|
E-hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari
|
bet | 2/3 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 31,3 Kb. | | #252338 |
Bog'liq 3-mavzu 3.2 E-hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari.
Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.
Qоnundа еlеktrоn hukumаt sоhаsini dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish nоrmаlаri bеlgilаngаn. Ungа kо‘rа, Vаzirlаr Mаhkаmаsigа еlеktrоn hukumаt soxasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu soxadagi davlat dasturlarini tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklangan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat soxasidagi vakolatli organ sifatida elektron hukumat prinsiplariga muvofiq elektron hukumat soxasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Davlat organlarining elektron Hukumat soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Davlat organlari esa elektron hukumat soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadilar, axborot resurslari va tizimlarini, shuningdek, elektron davlat xizmatlarini joriy qilish, rivojlantirish va integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Qonunga muvofiq foydalanuvchilar davlat organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishlari yoki ularga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin. Qonunda ushbu elektron davlat xizmatlari turlariga talablar, ulardan foydalanish uchun so‘rovlar yuborish tartibi, foydalanuvchilarning huquqlari belgilab berilgan.
Qonunda belgilanganidek, axborot davlat xizmati aholining axborotga bo‘lgan extiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunda davlat organlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib boradi.
Interaktiv davlat xizmatining joriy qilinishi esa, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qonunda elektron davlat xizmatlarining sifatini baxolash tartibi hamda baholash natijalarini xisobga olgan holda davlat organlarining elektron davlat xizmatlarining sifatini oshirish choralarini ko‘rish uchun majburligi belgilangan. Bu esa davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirish prinsipiga mos keladi.
Qonunning ko‘chga kirishi orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchidan, mamlakatimizda "Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirishning qonuniy asoslari yaratilib, ushbu tizimni shakllantirish, to‘laqonli ishlashini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga zamin yaratiladi;
Ikkinchidan, mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan demokratik bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan taqiqlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash kabi vazifalar ijrosi ta’minlanishiga asos bo‘ladi;
Uchinchidan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, jumladan boshqaruv va ma’muriy ish unumdorligi oshib, ularning jamiyat oldidagi xisobdorligi, ochiqligi ta’minlanadi. Pirovardida xalqning davlat organlariga ishonchi yanada ortadi.
To‘rtinchidan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xizmatlari sifati va ulardan foydalanish qulayliklari oshadi. Binobarin, davlat organlari faoliyatiga innovatsiya g‘oyalari izchil joriy qilinadi, biznes soxasi, xujjat aylanish mexanizmlari takomillashtiriladi, fuqarolarga uyi yoki ish xonasidan turib elektron shaklda murojaat qilish, ma’lumotnoma va boshqa xujjatlarni olish yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatini beradigan interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
"Elektron hukumat to‘g‘risida»gi Qonunning kuchga kirishi yuqorida sanab o‘tilgan natijalar bilan birgalikda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yo‘li bilan chet el investorlarini jalb qilishga, xalq farovonligini, yurt ravnaqini yanada oshirishga, mamlakatimizda barqkapop iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qiladi hamda xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |