• Tana harorati va atrof muhitning ta’siri.
  • Dori preparatlarini ingalyasion usulda organizmga yuborish




    Download 39 Kb.
    bet3/3
    Sana30.08.2022
    Hajmi39 Kb.
    #25490
    1   2   3
    Bog'liq
    9 mavzu
    марке, ochiq dars, 26 Days Chellange, Aminokislotalar, 516-G, Ingliz tili, clamoc-156-25mg-5ml-100ml-ananas-tamli-suspenziya-tayorlash-uchun-kukun-medication-guide, kraxmal
    Dori preparatlarini ingalyasion usulda organizmga yuborish. Dori vositalarini
    ingalyasiya usulida organizmga yuborishda dori vositasi bronxlarning shilliq qavati orqali qon
    oqismiga tez so‘riladi va jigarda birlamchi metabolizmga uchramaydi. Bu usulda dori vositasini
    yuborishda dori preparatining biologik samaradorligiga bronxlarda uchraydigan boshqa
    kasalliklar ta’sir ko‘rsatadi, shunigdek chekish, hamda bronx sistemasidagi qon aylanish ta’sir
    ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
    Tana harorati va atrof muhitning ta’siri. Tana va tashqi muhit harorati organizmda
    yuz beradigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
    Haroratning va havo namligining ko‘tarilishi natijasida organizm haroratining tashqi
    muhitga chiqishi qiyinlashadi va issiqlikni boshqarish natijasidagina chiqarilishi kuzatiladi.
    Buning natijasida organizm me’yoridan ortiq isiydi. Bu esa o‘z navbatida MNS (markaziy nerv
    siste-masi) keskin qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Qon almashish jarayoni buziladi, modda
    almashinuvi ortadi. Natijada terlash holati yuz berib organizm suvsizlanishi holati kuzatiladi.
    Qon quyuqlashadi, elektrolit balans buziladi. Buning hammasi o‘z navbatida dori moddasining
    so‘rilish, tarqalishi va metabolizmi jarayonlariga va biosamaradorligiga ta’sir etadi.
    Tana harorati ko‘tarilganda dorivor moddalarning so‘rilishi, metabolizmi va
    tranportirovkasi tezroq amalga oshadi, sovuganda esa bu jarayonlarning borishi sekinlashadi.
    Organizmning titrashi hisobiga organlar funksiyasi va sistemalar o‘zgaradi. Nafas olish
    mexanizmi o‘zgaradi, natijada qonda kislorod etishmovchiligi holati kuzatiladi.
    Harorat kabi omilning dorilar farmakokinetikasiga ta’sirida albatta dori preparati
    kasalga berilganda bemorning tana haroratida o‘zgarish bo‘lishini hisobga olish zarur.

    Download 39 Kb.
    1   2   3




    Download 39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori preparatlarini ingalyasion usulda organizmga yuborish

    Download 39 Kb.