Bevosita bo’yovchi moddalar. Aktiv bo’yovchi moddalar. Kation bo’yovchi moddalar




Download 44,67 Kb.
bet1/4
Sana19.11.2023
Hajmi44,67 Kb.
#101505
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Ma\'ruza matni


TO’QIMACHILIK MATERIALLARINI SUVDA ERIYDIGAN BO’YOVCHI MODDALAR BILAN BO’YASH
Reja:

  1. Bevosita bo’yovchi moddalar.

  2. Aktiv bo’yovchi moddalar.

  3. Kation bo’yovchi moddalar.

Bevosita bo’yovchi moddalar. Bu bo’yovchi moddalar bilan asosan sellyulozali tolalar bo’yaladi. Bevosita bo’yovchi moddalarning umumiy holda Rb- SO3Na ko’rinishda yozish mumkin. Rb- bo’yovchi moddaning xromofor qismi, - SO3Na guruhi bo’yovchi moddaning suvda eruvchanligini ta’minlaydi. Bevosita bo’yovchi moddalar bilan tola va matolarni uzlukli hamda uzluksiz usullar bilan bo’yash mumkin.
Uzlukli usulda bo’yash. Bo’yovchi modda yumshatilgan suvda yaxshilab eritiladi. Erituvchi suv agar qattiq bo’lsa, u holda suvga soda yoki natriy geksametafosfat qo’shiladi. Soda eritmada ishqoriy muhit hosil qilib, bo’yovchi moddaning eruvchanligini osonlashtiradi. Bo’yash jarayonini tezlashtirish maqsadida eritmaga elektrolit (natriy xlorid yoki natriy sul’fat) qo’shiladi. Bo’yash quyidagi tartib va tarkibda olib boriladi:
Tolaga nisbatan % hisobida:

Bo’yovchi modda 0,5-5


Natriy xlor 10-25
Soda 1-3

Bo’yash moduli 6-35. Bo’yash 30-400C da boshlanib, asta-sekinlik bilan 60- 800C gacha ko’tariladi va har bir bo’yovchi modda uchun maqbul bo’lgan haroratda 0,5-2,0 soat davomida olib boriladi, so’ng yuviladi.


Bevosita bo’yovchi moddalar suvli ishlovlarga chidamsiz bo’lganliklari sababli, bo’yalgan mato va iplarga DSU yoki DSM preparatlari bilan ishlov beriladi. (DSU-disianidamid smola, agar eritmaga mis tuzi qo’shilsa preparat DSM deyiladi va bu preparat bilan ishlov berilgan ranglar nafaqat suvli ishlovlarga balki yorug’lik ta’siriga ham chidamli bo’ladi). Bu preparat bilan bo’yovchi modda suvda erimaydigan tuz hosil qiladi.

3
Rb-SO3Na+DSU RbSO - DS+ + NaU
erimaydi

Ishlov berish tarkibi:


DSU (DSM) - 10-30 g/l
Ishlov berish harorati - 70-800C
Quritish


Uzluksiz usulda bo’yash. 4-6 sekund davomida mato bo’yovchi modda eritmasida (2-20 g/l) shimdiriladi, 100% og’irlikgacha siqiladi, 1000C haroratda 1-2 minut bug’latiladi, yuvilib, so’ng DSU preparati bilan ishlov beriladi. Rangi mustahkamlangan mato quritiladi.
Bevosita bo’yovchi modda sellyuloza bilan vodorod bog’lanish va Van- der-Vaals’ kuchlari bilan bog’lanadi.
Sellyulozali tola va tabiiy ipak (neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda bo’yaganda) yuzasi bo’yash eritmasida manfiy zaryadlanadi. Bo’yovchi modda anionining tola yuzasiga shimilishi uchun u ma’lum potensial Іonni yengishi lozim. Bir xil zaryadli ionlar itarilishi 10*10-9 m masofaga tarqaladi. Molekulalararo o’zaro ta’sir esa 4...2*10-10 m masofada bo’ladi. Shu sababli bevosita bo’yovchi modda elektrolit solinmagan bo’yash eritmasidan juda kam shimiladi. Elektrolitning Na+ - kationlari tola yuzasidagi manfiy zaryadni neytrallaydi va bo’yovchi modda ioni 4...2*10-10 m masofaga yaqinlasha oladi. Shu bilan bir qatorda elektrolit ta’sirida bo’yovchi moddaning eritmadagi agregatlanishi kuchayib, uning diffuziyalanishi susayadi. Amalda har bir bevosita bo’yovchi modda uchun elektrolitning eng maqbul miqdori ma’lumdirki, bunda bo’yovchining tolaga shimilishi ancha kuchaygan holda, uning eritmadagi agregatlanishi juda kam bo’ladi. Bevosita bo’yovchi anionining tola yuzasidan itarilishi uning tarkibidagi sul’foguruhlar soniga bog’liq, masalan, 4 ta sul’foguruhli bo’yovchi modda sellyulozali tolani elektrolitsiz eritmada bo’yamaydi. o’z navbatida elektrolit kationi zaryadining oshishi, kation va anion o’lchamining kattalashishi bo’yovchi moddaning tolaga shimilishini oshiradi. Amalda arzonroq va topilishi oson bo’lgani uchun elektrolitlardan natriy xlorid va sul’fatlar ishlatiladi. Ular eritmada dissosilanadilar.

4
NaCl Na++Cl-
Na2SO4 2Na+ + SO 2-
Eritmadagi bo’yovchi modda va elektrolit konsentrasiyasining oshishi agregatlanish darajasini ko’taradi, temperatura ko’tarilishi esa bu ko’rsatgichni pasaytiradi.

Download 44,67 Kb.
  1   2   3   4




Download 44,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bevosita bo’yovchi moddalar. Aktiv bo’yovchi moddalar. Kation bo’yovchi moddalar

Download 44,67 Kb.