Tayyor maxsulotni saqlanish muddatini belgilash




Download 1,19 Mb.
bet223/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Tayyor maxsulotni saqlanish muddatini belgilash.
Tayyor dori turlari texnologiyasini yaratish yoki takomillashtirish borasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlarining yakuniy bosqichi bu-texnologik va biofarmatsevtik ko‘rsatkichlari bo‘yicha maqsadga muvofiq deb topilgan tarkib va texnologiyaning asosida tayyorlangan dori turlarining turg‘unligini aniqlashdan iboratdir. Ma’lumki dori turlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar o‘z ta’sirini dori turi tayyorlangandan so‘ng saqlanadigan davrda asta-sekin namoyon qilib borishi mumkin. Xuddi shunday ta’sir qo‘llaniladigan texnologik usul asosida ham yuzaga kelishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki tayyorlangan dori turlari saqlanish davomida nafaqat dorivor moddaga ta’sir ko‘rsatilib, unnig faolligi ortishi, kamayishi yoki umuman yo‘qolishi kuzatiladi, balki dori turiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlari: tashqi ko‘rinishi, mustaxkamligi, parchalanish vaqti, eruvchanligi kabilarni o‘zgarishi ham kuzatilishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar asosida ta’sir etuvchi modda o‘rtasida yoki yordamchi modda o‘rtasida yoki yordamchi modda va yordamchi modda o‘rtasida, shuningdek, ta’sir etuvchi modda va yordamchi moddalarning texnologik jarayonlar ta’sirida kuzatilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy o‘zaro ta’sirlar, kislotali, asosli, tuz ko‘rinishidagi kimyoviy modifikatsiyalarga aylanishi, parchalanishi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, yoizik-kimyoviy o‘zgarishlar, polimerlanish, eruvchanlikning o‘zgarishi, gigroskopiklik holatini ortishi, kolloid hosil bo‘lishi kabilar kuzatilishi mumkin. Dori turi o‘z xususiyatlariga ko‘ra etarlicha turg‘unlikka ega bo‘lgan holatda ularning xususiyatlariga mos kelmaydigan joylash idishlarining qo‘llanilishi yoki idishlarga joylangan dori turlarini talablar darajasida bo‘lmagan sharoitlarda (yuqori yoki juda past nisbiy namlikka ega bo‘lgan xonalarda, tashqi muhit xarorati yuqori yoki past bo‘lgan yoki quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan sharoitlarda) saqlanishi ham dori turlari turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tabletka dori turlarining xar bir seriyasini kontur-uyachali qadoqlash idishi (DST 64-744-6-81), plastmassa qopqoqli qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-287-81), burama plastmassa qopqoqli (TST 64-20-8780) qo‘ng‘ir rangli shisha idish (TST 64-2-71-80)larga joylandi va tegishli yorliqlar bilan yorliqlandi. SHu usulda tayyorlangan tabletka dori turlari alohida-alohida karton qutilarga joylashtirilib, tabiiy usulda olib borilgan tadqiqotlarda karton qutilardagi dorilar erto‘la omborxonalarining laboratoriya xonalaridagi peshtaxtalarida saqlandi. Bunda tadqiqotlar olib borilayotgan xonalarning xarorati yil davomida oralig‘ida, nisbiy namlik oralig‘ida bo‘lishi kuzatildi. Tadqiqotlar davomida xar 6 oy oralig‘ida nazorat ostidagi tabletka namunalari tanlab olinib, ularni tegishli MTH lari talablariga asosan tekshirib ko‘rildi.
Ma’lumki dori turlari turg‘unligini tabiiy sharoitlarda o‘rganish bir muncha haqqoniy natijalarni beradi. Chunki bunda tajriba sharoitlari amaliyotga yaqindir. Biroq bu usulda tajribalarni uzoq davom etishi sababli “Tezlashtirilgan usul” da dori vositalarning turg‘unligini o‘rganish tavsiya etilgan bo‘lib, u yo‘riqnoma xujjatga asosan amalga oshiriladi. Ushbu yo‘riqnomaga asosan xususiyatga ega bo‘lgan dori turlarini yaroqlilik muddatlarini “Tezlashtirilgan usul” da amalga oshirish tavsiya etilmaydi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyor maxsulotni saqlanish muddatini belgilash

Download 1,19 Mb.