• Og’ir metallar.
  • Miqdoriy tahlil.
  • Zichligi. 0,885 g/sm3 dan 0,910 g/sm3 gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul). Qadoqni to’ldirish hajmi




    Download 1,19 Mb.
    bet211/285
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #126265
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

    Zichligi. 0,885 g/sm3 dan 0,910 g/sm3 gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul).
    Qadoqni to’ldirish hajmi. TSt 64-492-85 talabiga javob berishi kerak.
    Hajmi 20 ml dan 25 ml gacha bo’lgan qadoqlar uchun chetlanish ±5% ga, hajmi 40 ml dan 50 ml gacha bo’lgan qadoqlar uchun esa chetlanish ±3% ga teng bo’lishi kerak.
    Nazorat natijasida olingan natijalar qoniqarsiz bo’lsa tekshirish ikki marta ko’p miqdordagi namunalarda olib boriladi.
    Og’ir metallar. Preparat og’ir metallarga hos bo’lgan tekshiruv talabiga javob berishi kerak ( 0,001 % dan ko’p emas; DF XI, 1 nashr, 171 b., DF XI, 2 nashr, 148 b.).
    Mikrobiologik tozalik. Tekshirish DF XI, 2 nashr, 87 b. va 12.10.2005 y. dan O’zgartirish №2, kategoriya B ga asosan, tekshiruv davomida antimikrob faollikka ega preparat sifatida o’tkaziladi.
    1 ml preparat tarkibidagi aerob bakteriyalarning umumiy soni 104 va zamburug’larning umumiy soni 2 x 102, enterobakteriyalar va boshqa grammanfiy bakteriyalarning soni 102 dan ko’p bo’lmasligi kerak. 1 ml preparat tarkibida Pseudomonas aeruginosa va Staphylococcus aureus va 10 ml preparat tarkibida Salmonella bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
    Miqdoriy tahlil. 1-usul. 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, eritmani 3 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida ushlab turiladi, tezda sovutiladi, pH 4,0 bo’lgan bufer eritmadan 2 ml qo’shiladi, eritma hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Hosil bo’lgan eritmaning optik zichligini spektrofotometrda 409 nm to’lqin uzunligida qalinligi 10 mm bo’lgan kyuvetada aniqlaniladi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
    Parallel ravishda tarkibida 1 ml giperozid GSN saqlagan eritmaning optik zichligini ham o’lchanadi, ushbu eritmani tayyorlash uchun tekshiriluvchi eritmani tayyorlash jarayoni bayonidagi “25 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi” so’zlaridan boshlab davom etgan amallar takrorlanadi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml o’lchov kolbasida tayyorlangan, 1 ml giperozid GSN, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
    Flavonoidlarning giperozid uchun hisoblangan umumiy foiz miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:

    bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;


    D0 – giperozid GSN eritmasining optik zichligi;
    m0 – tortib olingan giperozid GSN ning og’irligi, grammlarda.
    Preparatdagi flavonoidlarning giperozidga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.
    Ilova. 1. Giperozid GSN eritmasini tayyorlash. Oldindan 130-135ºC haroratda 3 soat davomida quritilgan giperozid GSN (FM 42-1088-81) dan 0,05 g (aniq tortma) olib hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida qizdirilib turgan holda eritiladi, eritmani xona haroratigacha sovutiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi.
    Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy.
    2. pH 4,0 bo’lgan bufer eritmasini tayyorlash. 10 ml 1 mol/l natriy gidroksidini hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo’shiladi, belgisigacha suv bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy.
    3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
    2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi, tezda sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to’lqin uzunligida va qalinligi 10 mm li kyuvetada o’lchanadi.
    Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml li o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi.
    Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X) nisbiy yutish ko’rsatkichi   yordamida topiladi:

    bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;


    475 – kversetin va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to’lqin uzunligidagi nisbiy yutish ko’rsatkichi   .
    Flavonoidlar yig’indisining kversetinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.
    Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
    Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   285




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zichligi. 0,885 g/sm3 dan 0,910 g/sm3 gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul). Qadoqni to’ldirish hajmi

    Download 1,19 Mb.