• KUN TARTIBI: 6.2. Kafedra mustaqil izlanuvchisi, o‘qituvchi Sh.Sh. Shodiyarovnaning 2022 yilda olib borgan yillik ilmiy-tadqiqot ishlari hisoboti.
  • SO‘ZGA CHIQDI: mustaqil izlanuvchisi, o‘qituvchi: Sh.O. Mamayoqubova Ixtisoslik shirfi va nomi
  • Kafedra mudiri do t s. G.F.Boltakulova
  • KAFEDRA YIG ‘ ILISHI QAROR QILADI
  • Kun tartibi




    Download 44 Kb.
    Sana18.04.2024
    Hajmi44 Kb.
    #200061
    Bog'liq
    Кафедра баённомаси 22 y dekabr sh Doniyorova
    Документ Microsoft Word, Amaliy fanlar 2023-2024, Abdurazzoqova Shahlo 6, 1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi (1)

    Samarqand davlat chet tillar instituti
    Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogikasi kafedrasining 2022-yil 9-dekabrdagi
    7-sonli yig‘ilishi bayonnomasidan
    KO‘CHIRMA
    Qatnashdilar: Kafedra Samarqand shahri
    professor-o‘qituvchilari 9-dekabr 2022-yil
    KUN TARTIBI:
    6.2. Kafedra mustaqil izlanuvchisi, o‘qituvchi Sh.Sh. Shodiyarovnaning 2022 yilda olib borgan yillik ilmiy-tadqiqot ishlari hisoboti.
    ESHITILDI: kafedra mudiri dots.G.F.Boltakulova: Hurmatli kafedra a’zolari, bugungi yig‘ilishimizda kafedramizga biriktirilgan, tayanch doktarantlar va mustaqil izlanuvchilarning yillik hisobotlarini tinglab qabul qilishimiz lozim. Hozir navbatni ularga beramiz.
    SO‘ZGA CHIQDI: mustaqil izlanuvchisi, o‘qituvchi: Sh.O. Mamayoqubova
    Ixtisoslik shirfi va nomi: 13.00.01. Pedagogika nazariyasi va ta`limotlar tarixi.
    Ilmiy rahbar: p.f.f.d.(PhD), dotsent D.M.Begmatova
    Dissertatsiya mavzusi: “Оliy ta’lim muassasalari xalqarolashuvida talabalarning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish”.
    2022 o`quv yilinig to’rtta choragi bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
    Dissertasiyaning I va II boblari yozildi va ilmiy rahbar tomonidan ko‘rib chiqildi. Ushbu fasllar asosida maqola tayyorlanib, nashrga berildi.
    Respublikamiz va xorij ilmiy markazlarida o’tadigan ilmiy konferensiyalar haqida ma’lumotlar to’plandi. Rejaga muvofiq Scopusda 1 ta, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 1 ta, xalqaro jurnallarda 2 ta, xalqaro va respublika konferensiyalarida bir nechta maqolalar chop ettirildi.
    Jumladan:

    1. “Oliy ta’lim muassasasi talabalarini xalqarolashuv jarayoni va ta’lim natijalari” Galaxy. International interdisciplinary research journal (CIIRJ) Хиндистон. ISSN: 2347-6915. 2021

    2. International proses os students of higher education institutions and educational results. ISSN E: 2347-6915 Vol.9, Issue 12, Dec. (2021).

    3. “Oliy ta’lim talaba yoshlarini xalqarolashuv jarayoni”. Analytical journal of education and development. ISSN -2181-2608, Impact factor-8.2. 2022.

    4. “Bolalarni maktabga tayyorlashda oila, mahalla MTT hamkorligini takomilllashtirish. “O’zbekistonda va xorijda maktabgacha ta’lim”: Kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman JDP,Jizzax 2022

    Shu bilan birgalikda:
    Ikkinchi chet tili (Ingliz tili) bo’yicha malakaviy imtihon topshirildi (76 ball) va sertifikat olindi.
    Qo’shimcha imtixonlar: “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (72 ball), “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat” (74 ball), “Pedagogik tadqiqot metadologiyasi” (72 ball), “Pedagogika nazariyasi va tarixi” (73 ball) bo’yicha imtihon topshirildi va sertifikat olindi.
    Bajarilgan ishlar yakka tartibdagi ish rejaga to’liq mos keladi. Doniyorova Shohista Shodiyarovna faoliyatining 2022-yildagi ikkinchi yillikning yakka tartibdagi ish rejasi bo‘yicha belgilangan vazifalari bajarildi.


    Kafedra mudiri dots. G.F.Boltakulova: Kimda savol bo`lmsa berishlaringiz mumkin marhamat.
    SO‘ZGA CHIQDI: katta o’qituvchi N.K.Daminova: Tadqiqot ishingiz davomida qanday vazifalar bajarilishi ko’zda tutilgan?
    Sh.Sh.Doniyorova: Savolingiz uchun raxmat. Tadqiqot ishimiz davomida quyidagi vazifalar bajarilishi belgilangan: oliy ta’lim muassasalari xalqarolashuvida talabalarning pedagogik shart sharoitlari bo’yicha mavjud yondashuvlar tahlili asosida xalqarolashuv darajalarini aniqlash; oliy ta’lim muassasalari xalqarolashuvida talabalarning pedagogik shart sharoitlari bo’yicha mavjud yondashuvlar tahlili asosida xalqarolashuvning tarixiy rivojlanishi, xalqarolashuvning tendensiyalarini yoritish rivojlantirishning mezonlarini aniqlash.
    Kafedra mudiri dots. G.F.Boltakulova: Yana savollaringiz bormi? Agar savollaringiz bo‘lmasa, men Sh.Sh.Doniyorova haqida o‘zimni fikrlarimni bildirsam. Sh.Sh.Doniyorova bir necha yillardan buyon institutimizda faoliyat yuritib kelmoqda. Shu pedagogik faoliyati davomida u kishini professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi o‘rtasida o‘z obro‘siga ega bo‘lgan shaxs sifatida baholash mumkin.
    KAFEDRA YIGILISHI QAROR QILADI:
    6.2. Mustaqil izlanuvchi, o‘qituvchi Sh.Sh.Doniyorova ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisoboti qoniqarli deb hisoblansin.


    Kafedra mudiri: dots. G.F.Boltakulova


    Kotiba: Yu.Sodiqova
    Download 44 Kb.




    Download 44 Kb.