|
Dtpi tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 6mm-20-guruh talabasi xujamqulov eldor
|
Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 66,49 Kb. | | #254898 |
Bog'liq Ta’minot jarayoni auditi Ozodbek Ta’minot jarayoni auditi - REJA:
- Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
- Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Auditorlik tekshiruvlarini yuqori sifatda o’tkazish maqsadida, auditor mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar auditining dasturini tayѐrlash uchun ichki nazorat vositalari mavjudligini tekshirishi va ushbu vositalarni samaradorlik nuqtai nazaridan baholashi lozim. Auditorlik tekshiruvida ta’minot jaraѐniga xos bo’lgan ichki nazorat vositalarining samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat:
1) ichki nazorat vositalarini dastlabki o’rganish;
2) ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazishni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun ulardan har birining ishonchliligini dastlabki baholash;
3) testdan o’tkazish natijalari asosida ichki nazorat vositalarining ishonchliligini yakuniy baholash.
Ta’minot jaraѐni ichki nazorat vositalarini o’rganib chiqish va ularning ishonchliligini baholashning ikkinchi va uchinchi bosqichlariga o’tish, ichki nazorat vositalarini testdan o’tkazish ehtimoli to’g’risida qaror qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat:
moddiy qiymatliklarni sotib olishga taalluqli bitimlarning katta jmi;
uchinchi tomon ishlab chiqqan va xizmat ko’rsatadigan dasturiy ta’minotdan foydalanuvchi buxgalteriya hisobining kompyuterlashgan tizimi
moddiy qiymatliklar sotib olishga tender e’lon qilish, buyurtma berish, ularni qabul qilish, hisobini yuritish va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun mas’ul bo’lgan shaxslar o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash
lavozim yo’riqnomalarida nazarda tutilgan xo’jalik operatsiyalarini bajarish tartibi buzilgan hollarda, xususan, ular uchun tasdiqlangan buyurtma mavjud bo’lmagan moddiy qiymatliklar kelib tushgan taqdirda mustaqil nazorat vositalarining mavjudligi. Bunday holat sabablarini aniqlash to’lovlarga ruxsat beruvchi shaxslar va etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobini yuritish schѐtlarini solishtiruvchi shaxslardan qat’i nazar amalga oshirilishi lozim
bitimlarga o’z vaqtida va to’g’ri ishlov berilishi va axborotning saqlanishini nazorat qilishning samarali usullari.
2.Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. Shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:
olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish.
Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, auditor mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi
-analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi;
-analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga qo’shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish)yo’li bilan tasdiqlanadi.
-auditor dastavval mahsulot etkazib berish shartnomalari va ish bajarish va xizmat ko’rsatish uchun boshqa xo’jalik shartnomalarining mavjudligi, hamda shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Sharnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari nazorat qilinadi:
hisob-kitoblar bo’yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o’tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar yo’qligi.
Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish materiallarini tekshirish mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini baholashda muhim ahamiyatga egadir.
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tekshiriladi:
-dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
E‘TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
|
| |