 foizga 
    oshirish»dan iborat bo‘lib, bu borada o‘rta ta‘lim maktablarida robototexnikani 
    o‘qitishda didaktik va metodik imkoniyatlarni oshirish, dars va darsdan tashqari 
    mashg‘ulotlarda uslubiy ta‘minotni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb 
    etadi. 
    Robototexnika - avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni ishlab chiquvchi 
    amaliy fan bo‘lib, ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim texnik 


    asosi hisoblanadi. Robototexnika elektronika, mexanika, informatika, fizika, 
    matematika, shuningdek, radio va elektrotexnika kabi fanlar bilan chambarchas 
    bog‘liq. Qurilish, sanoat, maishiy, aviatsiya va ekstremal (harbiy, kosmik, 
    suvosti) robototexnikalari mavjud. 
    Yuqori texnologiyali va robotli qurilmalarni loyihalash, yaratish, 
    boshqarish va modernizatsiya qilishga qodir muhandis xodimlarga talab har 
    qachongidan ham oshdi. Shunga ko‘ra, muhandislik-texnik yo‘nalishida shaxsni 
    rivojlantirish bo‘yicha ta'lim sxemasi ishlab chiqilgan. Rivojlanish sohasi 
    maktabgacha yoshdan boshlab, oliy o‘quv yurtini tugatgunga qadar davom etadi. 
    Ushbu tarmoq ikkita yo‘nalishga bo‘linadi: integratsiyalashgan zamonaviy ta'lim 
    muhiti bo‘lgan predmetga asoslangan robototexnika va ta'lim robototexnikasi. 
    Integratsiyalashgan zamonaviy ta'lim muhiti bo‘lgan, predmetga 
    asoslangan robototexnika- bu: 
    • 
    interaktiv uskunalar; 
    • 
    apparat va dasturiy majmualar; 
    • 
    raqamli laboratoriyalar; 
    • 
    raqamli interaktiv ta'lim dasturlari; 
    • 
    predmet klasterlarining zamonaviy moddiy-texnik bazasi. 
    Bular axborot-kommunikatsiya, tabiatshunoslik, texnik kompetensiyani 
    shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
    Ta'lim robototexnikasi - bu bir kursda dizayn va dasturlashni 
    uyg‘unlashtirish orqali texnik ijodkorlik va o‘quv jarayoni elementlarini joriy 
    etishda zamonaviy yondashuv amalga oshiriladigan yo‘nalish. Muhandislik 
    tafakkurining rivojlanishi va informatika, matematika, fizika, chizmachilik, 
    tabiiy fanlarni talqin qilish bilimlarni sintez qilishning kuchli quroli, shunindek, 
    ular tizimli tafakkur uchun mustahkam poydevor yaratadi. 
    Bu ikki yo‘nalish shaxs rivojlanishida parallel yoki uning turli 
    bosqichlarida kesishishi mumkin.Inson butun umri davomida rivojlanadi, lekin 
    muayyan kompetensiyalarni rivojlantirishda "poydevor" bo‘ladigan asosiy 
    ko‘nikmalar kichikroq yoshda shakllanadi.Axborotni "qabul qila olish" tezligi 
    yoshga qarab kamayadi. 
    Yosh psixologiyasi va pedagogikasi nuqtayi nazaridan, uch yoshdan olti 
    yoshgacha bo‘lgan davr bolaning asosiy bilimlari, qobiliyatlari, ko‘nikmalari 
    (malakalari) shakllanishi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qulay 
    hisoblanadi. Bu davrda tabiiy-ilmiy va muhandislik-texnik tafakkur asoslari 
    yaratilib, tabiiy-ilmiy dunyoqarashga, rivojlangan fazoviy tafakkurga, analitik 
    fikrlashga, 
    axborot 
    va 
    muhandislik 
    kompetensiyasiga 
    ega 
    shaxsni 
    shakllantirishga yo‘l ochish mumkin. 
    Yoshlikda "asosiy kompetensiya (bilim, ko‘nikma) larni shakllantirish" 
    nima degani? Bu esa o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish 
    (kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbat, o‘yinlarga bo‘lgan muhabbat, muloqot va 
    hayotning u yoki bu xulq-atvor shakllariga muhabbat va boshqalar). O‘yin 
    ta'limning eng ajoyib vositalaridan biri bo‘lib, dunyoni bilish va jamoani 
    shakllantirish, o‘z- o‘zini bilish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish hamda 


    maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hayotini tashkil etishning bir 
    shaklidir. Birinchi odamlarning paydo bo‘lishi bilan o‘yin ham paydo bo‘lgan. 
    O‘yin orqali kichik yoshdagi bola (6 yoshgacha) asosiy kompetensiyalarni 
    shakllantiradi va katta yoshda ularni zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda 
    rivojlantiradi. 
    1.rasm.Kichik yoshdagi oquvchilar ishlaridan namunalar 
    Necha yillik ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra yuqorida o‘zlashtirilgan va 
    shakllangan kompetensiyalarga ega bo‘lgan ko‘p bosqichli shaxsni shakllantirib 
    rivojlanishi uchun ta‘lim robototexnikasi bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. 
    2-rasm.Simulatsiya dasturlari orqali robototexnikani o‘rgatish bosqichlari
    Virtual o‘quv simulatsiya dasturlari vositasida robototexnikani 
    o‘rgatish bosqichlari. 
    Virtual robototexnikani o‘rganish orqali o‘quvchilarda quyidagi 
    yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar yaratish va rivojlanish imkoniyati paydo bo‘ladi: 
    Robototexnika: kosmik, muhandislik va ekologik loyihalar; Sport 
    robototexnikasi; 
    Robototexnika asoslari;
    Robototexnikaga kirish; 
    Dasturlash orqali mantiqiy fikrlash; Qurish va 
    yasash orqali rivojlanish . 


