• MASHG’ULOT ISHLANMA Kichik yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi. Maqsadi
  • Kerakli jihozlar
  • I. Tashkiliy qism
  • Kichik yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanma




    Download 21.77 Kb.
    Sana23.03.2023
    Hajmi21.77 Kb.
    #46282
    Bog'liq
    Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi. Maqsad
    2 5316535347641847403, 2-Mavzu (1), 1.davra boshi 1-partiya, sinf rahbari hujjati yangi varianti , KOOSXM (Amaliyot Mashg\'uloti), Dasturlash 1 amaliy ish, Diffuziya - Vikipediya, Презентация1, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo, reyting-daftar-380201102314 (2), Bulutli texnologiyalarning tavsifi. Cloud xizmatlar Bulutli tex, 115-116-21 Amaliy ekologiya (2), DIFFERENSIAL TENGLAMA 2-AMALIY TOPSHIRIQ, 2-MI


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
    QASHQADARYO VILOYAT MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI
    SHAHRISABZ SHAHAR MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI

    _____________________________________
    __________________________________________________________________________

    Kichik yosh guruhlarda jismoniy tarbiya

    MASHG’ULOT
    ISHLANMA


    Kichik yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanmasi.

    Maqsadi:Bolalarda sog’lomi jismoniy shakllanishni rivojlantirish va immunitetini mustahkamlash. Hamda yurish va yugurishga oid malakani rivojlantirish.

    Kerakli jihozlar: Turli xil rangdagi kotokchalar, rangli lentalar, yumoshoq yostiqchalar, halqalar.


    I. Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar. II. Asosiy qism: a) umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta takrorlanadi); b) 1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish; d) harakatli o‘yin.

    III. Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin. Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat: I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.

    II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab olinib, 3–4 marta takrorlanadi.

    III. Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari. Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin murakkablashtirishga yordam beradi. Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak: a) bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi; b) mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir etishini;
    d) tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi; e) ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va orqada yotish; f) mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarni jismoniy mashqlar bilan amalga
    oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari
    Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho‘milish) va quyosh vannalaridan foydalaniladi. Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo, yomg‘ir, s hamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo‘ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayoni xilma-xil, u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko‘ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari)ni o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam s hamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar yengil kiyim-bosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat faolligi tartibiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash). Bularning hammasi organizmning to‘laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o‘zgarishlar paydo qiladi (asab tizimining holati va vazifasini modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy – ijobiy holatini vujudga keltiradi) bola hatti- harakatini bu sharoitga moslashtiradi. «Uchinchi mingyillikni bolasi» tayanch dasturi barcha yosh guruhlarda bir yoshdan boshlab chiniqtirish tadbirlarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Dasturda chiniqtirish turlari, ularning o‘tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, shifokor
    tavsiyasiga ko‘ra bolalarga yakka holda yondashish kerakligi ko‘rsatilgan. Havo vannalari – bolalar harakat faoliyati vaqtida havoni terining yalang‘och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi. Bunda havo vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko‘rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari ochiq xonalarda o‘tkaziladigan ertalabki badantarbiyadir. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada o‘tkazishda havo harorati asta-sekin har 2-3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi.
    Download 21.77 Kb.




    Download 21.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulot ishlanma

    Download 21.77 Kb.