|
Dorivor oʻsimliklar kafedrasining 2023-yil “ ” yigʻilishining № majlis bayonnomasidan Qibray tumani koʻchirma
|
Sana | 13.11.2023 | Hajmi | 18.7 Kb. | | #98139 |
Bog'liq Kafedra Bayyonomasi.docx. 5411100-Dorivor usimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, buhgalteriya hisobi predmeti, Gulxayo taqdimnoma, элон матни, falsafani o\'zlini anglashdagi ro\'li
Dorivor oʻsimliklar kafedrasining
2023-yil “____”_______ yigʻilishining №_____majlis bayonnomasidan
Qibray tumani
KOʻCHIRMA
RAIS:
|
Dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent M.U.Nizomova
|
KOTIB:
|
Dorivor o‘simliklar kafedra assistenti R.X.Muydinov
|
|
|
Qatnashdilar:
|
Kafedra mudiri dotsent, M.U.Nizomova,
professorlar B.Y. Toʻxtayev, E.S.Berdiyev
dotsentlar: V.T.Qaysarov E.T.Axmedov, D.B.Berdibaeva, Gʻ.Sh.Jumaboyev, M.M.Amanova
katta o‘qituvchi: S.F.Ulug‘ova
assistentlar: X.G‘.Ayasov, F.M.Mardonov, R.X.Muydinov, G.A.Sultonova, D.S.Solihova, kabinet mudiri F.O‘.Nurmetova
|
taklif qilinganlar;
|
Magistr talabalari
|
Kun tartibi:
70812101 - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi mutaxassisligi bitiruvchilarining dissertatsiya ishlarining muhokamasi.
Turli masalalar.
Eshitildi: M.U.Nizomova – “Dorivor limono’t (Melissa officinalis L.) o’simligining bioekologik xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishining mazmuni bilan tanishtirish uchun soʻz 70812101 - Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi mutaxassisligi bitiruvchisi Sharipbayeva Gulxayo Marks qiziga beriladi.
Eshitildi: Bitiruvchi G.M.Sharipbayeva dissertatsiya ishining qisqacha mazmuni bilan tanishtirdi.
Savollar: 1. E.T.Axmedov. – Dorivor limono’t (Melissa officinalis L.) oʻsimligi qaysi dorivor oʻsimliklarga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida oʻstirib kelinmoqda?
2. Gʻ.Sh.Jumaboyev – Dorivor limono’t (Melissa officinalis L.) oʻsimligi tarkibida qanday biofaol moddalar mavjud va xalq tabobatida hamda rasmiy tibbiyotda ishlatiladi?
3. D.Berdibaeva – Dorivor limono’t (Melissa officinalis L.) oʻsimligini yetishtirish agrotexnologiyasining oʻziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Sharipbayeva Gulxayo Marks qizibarcha savollarga javob berdi.
Soʻzga chiqdilar:
E.T.Axmedov– Magistr talabasi G.M.Sharipbayeva ning ushbu dissertatsiya ishining mazmuni, hajmi, amaliy ahamiyati va rasmiylashtirilganlik darajasiga qoʻyilgan talablarga toʻliq javob beradi. Magistr talabasi oʻz ishini yaxshi biladi, barcha savollarga toʻliq va batafsil javob berdi. Dissertatsiya mavzusiga oid qo‘yilgan maqsad va vazifalar bajarilgan, xulosa va takliflar maʼlum amaliy ahamiyatga ega. Dissertatsiya ishi himoyaga tavsiya qilinishi mumkin, deb hisoblayman.
QAROR QILINDI:
1. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi mutaxassisligi bitiruvchisi Sharipbayeva Gulxayo Marks qizining dissertatsiya ishi shu kunning dolzarb masalalaridan biriga bagʻishlangan, ish oʻz mazmuni, hajmi, amaliy ahamiyati, rasmiylashtirilganlik darajasiga koʻra shu turdagi ishlarga qoʻyilgan talablarga javob beradi deb topilsin va maʼqullansin.
2. Dissertatsiya ishi Davlat Attestatsiya Komissiyasida himoya qilish uchun tavsiya etilsin.
Rais: M.U.Nizomova
Kotib: R.X.Muydinov
|
| |