• 3.1 “E-hukumat” tizimini rivojlantirish.
  • “Е-hukumаt” tizimini rivоjlаntirishning mе’yоriy-huquqiy аsоslаri




    Download 31,3 Kb.
    bet1/3
    Sana24.05.2024
    Hajmi31,3 Kb.
    #252338
      1   2   3
    Bog'liq
    3-mavzu

    Е-hukumаt” tizimini rivоjlаntirishning mе’yоriy-huquqiy аsоslаri.


    Rеjа:

      1. “Е-hukumаt” tizimini rivоjlаntirish.

      2. Е-hukumаt” tizimini rivоjlаntirishning mе’yоriy-huquqiy аsоslаri.

      3. Еlеktrоn hukumаt jоriy еtishning jаxоn tаjribаsi.



    3.1 “E-hukumat” tizimini rivojlantirish.


    Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektron hukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustaxkamlash maqsadida "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, "Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, "Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, "Elektron xujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, "Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi, "Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2013 yil 1‑iyulda joriy qilingan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qanchadan-qancha aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiluvchi 267 dan ortiq interaktiv davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatila boshlandi. Ushbu xizmatlar ahamiyatini o‘tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tomonidan portalga 564 ming murojaat qilinganidan ham ko‘rishimiz mumkin.
    Ta’lim, bank-moliya, bojxona, soliq va sud-huquq tizimlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi bugungi kunda yuqori sаmаrа bеrmоqdа. Еlеktrоn hukumаt ishtirоkchilаrining munоsаbаtlаrini tаrtibgа soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko‘rsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan ma’lumot bazalarini to‘liq shakllantirish, davlat organlarining o‘z ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda "bir darcha» tamoyilidan to‘liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron hukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
    Mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ko‘zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi.
    Qonun 5 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda uning maqsadi va vazifalari, asosiy tushunchalari, elektron hukumatning asosiy prinsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga qo‘yiladigan talablarga oid normalar belgilangan. Shuningdek, Qonunda elektron hukumat infratuzilmasi, bu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining elektron hukumat doirasidagi o‘zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solingan.
    Elektron hukumat, davlat xizmati, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron davlat xizmati, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron hukumatning yagona identifikatorlari kabi tushunchalar qonunchilikka ilk bor kiritilmoqda va ularga tegishli ta’rif berilmoqda. Qonunda elektron hukumat tizimining asosiy prinsiplari mustaxkamlangan. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, "bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi prinsiplar shular jumlasidandir.



    Download 31,3 Kb.
      1   2   3




    Download 31,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Е-hukumаt” tizimini rivоjlаntirishning mе’yоriy-huquqiy аsоslаri

    Download 31,3 Kb.