Tayyor dori vositalarini saqlanish muddatini ta’minlash va belgilash




Download 1,19 Mb.
bet220/285
Sana21.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#126265
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   285
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Tayyor dori vositalarini saqlanish muddatini ta’minlash va belgilash.
Saqlanish davomida qattiq dorilarga tashqi muhit xarorati, namligi, yorug‘ligi va boshqalar ta’sir etadi.
Harorat tabletkalar turg‘unligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harorat oshishi bilan gidrolizlanishga va oksidlanishga moyil bo‘lgan moddalarning parchalanishi birmuncha tezlashadi.
Saqlash davomida tashqi muhitdagi namlik dori vositalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tabletka tarkibidagi qoldiq namlik yoki kristallizatsion suvni tabiiy qurishi, dozaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Namlikni me’yoridan ko‘p bo‘lishi, tabletkalarning gidrolitik parchalanishiga, hamda fizik-mexanik ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tashqi muhit namligini natriy-paraaminosalitsilat granulasi va tabletkasining fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi tajribalar asosida isbotlangan. Presslanadigan massaning qoldiq namligi tabletkaning tashqi ko‘rinishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini tezlashtirishi, kvant energiyasini adsorbsiyalash natijasida molekulalar faolligining oshishi isbotlangan.
Dori turlarini yaratishda farmatsevtika sanoati, qadoqlanadigan materiallarga katta e’tibor berishni taqozo etadi. Qadoqlanadigan materiallar tabletkani tashqi muhit ta’siridan saqlaydigan asosiy to‘siq bo‘lib, ularni saqlanish muddatini uzaytirishga yordam beradi. SHunga ko‘ra, qadoqlanadigan materiallarni to‘g‘ri tanlash tabletkaning sifat va miqdor ko‘rsatgichlarini saqlashga yordam beradi. Dorilar bilan birlamchi muloqotda bo‘ladigan qadoqlanadigan idishlar har xil materiallardan tayyorlanishi mumkin: shisha, metall, sellyuloza va yuqori molekulali sintetik birikmalar (plastmassa) va ularning kombinatsiyalari. Keng tarqalgan qadoqlanadigan materiallardan biri shishadir. SHisha idish preparatlarni fotokimyoviy parchalanishini oldini oladigan muhim omillardan hisoblanadi.
Keyingi yilarda plastmassadan tayyorlangan idishlar, shisha idishlarga nisbatan ko‘proq ishlatilmoqda. Plastmassa idishlarga dorilar qadoqlanganda kimyoviy mos kelishini hisobga olish lozim. Dori preparatlari bilan muloqotda bo‘lganlarida plastmassa idishlar yorilishi, yumshashi va erishi mumkin. Aynan shu moddaga kimyoviy betaraf plastmassa turini tanlash bilan dorilarni saqlab qolish mumkin.
Farmatsevtika sanoatida tabletkalarni qadoqlash uchun sellofandan tayyorlangan “Aut” kontur-uyachali materialdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Ammo bu turdagi materiallar oson gidrolizlanadigan, kuchli gigroskopik va uchuvchan preparatlarni to‘liq saqlab bera olmaydi.
Respublikamizda polivinilxlorid va laklangan alyuminiy folgasidan tayyorlangan “Servak” qadoqlanadigan materiallari suv bug‘larini va quyosh nurlarini mutlaqo o‘tkazmaydi.
Yuqorida qayd qilinganlar asosida, uzoq muddat mobaynida tabletkalarning turg‘unligini o‘rganish, ularning sifatini saqlab qolishda, to‘g‘ri tanlab olingan qadoqlanadigan materiallar va saqlash sharoiti katta ahamiyatga ega.

Download 1,19 Mb.
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   285




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyor dori vositalarini saqlanish muddatini ta’minlash va belgilash

Download 1,19 Mb.