|
Bevosita bo’yovchi moddalar. Aktiv bo’yovchi moddalar. Kation bo’yovchi moddalar
|
bet | 3/4 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 44,67 Kb. | | #101505 |
Bog'liq 4-Ma\'ruza matni Kation bo’yovchi moddalar. Kation bo’yovchi moddalar poliakrilanitril (nitron) tolasini bo’yash uchun qo’llaniladi. Umumiy ko’rinishda Rb H+C1- deb yozish mumkin. PAN tolalar termoplastik bo’lganligi sababli ular turiga qarab yuqori elastik holatga 75-950C atrofida o’tadi. Bu temperaturaga qadar tola deyarli bo’yalmaydi.
Kation bo’yovchi moddalar PAN tolalarda tiniq, ravshan va nurbardosh rang hosil qiladilar, yuqori temperaturada smolaga aylanib qolishi mumkin. Ularni kukun yoki suyuqlik holida chiqarishadi. Eritma holida chiqarilgan kation bo’yovchi tarkibida bo’yash uchun kerakli barcha yordamchi moddalar bo’lib ishlatishga qulaydir. Kukun holidagi kation bo’yovchilarni eritish va bu eritmani turg’un holda saqlash qiyin.
Eritmadan tolaga o’tuvchanlik qobiliyati bo’yicha kation bo’yovchilar uch guruhga bo’linadilar:
Tez o’tuvchanlar: ko’k 2K, qizg’ish binafsha
o’rtacha o’tuvchan: sariq 53, 63, pushtirang 2S, ko’k O
Sekin o’tuvchan: qizil S, 5J, feruzarang 23, sarg’ish-jigarrang.
Nitron tolasini bo’yashda rang ravonligiga bo’yash tezligi, muhit va temperaturani boshqarish orqali erishish mumkin. Kation bo’yovchi moddalar nitron tolasida ravshan, mustahkam va deyarli barcha ranglar gammasini hosil qilishi mumkin. Lekin uning asosiy kamchiligi bo’yovchi moddaning tolaga moyilligini yuqoriligidadir. Yuqori moyillik ravon rang olish imkonini qiyinlashtiradi.
+ +
PAN-COO-+Rb H--- PAN-COO- H Rb.
Bu muammoni hal qilishda quyidagi omillar qo’llaniladi: kationli yoki anionli rang ravonlatgichlar (SAM), elektrolit, ma’lum muhit, bo’yash haroratini ma’lum vaqt birligida bosqichma-bosqich ko’tarish.
Eritmada kationli ravonlatgich SAM kationi bo’yovchi modda kationi bilan bir qatorda tolaning manfiy zaryadli aktiv markazlari tomon harakatlanadi va bo’yovchiga nisbatan o’lchami kichik bo’lib harakatchanroq bo’lgani sababli tolaga avval sorblanadi. Lekin kation bo’yovchi moddalarning tolaga moyilligi yuqori bo’lganligi sababli, ravonlatgichlarni tola aktiv markazlaridan siqib chiqarib, ularning o’rnini egallaydi. Bo’yash jarayoni biroz sekinlashadi, natijada rang ravonligi ko’tariladi.
Anionaktiv ravonlatgichlar esa kation bo’yovchilar bilan beqaror komplekslar hosil qiladi, natijada eritmada vaqtincha bo’yovchi konsentrasiyasi pasayadi. Beqaror komplekslar parchalanib, bo’yovchi modda tolaga sorblanadi.
Elektrolitlar ham xuddi rang ravonlatgich SAM lar kabi ta’sir etadi: elektrolit kationi tolaning yuzaviy zaryadini, anioni esa kation bo’yovchi moddaning zaryadini neytrallaydi, natijada bo’yovchining tolaga o’ta tez va noravon sorblanishining oldi olinadi.
Bo’yash muhitini pH 4,5-5,5 bo’lganda olib borilishi ham rang ravonligiga ijobiy ta’sir qiladi, chunki bunday sharoitda tola va bo’yovchining dissosilanish tezligi pastroq bo’ladi. Kation bo’yovchi moddalar bilan ravon rang hosil qilish muammosini xhal qilish maqsadida murakkab bosqichli programmalar ishlatiladi. Bunda temperaturani bosqichma-bosqich ma’lum vaqt birligida ko’tarish va muhit pH ini kerakli darajada ushlab turuvchi avtomatik sistemalar ishlatiladi.
Tolaga bo’yovchi modda ion bog’lanish va molekulalararo kuchlar orqali birikadi. 1000C haroratdan yuqori bo’lmagan sharoitda bo’yash jarayoni olib boriladi.
Bo’yash texnologiyasi. Poliakrilonitril tolalarni bo’yash tolani qayta ishlashning turli bosqichlarida amalga oshiriladi: gel holatda tola olish agregatlarida, yangi quyilgan jgut holatda, quritilgan tola, lenta, kalava va mato holatlarida, hamda aralashma mato tarkibida.
PAN tolalarni gel holatda va yangi quyilgan jgut holida bo’yash ancha yengil, bunda bo’yash tolani olish jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunday holatda tola qurilmasi hali tortish natijasida zichlanmagani sababli g’ovaklar, yoriqlar o’lchami katta. Shu sababli tola o’ta tez va 500C atrofida uzluksiz bo’yaladi.
Pardozlash korxonalarida tola va taralgan lenta holatida ravonlatgichlarsiz bo’yaladi. Och va o’rtacha ranglarga bo’yashda tez o’tuvchan bo’yovchilar ishlatilsa muhit sul’fat kislota yordamida pH=3,5 ga keltiriladi yoki ravonlatgichlar (1-2% massaga nisbatan) qo’shiladi. Uzluksiz usulda ravon ranglar olish maqsadida bo’yash temperaturasini 20 minut davomida 800C gacha ko’tariladi va 70-80 minut ichida uni bosqichma -bosqich ( 2-40C 10 minutda) qaynatish temperaturasigacha ko’tariladi, yana 45 minut bo’yaladi. Bo’yash vannasini 60- 700C gacha asta-sekin sovutiladi, bunga sabab materialning elastikligini saqlash va uni dag’al bo’lishini oldini olishdir. So’ng shu temperaturada material yuviladi.
Tola va jgutni bo’yashning uzluksiz usuli ham ma’lum. Bunda eritmaga tolaning shishalanish temperaturasini pasaytiruvchi hamda bo’yovchini eritmada maydalanishi va yaxshi erishini ta’minlovchi moddalar - intensifikatorlar (jadallatgichlar) qo’shiladi, masalan, rezorsin - 25 g/dm3, yoki etilenkarbonat - 60 g/dm3, yoki propilenkarbonat 10-20 g/dm3. Intensifikator ta’sirida bo’yovchining tola ichiga diffuziya tezligi oshadi.
Bu moddalar poliakrilonitril tolasining nitril guruhlari bilan o’zaro ta’sirlashib, makromolekulalararo bog’lanishlarni qisman uzadi, ya’ni plastifikator hizmatini o’taydi.
Bo’yash texnologiyasi quyidagicha:
|
| |