• Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash harorati bo‘yicha aniqlash.
  • Ishni bajarish tartibi.
  • Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar




    Download 1,19 Mb.
    bet205/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.
    1. Nastoykalar tarkibidagi spirtni quvvatini aniqlash usuli.


    2. Quruq qoldiqni aniqlash mohiyati.


    3. Og‘ir metall tuzlarini aniqlashdan maqsad.


    4. Suyuq ekstrakt tarkibidagi spirtni quvvatini aniqlash usuli.


    5. Piknometr yordamida distillyat zichligini aniqlash.


    6. Valeriana nastoykasi tarkibidagi izovalerian kislotasi miqdorini aniqlash.


    7. Ermon nastoykasini taxirlik darajasini aniqlash.


    8. Belladonna nastoykasi tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash.


    1-laboratoriya ishi.



    Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash harorati bo‘yicha aniqlash.
    Vazifa.
    1. Nastoyka tarkibidagi spirt quvvatini qaynash xarorati bo‘yicha aniqlang.




    K erakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
    1. Hajmi 100 ml bo‘lgan, nastoykani qaynatish uchun idish.


    2. Yon o‘simtasi bo‘lgan naycha, sovutgich, termometr.


    3. Shtativ, azbest setka, gaz gorelkasi.


    4. Bosimni o‘lchaydigan barometr.


    5. Suv xammomi, eksikator.


    6. O‘lchov silindri.


    7. Mor pipetkasi.


    8. Chinni bo‘lakchalari.


    Ishni bajarish tartibi.
    Q
    Қайнаш ҳарорати бўйича настойка таркибидаги спирт қувватини аниқлайдиган асбоб
    aynatish uchun mo‘ljallangan idishga 40 ml nastoyka solinib, unga nastoykani bir me’yorda qaynashini ta’minlash uchun chinni yoki ingichka shisha naycha bo‘lakchalari solinadi. Idishga termometr shunday tushiriladiki, uning simobli qismi suyuqlikka 2-3 mm botib turishi kerak. So‘ngra nastoyka bir tekisda qaynagunga qadar qizdiriladi va harorat o‘zgarmas xolga etgandan so‘ng 5 daqiqa vaqt o‘tgach, termometr ko‘rsatkichi yozib olinadi. Topilgan qaynash xaroratini bosimga to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun barometr ko‘rsatkichi ham yozib olinadi.
    XI DF ning jadvalidan foydalanib, tajriba vaqtida kuzatilgan bosim 760 mm simob ustuniga keltiriladi. Bunda har 1 mm simob ustunining o‘zgarishiga 0,04oS to‘g‘ri keladi. Bu tuzatgich kuzatilgan xaroratga qo‘shiladi yoki ayriladi. So‘ngra tekshirilayotgan nastoykadagi spirt miqdori jadval orqali topiladi (XI DF 1 juz, 28-bet).
    Masalan: valeriana nastoykasi tarkibidagi spirt quvvatini aniqlash jarayonida, nastoykaning qaynash harorati 80,9oS ni tashkil etgan. Agar bosim 752 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, bosimlar farqi 760 – 752 = 8 mm.
    Tuzatgich 0,04oS . 8 = 0,32oS
    752 mm simob ustuni 760 dan kam bo‘lganligi sababli tuzatgich qaynash haroratiga qo‘shiladi:
    80,9oS + 0,32 = 81,22oS
    Jadvalga binoan bu qaynash harorati 66% li spirtga to‘g‘ri keladi.
    2-laboratoriya ishi.


    Download 1,19 Mb.
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar

    Download 1,19 Mb.