Ehm larning rivojlanish tarixi va avlodlari




Download 20.83 Kb.
bet1/5
Sana25.03.2024
Hajmi20.83 Kb.
#177186
  1   2   3   4   5
Bog'liq
EHM larning rivojlanish tarixi va avlodlari
INTERNET TARMOG‘I VA UNING HOZIRGI, obyektivka, MATCHANOVA MUXAYYO RASULJON QIZI QAYD VARAQA (1), a

EHM larning rivojlanish tarixi va avlodlari
Informatsiya, axborot yoki ma’lumot kabi tushunchalar bizga kundalik hayotimizda tanish bo‘lishiga qaramasdan, informatsiya tushunchasining qat’iy ta’rifi mavjud emas. Biror o‘rganilayotgan jonli yoki jonsiz obyekt to‘g‘risidagi yig‘ilgan og‘zaki, yozma (matn, jadval, rasm-chizma, sxema) yoki boshqa turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar (axborotlar) yoki berilgan to‘plamni, biz odatda informatsiya deb qabul qilamiz. XX asr o‘rtalariga kelib, bu tushuncha keng ma’noda tushiniladigan «Informatsiya» so‘ziga aylandi. Informatsiya so‘zi bilan planetalar bo‘ylab jo‘natiladigan signallardan tortib, to o‘simlik va hayvonot olami va hattoki, inson organizmining eng kichik tuzilmalari ? genlarida saqlanadigan ma’lumotlar ham ifodalanadi. Lekin, har qanday ma’lumotlar to‘plami obyekt to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaydi va shu bilan birgalikda yig‘ilgan ma’lumotni tahlil qilish uchun maxsus usullar va texnik qurilmalar zarur bo‘lishi ham mumkin. 
Informatsiya bu bizni o‘rab turgan moddiy olamning obyektlari, voqea-hodisalari, jarayonlar va ularning o‘zaro ta’siri, rivojlanishi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar to‘plamining inson tomonidan, uning sezish organlari yoki yordamchi texnik vositalar yordamida anglanishi, o‘rganilishi natijasida hosil bo‘lgan xulosa va ma’lumotlardir.
Informatsiya odatda uzluksiz (analog) va raqamli (diskret) ko‘rinishlarda bo‘ladi. Uzluksiz informatsiyaga misol sifatida odam tovushini, musiqa asarini, raqamli signalga esa, 0 va 1 sonlar kombinatsiyalari orqali ifodalangan uzlukli ma’lumotlarni keltirish mumkin. 
Informatika ? bu fransuzcha Informatique so‘zi bo‘lib, Information (Informatsiya) vaAvtomatique (Avtomatika) so‘zlaridan tashkil topgan va informatsiya yig‘ishni, qayta ishlashni, uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshirishni o‘rganishga bag‘ishlangan fandir. Bu fan G‘arbiy Yevropa davlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Yevropa davlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o‘rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir.
Ikkinchi muhim tushinchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, «texnologiya» so‘zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «informatsiya» qaraladi va u kompyuter-programma va qo‘shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi.
Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo‘lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-programma vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. 
Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business Machine Corporation) kompyuterlari yetakchi o‘rin tutadi. 
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning quyidagi bir necha muhim davrlarni o‘z ichiga olishini ko‘rish mumkin:

  1. ibtidoiy hisoblash vositalari va hisob cho‘tlar davri;

  2. mexanik mashinalar davri;

  3. elektro-mexanik mashinalar davri;

  4. elektron hisoblash mashinalari davri.


Download 20.83 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 20.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ehm larning rivojlanish tarixi va avlodlari

Download 20.83 Kb.