• Tеrmik ishlashning nazariy asoslari.
  • Pōlatni qizdirish va sovitish jarayonlarda struktura o’zgarishlari
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Mavzu: Po’lat detallarini yuzaviy mustahkamlash va kimyoviy-termik ishlash




    Download 2.59 Mb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi2.59 Mb.
    #91209
    Bog'liq
    Abrorjon
    MUSTAQIL ISH 2

    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI TMJ 8-20 GURUH TALABASI IBRAGIMOV ABRORJONNI KONSIRUKSION MATERIALLARNI KORROZIYAGA BARDOSHLIGI FANIDAN MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: Po’lat detallarini yuzaviy mustahkamlash va kimyoviy-termik ishlash.

    • Reja
    • Poʻlatni toblash
    • Tеrmik ishlashning asosiy tushunchalari.
    • Pōlatni qizdirish va sovitish jarayonlardagi struktura o’zgarishlari.
    • Tеrmik ishlar uchun qo’llanaldigan qizdirish qurilmalari.

    Poʻlatni toblash - poʻlatni oldin qizdirish, keyin tez sovitish yoʻli bilan chiniqtirish. Qizdirish sharoitiga qarab, toʻla va chala toblash xillariga boʻlinadi. Toʻla toblashda poʻlat holat diagrammam GSE chizi-gʻidan yuqorigi temperaturagacha qizdirilgandan soʻng tez sovitiladi. Shunda poʻlat toʻliq austenit xrlatga oʻtadi. Chala toblashda metall PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturalargacha qizdiriladi; sovitishdan keyin erimagan (ortiqcha) fazalar (ferrit yoki sementit va murakkabroq karbidlar) saqlanib qolishi mumkin. Temir-uglerodli qotishmalarning holat diagrammasiga muvofiq, shu di-agrammaning GSE chizigʻidan yuqorigi temperaturalarga poʻlatning termodinamik turgʻun xrlati — austenit, PSK chi-zigʻidan pastdagi temperaturalarga ferrit va sementit moye keladi. Austenit PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturadan asta-sekin sovitilganda, holat diagrammasiga muvofiq, ferrit va sementitga parchalanadi. Juda past temperaturada austenit amalda parchalanmaydi, temperatura yana pasaytirilsa, martensitta aylanadi; Poʻlatni toblashdan maqsad — toʻliq martensit struktura hosil qilish. Poʻlatni toblash natija-sida poʻlatning qattiqligi keskin oshadi, mustahkamlanadi, plastikligi pasayadi.
    Sovitish sharoitiga qarab, Poʻlatni toblash izo-termik, pogʻonali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Izotermik toblashda poʻlat GSE chizigʻidan yoki PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturalargacha qizdiriladi, soʻngra PSK dan past temperaturalargacha tez sovitiladi va izotermik dam deb ataladigan xrlatda tutib turiladi, bunda austenit boshqa strukturalar (perlit, bey-nit)ga aylanadi. Pogonali toblashda poʻlat martensitga aylanadigan temperaturadan bir oz yuqori temperaturagacha katta tezlikda sovitiladi, shu temperatura butun qalinligiga birday tarqalguncha tutib turiladi, soʻngra martensit struktura hosil boʻlguncha asta-sekin sovitiladi. Tashqi omillar, asosan, toblash mu-hiti (suv, moy, erigan tuz) va bosim ham Poʻlatni toblashga taʼsir qiladi.
    Toblangan poʻlat juda moʻrt boʻlgani uchun bir oz boʻshatiladi. Poʻlatni toblash texnikada keng ishlatiladigan, konstruksion xossalari yaxshi poʻlat olishga imkon beradi

    Tеrmik ishlashning nazariy asoslari.


    Mеtallarning kerakli xossalarini olish uchun strukturalarini ōzgartirish hisobiga ularni qizdirib, shu temperaturada tutib turib, sеkin yoki tеz sovitish jarayoni tеrmik ishlash dеyiladi.
    Tеrmik ishlash rеjimi - tеrmik ishlashni amalga oshirish sharoitlari. Rеjim kōrsatkichlariga quyidagilar kiradi: qizdirish tеmpеraturasi, tutib turish vaqti, qizdirish va sovitish tеzliklari.
    Po’latni qizdirish temperaturasi po’lat tarkibiga va termik ishlsh turiga bog’liq. Uglerodli po’latlar uchun qizdirish temperaturasi Fe- Fe3C diagrammadan aniqlanadi, legirlangan po’latlar uchun – spravochniklardan. Qizdirish temperaturasi po’latda kerakli o’zgarish to’liq amalga oshishini ta’minlashi kerak, buning uchun u kritik chiziqlardan oshishi kerak:
    Tq = Tkr+ 30-500C

    Pōlatni qizdirish va sovitish jarayonlarda struktura o’zgarishlari

    Tеrmik ishlar uchun qo’llanaldigan qizdirish qurilmalari.

    • Termik ishlash uchun qo’llaniladigan pech – bu har xil materiallarni
    • kerakli temperaturagacha qizdirish uchun mo’ljallangan qurilma.
    • Pechlarning asosiy vazifasi quyidagidan iborat:
    • - har xil metallarni termik ishlash;
    • - metall xomakilarni bosim bilan ishlash uchun qizdirish;
    • - metallarni eritish

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


    Download 2.59 Mb.




    Download 2.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Po’lat detallarini yuzaviy mustahkamlash va kimyoviy-termik ishlash

    Download 2.59 Mb.