Dunyo miqyosida sanoatda, shaharsozlikda, qurilishda va xalq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni juda tez rivojlanishi insonning Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ga juda katta tasir ko‘rsatmoqda




Download 13,27 Kb.
Sana16.09.2024
Hajmi13,27 Kb.
#271297
Bog'liq
1-maruza


Kirish
Dunyo miqyosida sanoatda, shaharsozlikda, qurilishda va xalq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni juda tez rivojlanishi insonning Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ga juda katta tasir ko‘rsatmoqda. Texnologiyalarning yangilanish avvalidan ularni insonga ta’sir darajasini yo‘q qilish yoki ruxsat etilgan darajada bo‘lishini ta’minlash va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim dasturi yaratib talabalarni va mutaxassislarni o‘qitish Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik fanining asosiy talabidir.Mazkur fanni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalarga ishlab chiqarishda tabiiy va texnogen sabablarga ko‘ra ishchilarning sog‘lig‘ini, mehnat qilish qobiliyatlarini saqlash, shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini olish va bu sohadagi qonunchilik asoslarini, shuningdek bo‘lajak mutaxassislarni ish faoliyatida va umuman hayotda xavfsiz va sog‘lom faoliyati sharoitlarini yaratish. Ularning zamonaviy texnika taraqqiyoti darajalarinibaholashga o‘rgatish va taraqqiy etgan texnologik jarayonlarni atrofmuhit bilan muvozanatda bo‘lish qoidalariga o‘rgatish, zamonaviy talablar bo‘yicha chiqindisiz ish joylarini tashkil qilish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini bajarish, shuningdek, tabiiy ofatlar va fuqarolar himoyasi masalalaribo‘yicha mustaqil echimlarni topishga o‘rgatish. Talabalarni aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining talablari. SHuningdek Favqulodda vaziyatlar va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari farmoyishlari, ko‘rsatmalari, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishiga o‘rgatishni tashkil etish uslubiyotlari bilan tanishtirish. Ushbu fanni o‘qitish jarayonida, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda kompyuter va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘zda tutilgan. Fan xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, kasb kasalligi va baxtsiz hodisalarning oldini olishni o‘rgatishini inobatga olgan holda uni o‘qitish dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
Download 13,27 Kb.




Download 13,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo miqyosida sanoatda, shaharsozlikda, qurilishda va xalq xo‘jaligida yangi texnologiyalarni juda tez rivojlanishi insonning Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik ga juda katta tasir ko‘rsatmoqda

Download 13,27 Kb.