Dorilarni rektal yo‘l bilan yuborish




Download 39 Kb.
bet2/3
Sana30.08.2022
Hajmi39 Kb.
#25490
1   2   3
Bog'liq
9 mavzu
марке, ochiq dars, 26 Days Chellange, Aminokislotalar, 516-G, Ingliz tili, clamoc-156-25mg-5ml-100ml-ananas-tamli-suspenziya-tayorlash-uchun-kukun-medication-guide, kraxmal
Dorilarni rektal yo‘l bilan yuborish. Dori vositasini rektal yo‘l bilan yuborishda uning
organizmda tez so‘rilishiga (7-10daqiqa) sharoit yaratiladi.Bu usulda mahalliy va umumiy
ta’irdagi dori preparatlarini yuborish mumkin. Dori vositalari bu yo‘l bilan yuborilganda atigi 5-
15 daqiqada uning ma’lum terapevtik ta’sirga ega miqdori qonga o‘tadi. Bu to‘g‘ri ichakda qon
va limfa tomirlarining zich joylashganligi bilan tushuntiriladi. SHuningdek suvda va yog‘da
eruvchi dori vositalari to‘g‘ri ichak shilliq qavatidan yaxshi so‘rilishi ham buni ta’kidlaydi. Dori
vositasi jigarni chetlab o‘tib, to‘g‘ri ichakning pastki qismida absorbsiyaga uchraydi va pastki
gemorroidal venalar orqali qon oqimiga tushadi. Bu esa o‘z navbatida dori vositasining jigar
fermenti bilan destruksiyaga uchramay “birlamchi o‘tish ta’siri” ning sezilarli oshishini va u bu
bilan peroral usulda yuborilgan dori vositasiga nisbatan tezroq ta’sir etishini ko‘rsatadi.
Dori preparatini rektal yo‘l bilan yuborilganda dori vositasi biosamaradorligiga to‘g‘ri
ichak shilliq qavati va to‘g‘ri ichakning individual tuzilishi ta’sir ko‘rsatadi (yosh o‘tgan sari
ko‘p yumshatuvchi dori preparatlari iste’mol qilinib, to‘g‘ri ichakning biologik samaradorlikka
ta’siri o‘zgaradi).
To‘g‘ri ichakda shilliq qavatidagi temir o‘zidan ishqoriy sekret chiqaradi va ichak ichidagi muhitning rN 9 dan ba’zida katta bo‘lib ketadi. To‘g‘ri ichakdagi va oshqozondagi
bunday o‘zgarishlar ionizatsiya darajasiga va dori vositasining so‘rilishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. SHuningdek, ichak absorbsiyasiga vegetativ nerv sistemasi, endokrin sistemasi,
biologik faol peptidlar ta’sir ko‘rsatadi. Endokrin, vegetativ nerv va neyropeptid sistemalari
yo‘g‘on ichak harakatini boshqarib, dori vositasining ichakda uzoq saqlanish holatini
belgilashadi. Bundan tashqari to‘g‘ri ichakning bir qator kasalliklari (gemmoroy, anorektal
qismining yorilishi, proktit) rektal dori preparatlarining biosamaradorligini yomonlashtiradi.

Download 39 Kb.
1   2   3




Download 39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorilarni rektal yo‘l bilan yuborish

Download 39 Kb.