• Tabletkaning eruvchanligini aniqlash uchun erituvchi muhit turi va miqdorini belgilash.
  • Tabletka tarkibidagi ibuprofen eruvchanligini aniqlash




    Download 1,19 Mb.
    bet215/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Tabletka tarkibidagi ibuprofen eruvchanligini aniqlash
    n a t i j a l a r i


    Do


    S


    V1


    V2


    Va


    Dc


    b


    Topilgan miqdor, g


    Metrologik tavsif


    0,1.10-4


    100

    50

    10

    0,312

    0,3112























    Tabletkaning eruvchanligini aniqlash uchun erituvchi muhit turi va miqdorini belgilash.
    Tayyor dori turlarining texnologiyasini ishlab chiqishda biofarmatsevtik tadqiqotlar alohida muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ma’lum farmakologik ta’sirga ega bo‘lgan faol moddadan u yoki bu dori turini tayyorlashda avvalam bor o‘zlarining kimyoviy jihatdan kelib chiqishi turlicha bo‘lgan yordamchi moddalar majmuasi qo‘llaniladi. Qolaversa, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda “faol modda – yordamchi modda” kompleksiga turli fizikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida ta’sir etuvchi va yordamchi moddalar o‘rtasida muhit rN ining o‘zgarishi, fizikaviy yoki kimyoviy modifikatsiyalarga o‘tishi, kompleks birikmalar hosil qilishi, eruvchanlikni o‘zgarishi, sorbsiya xodisasi, shu jumladan adsorbsiya, absorbsiya, xemosorbsiya va boshqa xodisalar sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatda tayyor dori turining terapevtik samaradorligini u yoki bu tarafga o‘zgartirishi mumkin.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda o‘rganilayotgan tabletka dori turining ta’sir samaradorligini baholashda muxim o‘rin tutuvchi biofarmatsevtik tadqiqotlar amalga oshirildi.
    Ma’lumki tabletka dori turlarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda: in vitro va in vivo tajribalarida amalga oshiriladi.
    In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‘g‘risida etarlicha ma’lumot bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. Shu bilan birga in vitro tajribalar xar doim xam dori vositasining tirik organizmdagi ta’sirini to‘laqonli ifodalamasligi mumkin. Shu sababli taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab topiladi va bu bog‘liqlik ishonarli darajada bo‘lgan taqdirda qo‘llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini amalga oshirish uchun tavsiya etiladi.
    Alohida tajribalarda yangi tarkibli ibuprofen tabletkasidan ta’sir etuvchi moddaning erituvchi muhitga ajralib chiqish tezligiga, erituvchi muhit pH ning ta’siri o‘rganildi. Buning uchun erituvchi muhit sifatida tozalangan suv (rN=5,4-6,1); 0,1 mol/l NCI (rN=1,0-1,7); 0,1 mol/l NaON (pH=7,4-8,1) eritmalari qo‘llanildi. Tajriba natijalari -rasmda keltirilgan.
    Keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, yangi tarkibli ibuprofen tabletkasi tarkibidan ta’sir etuvchi moddani ajralib chiqish tezligiga muhit rN ining ishqoriy sharoitga o‘zgarishi tabletka tarkibidagi ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishini kuchaytirgan, bu ko‘rsatkich 30 daqiqada 92,8 % ni tashkil etdi. Ayni vaqtda bir xil sharoitlarda neytral yoki kislotali muhitda 30 daqiqa davomida, mos ravishda 72,2 va 77,5 % ta’sir etuvchi modda erib o‘tgan, shu sababli keyingi tadqiqotlar uchun erituvchi muhit sifatida – 0,1 mol/l natriy ishqori tanlab olindi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabletka tarkibidagi ibuprofen eruvchanligini aniqlash

    Download 1,19 Mb.