Dori vositalarining sanoat texnologiyasi




Download 1,19 Mb.
bet124/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Miqdoriy tahlil.
Polisaxaridlarni aniqlash. Yig‘maning tahlil uchun olingan namunasini teshik diametri 2mm li elakdan o‘tadigan zarracha o‘lchamigacha maydalaniladi, 15 g (aniq tortma) maydalangan yig‘mani 250 ml hajmga ega bo‘lgan kolbaga solinadi, ustiga 250 ml suv qo‘shib, teskari muzlatgichga ulab, 30 daqiqa davomida elektr plita ustida aralashtirilib, qizdiriladi. Ekstraksiyani 2 marta birinchi gal 200 ml, ikkinchi gal 100 ml suv qo‘shib, qaytariladi. Suvli ajratmalarni birlashtirilib 10 daqiqa mobaynida 5000 aylanish/daqiqasida sentrofugalanadi va 500 ml hajmli o‘lchov kolbasini oldindan suv bilan yuvilgan va diametri 55 mm bo‘lgan shisha voronkasi orqali, 5 qatlamli doka orqali suzib olinadi. Filtrni suv bilan yuvib, eritma hajmini belgigacha suv bilan to‘ldiriladi (A eritma).
25 ml A eritmadan sentrofuga probirkasiga solib, 75 ml 96% spirt qo‘shilib aralashtiriladi va suv hammomida 30 °S haroratda 5 daqiqa davomida qizdiriladi. Bir soat dan so‘ng 30 daqiqa davomida 5000 aylanish/daqiqasida sentrofugalanadi. CHo‘kma usti suyuqligini 13-16 kPa qoldiq bosimli vakuumda ostida 16 porasi diametri 40mm li 100-105°S harorat ostida doimiy massagacha quritilgan shisha filtri orqali filtrlanadi. Qoldiqni filtrga o‘tqazib, 15 ml 96% spirt va suv (3:1) aralashmasi, 10 ml atseton, 10 ml etil atsetat ketma ketlikda yuvib filtrlanadi. Filtr cho‘kma bilan birga havoda quritib, so‘ng 100-105°S harorat ostida doimiy massagacha quritiladi.
Polisaxaridlar tarkibini absolyut quruq xom ashyoni % (X) formula orqali topiladi:

bu erda:


m1 –filtrat massa, grammalarda;
m2 –cho‘kma bilan filtr massasi, grammalarda;
m – yig‘ma massasining tortmasi, grammalarda;
W – yig‘maning massasini quritish davridagi yo‘qotilishi, % larda.
Ekstraktiv moddalarni aniqlash. Xom ashyoning tahlil uchun olingan namunasini teshik diametri 2mm li elakdan o‘tadigan zarracha o‘lchamigacha maydalaniladi.1g (aniq tortma) maydalangan yig‘mani 200-250 ml hajmga ega bo‘lgan kolbaga solinadi, ustiga 50 ml suv qo‘shib, ekstraktiv moddalarni aniqlanadi. (XI DF, 1 jild, 295 bet.)

Download 1,19 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Download 1,19 Mb.