|
Doktorlik dissertatsiyasi natijalarining amaliyotga tatbiq etilganligi to‘G‘risidagi dalolatnoma
|
bet | 1/2 | Sana | 26.08.2024 | Hajmi | 17,93 Kb. | | #269884 |
Bog'liq Dalolatnoma Navoi DPI G\'ulomov J.G\' DOKTORLIK DISSERTATSIYASI NATIJALARINING AMALIYOTGA TATBIQ ETILGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI DALOLATNOMA
|
“TASDIQLAYMAN”
Navoi davlat pedagogika instituti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
prorektori ____________G‘.R.Yodgorov
“_______” __________ 2024 yil
|
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi G‘ulomov Jobirbek G‘iyos o‘g‘lining 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish (Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fani misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalarini amaliyotga tadbiq qilish haqidagi.
DALOLATNOMA
Ushbu dalolatnoma bilan tasdiqlanadiki, Navoi davlat pedagogika institutida 2021-2022, 2022-2023 va 2023-2024 o‘quv yili davomida T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi G‘ulomov Jobirbek G‘iyos o‘g‘lining 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish (Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fani misolida)” mavzusidagi tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishda: Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanoma ishlab chiqish, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish boʻyicha dasturiy taminot yaratilganligi, uning mazmunida oʻqituvchi va talabalarga metodik tavsiyalar keltirilganligi OTMlarning pedagogik jarayoniga tadbiq etilganligi, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 - iyundagi 11 - sonli bayonnomasi hamda universitet rektorining 2023 - yil 4 - iyuldagi 88 - sonli buyrug‘iga asosan berilgаn 88-11 rаqаmli nаshr ruхsаtnоmаsiga asosan “Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fanidan oʻquv qoʻllanma, Nizomiy nomidagi TDPUning 2023-yil 18-noyabrdagi o‘quv-uslubiy kengashining 3-sonli yig‘ilish bayonidagi qaroriga muvofiq “Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fanidan uslubiy qo‘llanma va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining № DGU 09982-sonli “Talabalarning mustaqil ishlari, amaliy va labaratoriya mashg‘ulotlarining hisobotlarini elektron shaklda yig‘ish va monitoring qilish” dasturida, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining № DGU 17162-sonli “О‘quv jarayonida moslashuvchan raqamli platforma (Fanni o‘zlashtirish va talabalar bilimlarini nazorat qilish uchun platforma)” dasturiy maxsulotida “Navoi davlat pedagogika institutining “Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasida matematika va informatika, informatika va uni o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fanini o‘qitish jarayonida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida o‘qitish vositalari sifatida nazariy bilimlarni talabalarga yetkazishda keng foydalanildi. Shuningdek, tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy fikrlar “Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fani doirasida o‘quv-metodik materiallarni didaktik va texnik talablar asosida yaratish, o‘qitishni modul tizimiga asoslanib tashkil qilish, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va mustaqil ta’limini tashkil qilishni takomillashtirish ko‘nikmalarini shakillantirish imkoniyatlarni berdi.
G‘ulomov Jobirbek G‘iyos o‘g‘li tomonidan o‘quv jarayonini integrativ shaklda tashkil qilishning nazariy, dasturiy va metodik asoslari doirasida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi va uning natijalari asosida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar respublikamiz ta’lim muassasalarining ta’lim tizimi va mazmunini tashkil etishda nazariy va amaliy jihatdan xizmat qiladi.
Mustaqil izlanuvchi G‘ulomov Jobirbek G‘iyos o‘g‘lining nazariy va amaliy natijalari Navoi davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talabalar mustaqil tayyorgarligi samaradorligining oshishiga xizmat qiladi. “Informatikani о‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish” fani nazariy va amaliy mashg‘ulot darslari doirasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yuqori bo‘lishini va talabalarning o‘quv jarayonida faolligini ta’minlab berdi.
|
| |