Tabletkaning eruvchanligini aniqlash uchun kajavaning aylanish tezligini belgilash




Download 1,19 Mb.
bet216/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Tabletkaning eruvchanligini aniqlash uchun kajavaning aylanish tezligini belgilash.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‘rganish uchun 200 ga yaqin usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. Shulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan “Aylanuvchan kajava” usuli qator e’tirof etilgan halqaro farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. “Aylanuvchan kajava” usulining bu darajada keng qo‘llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‘p holatlarda in vivo tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir.
Ma’lumki, “Eruvchanlik” testini ishlab chiqishda kajavaning mo‘‘tadil aylanish tezligini aniqlash ahamiyatlidir. XI DF tomonidan tavsiya etilgan standart asbobda kajavaning aylanishlar soni 50, 100, 150 va 200 ay/daq (aylanish/daqiqa).
Shunga asosan biz kajavaning aylanishlar tezligi 50, 100, 150 va 200 ay/daq bo‘lganda yangi tarkibli ibuprofen tabletkasi tarkibidan ta’sir etuvchi moddani erituvchi muhitga ajralib chiqish tezligini o‘rgandikh
Olingan natijalaridan ko‘rinib turibdiki, kajavaning aylanish tezligi oshib borishi bilan yangi tarkibli ibuprofen tabletkasi tarkibidan ta’sir etuvchi moddaning eritmaga ajralib chiqishi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjud, ya’ni kajavaning aylanishlar soni ortib borishi bilan, ta’sir etuvchi moddaning erituvchi muhitga ajralib chiqish teziligi ham ortib boradi. Natijalar shundan dalolat beradiki, kajavaning aylanish teziligi 150 va 200 ay/daq bo‘lganda tabletkalar tarkibidan ta’sir qiluvchi moddaning eritmaga o‘tishi DF XI talabi darajasida bo‘ldi. Kajavaning aylanish tezligi 100 va 50 ay/daq bo‘lganda esa talabga javob bermadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yangi tarkibli ibuprofen tabletkasini “Eruvchanlik” testi bo‘yicha sinash uchun mo‘‘tadil tezlik 150 ay/daq hisoblandi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabletkaning eruvchanligini aniqlash uchun kajavaning aylanish tezligini belgilash

Download 1,19 Mb.