• Ishni bajarish tartibi.
  • Nastoyka tarkibidagi og‘ir metall tuzlarining miqdorini aniqlash.
  • Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlash




    Download 1,19 Mb.
    bet206/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlash.
    Vazifa.
    1. Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlang.




    Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
    1. Pipetka.


    2. Byuks.

    3. Suv hammomi.

    4. Quritgich javoni.


    5. Eksikator.




    Ishni bajarish tartibi.
    Tekshirish uchun toza va quruq pipetkada 5 ml nastoyka olinib, u balandligi 2-3 sm, diametri 5-6 sm li tortilgan byuksga solinadi. Nastoyka suv xammomida bug‘latiladi va quritgich javonida 2 soat mobaynida 102,5-2,5oS da quritiladi, so‘ng 30 daqiqa eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Quruq qoldiq og‘irlik-hajm foizda ifodalanadi.
    3-laboratoriya ishi.
    Nastoyka tarkibidagi og‘ir metall tuzlarining miqdorini aniqlash.
    Vazifa.
    1. Nastoyka tarkibidagi og‘ir metall tuzlarining miqdorini aniqlang.




    Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
    1. Pipetka va diametri 1,5 mm li probirka.


    2. Tigel.

    3. Suv hammomi.

    4. Ammoniy atsetat.


    5. Kulsiz filtr qog‘ozi.


    6. Tozalangan suv.


    7. Sirka kislotasi, natriy sulfid va andoza eritma.




    Ishni bajarish tartibi.
    5 ml tekshiriluvchi nastoyka tigelda quriguncha bug‘latiladi. Quruq qoldiqqa 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib, ehtiyotlik bilan kuydiriladi. Bu qoldiqqa issiq turgan xolda 5 ml to‘yingan ammoniy atsetat eritmasi qo‘shiladi va kul qoldirmaydigan filtr orqali suziladi, filtr 5 ml suv bilan yuviladi va 100 ml ga etkaziladi. Bu eritmaning 10 ml ga 1 ml suyultirilgan sirka kislotasi, 1-2 tomchi natriy sulfid qo‘shib, chayqatiladi va 1 daqiqadan so‘ng andoza eritma bilan solishtiriladi. Bunda qo‘rg‘oshin tuzining ko‘p kamligiga qarab natriy sulfid bilan qora cho‘kma yoki qo‘ng‘ir rang xosil bo‘ladi. Rangni kuzatish diametri 1,5 sm li probirkada olib boriladi. Tekshiriladigan eritmada xosil bo‘lgan rang andoza rangidan toza bo‘lmasligi kerak. Andoza eritma 6-8 sm qalinlikdagi qavatdan qaralganda qo‘ng‘ir rang kuzatiladi.
    Nastoykalardagi og‘ir metallar miqdori 0,001% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nastoyka tarkibidagi quruq qoldiq miqdorini aniqlash

    Download 1,19 Mb.