|
Tropik iqlimli mamlakatlarga eksportga yuborilayotgan guruh tarasi (ampuladan tashqari) qanday o‘raladi?
|
bet | 261/285 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #126265 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi89. Tropik iqlimli mamlakatlarga eksportga yuborilayotgan guruh tarasi (ampuladan tashqari) qanday o‘raladi?
+ qalinligi 0,08—0,12 mm li polietilen plyonkali qoplarga
- bidonlarga
- yog‘och yashiklarga
- karton qutilarga
90. Tropik iqlimli mamlakatlarga eksportga yuborilayotgan dori preparatlarining qutilarining orasiga, ya’ni qopning ichiga nima solinadi?
+ silikagel
- paxta
- doka
- qog‘oz
91. Transport tarasining ichidagi dorilarning qimirlamasligini ta’minlash uchun nimadan foydalaniladi?
+ barcha javoblar to‘g‘ri
- alignin, qog‘oz va karton makulatura
- o‘rov qog‘ozi
- polimer materiallarning qipiqlari va gofrirlangan karton
92. Har bir ampula qadog‘iga solinishi shart - ...
+ ampulani ochish moslamasi
- slikagel
- paxta
- amortizator
93. Immunobiologik preparatlarni saqlash va transportirovka qilishdagi mo‘‘tadil harorat
+ 0 dan +8 °S
- 0 dan +20 °S
- 5 dan +25 °S
- 10 dan +30 °S
94. Tirik vaksinalar sovutgich kamerasida qanday haroratda saqlanadi?
+ -20°S
- -10°S
- 0°S
- +2°S
95. Vaksina va boshqa immunobiologik preparatlar qanday idishlarda transportirovka qilinadi?
+ termokonteynerda
- yog‘och yashikda
- shisha bankada
- karton qutida
96. Termokonteyner nima?
+ polistirol yoki poliuretandan tayyorlangan idish bo‘lib, germetik yopiladigan qopqog‘i bo‘ladi
- yog‘och yashik
- shisha banka
- karton quti
97. Bo‘shagan termokonteynerlarni qaytadan ishlab chiqaruvchiga yuborish shartmi?
+ yo‘q, shart emas
- ha, albatta
- ba’zida
- har doim
98. Vaksinalarning erituvchisi qaerda saqlanishi shart?
+ xolodilnikda
- shkafda
- qutida
- yashikda
99. Ma’lum bir kimyoviy tuzilishga yoki strukturaga ega bo‘lgan, u yoki bu kasallikni davolash yoki oldini olishga qaratilgan, farmatsevtik ishlab chiqarishda asosiy ta’sir etuvchi modda sifatida ishlatishga qo‘yilgan me’yorlarga javob beradigan moddaga nima deyiladi?
+ dori modda
- dorivor o‘simlik xom ashyosi
- gomeopatik dori vositasi
- yordamchi modda
100. Ma’lum bir kimyoviy tuzilishga yoki strukturaga ega bo‘lgan, dori moddasi bilan to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘lgan, dori preparatlarini tayyorlashda ularda ma’lum fizik-kimyoviy xususiyatlarini ta’minlaydigan modda nima?
+ yordamchi modda
- dorivor o‘simlik xom ashyosi
- gomeopatik dori vositasi
- dori modda
X.GLOSSARIY
|
| |