     
    3-rasm.Yosh toifasini hisobga olgan holda dasturlardan foydalanish. 
    5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarda Minecraft Education Edition, 
    Bricklink, Lego digital designer dasturlari orqali virtual loyiha yaratish 
    jarayonida quyidagi jihatlarni rivojlanishi kuzatildi: 
    • 
    kognitiv fikrlashni rivojlantirish; 
    • 
    kichik motorikani rivojlantirish; 
    • 
    nutqni rivojlantirish; 
    • 
    rangni to‘g‘ri idrok etishni rivojlantirish; 
    • 
    matonat, sabr-toqatni rivojlantirish. 
    Dasturlash orqali mantiqiy fikrlash (SCRATCH interaktiv muhiti) 
    7 yoshdan 10 yoshgacha o‘quvchilarda quyidagi rivojlanish imkoniyatlari 
    shakllanadi: 
    • 
    fazoviy tasavvurni rivojlantirish; 
    • 
    IT ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • 
    fikrlash mantig‘ini rivojlantirish; 
    • 
    konstruktorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • 
    muhandislik ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • 
    kichik motorikani rivojlantirish; 
    • 
    nutqni rivojlantirish; 
    • 
    tabiiy va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
    Robototexnikaga kirish (Lego Mindstroms to‘plamlari bilan ishlash Lego 
    Digital Designer simulatsiya dasturi asosida) 10 yoshdan 12 yoshgacha: 
    • 
    robot qurilmalar uchun dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • 
    IT-kompetensiyasini rivojlantirish; 
    • 
    fikrlash mantig‘ini rivojlantirish; 
    • 
    analitik fikrlashni shakllantirish; 
    • 
    muhandislik va konstruktorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • 
    fazoviy tasavvurni rivojlantirish; 
    • 
    tabiiy va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 
    • 
    predmet muhiti to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 


    • 
    kichik motorikani rivojlantirish; 
    • 
    nutqni rivojlantirish. 
    Robototexnika asoslari (Arduino Uno platasi) 12 yoshdan 15 yoshgacha: 
    • 
    IT kompetensiyasini rivojlantirish; 
    • 
    robototexnik qurilmalarni dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish (vizual, 
    obyektga yo‘naltirilgan dasturlash); 
    • 
    muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish; 
    • 
    fazoviy tasavvurni rivojlantirish; 
    • 
    tabiiy va ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; 
    • 
    predmet muhitining bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish; 
    • 
    analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish: 
    • 
    kichik motorikani rivojlantirish; 
    • 
    nutqni rivojlantirish. 
    Sport robototexnikasi (Lego MINDSTORMS Education Arduino to‘plamlari) 12 
    yoshdan 15 yoshgacha: 
    • 
    shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish (o‘zini o‘zi boshqarish, stressga 
    chidamlilik, liderlik fazilatlarining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va 
    boshqalar); 
    • 
    o‘z-o‘zini rivojlantirish; 
    • 
    muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish; 
    • 
    IT kompetensiyasini rivojlantirish; 
    • 
    robototexnik qurilmalarni dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish (vizual, 
    obyektga yo‘naltirilgan dasturlash); 
    • 
    predmet muhitining bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish; 
    • 
    analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish: 
    • 
    kichik motorikani rivojlantirish; 
    • 
    nutqni rivojlantirish. 
    Robototexnika: kosmik, muhandislik va ekologik loyihalari (TinkerCAD va 
    Arduino to‘plamlari, radio detallar) 12 yoshdan 17 yoshgacha: 
    • 
    predmet muhitining bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish; 
    • 
    analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 
    • 
    tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; 
    • 
    o‘z-o‘zini rivojlantirish; 
    • 
    muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish: 
    • 
    IT kompetentsiyasini rivojlantirish; 
    • 
    robototexnik qurilmalar uchun dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
    (vizual, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash va yuqori darajadagi tillar); 
    • 
    ongni kengaytirish, o‘zini jamiyat hayotida va mamlakat 
    taraqqiyotida muhim shaxs sifatida idrok etish (o‘z taqdirini o‘zi belgilash). 
    Ilmiy-tadqiqot robototexnikasi (Lego MINDSTORMS Education 
    to‘plamlari va Arduino to‘plamlari, radio komponentlar, dasturiy va apparat 


    majmualari, raqamli laboratoriyalar) 15 yoshdan boshlab: 

    predmet muhitining bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish; 
    o analitik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 
    o tabiiy-ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; 

    o‘z-o‘zini rivojlantirish; 
    o muhandislik va konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish; 
    o IT kompetensiyasini rivojlantirish; 
    o robot qurilmalar uchun dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish (yuqori 
    darajadagi tillar). 
    Ushbu bosqichma-bosqich metodikasi kompetensiya darajasining 
    o‘sishini kuzatish imkonini beradi. 15 yoshga kelib, bola muhandislik yoki 
    boshqa texnik, shuningdek, IT bilan bog‘liq mutaxassisliklar bo‘yicha 
    texnikumga har qanday shubhadan xoli ravishda kirishi uchun barcha zarur 
    muhandislik, 
    konstruktorlik 
    va 
    IT 
    kompetensiyalariga 
    ega 
    bo‘ladi. 
    O‘zlashtirilgan bilimga ega bola 11-sinfdan so‘ng oliy o‘quv yurtlariga texnik, 
    muhandislik va IT sohasiga oid har qanday mutaxassisliklarga o‘qishga kirishi 
    mumkin. 

    Download 400.06 Kb.
      1   2




    Download 400.06 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: robototexnika va uning zamonaviy dunyodagi o‘rni. Reja: Robotatexnika kursiga kirish

    Download 400.06 Kb.
    Pdf ko'rish