|
Oʼsimlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
|
bet | 4/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 52,05 Kb. | | #155631 |
Bog'liq SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия) - 3 Oʼsimlik va hayvonlardagi mavsumiy uzgarishlar
- Oʼsimlik va hayvonlarning oʼsishi hamda rivojlanishida Fotodavriylikning roli. Muhit sharoitining davriy oʼzgarishi natijasida oʼsimliklar va hayvonlarning fiziologik holatida yil boʼyicha katta oʼzgarishlar roʼy beradi. Аgar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud boʼlishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib boʼlsa, individlar nobud boʼladi.
- Kishga tayyorgarlikdagi biologik jarayonlar yozda — havo va tuproqda harorat hali baland boʼlganida boshlanadi.
- Tirik organizmlardagi mavsumiy sikllarning boshqarilishida kun uzunligining oʼzgarishi ham muhim ahamiyatga ega.Kun uzunligining jonli organizmlarga koʼrsatadigan taʼsiri Fotodavriylik deyiladi. Uning hosil boʼlishi kuchli yorugʼlik bilan taʼminlanishiga emas, balki sutkada kunduzning kechasi bilan almashib turish ritmiga bogʼliqdir.
Tirik organizmlarning fotodavriy ravishda taʼsirlanishi ularning noqulay sharoitlar taʼsiriga moslanishi katta ahamiyatga egadir. Sutka davomida sunʼiy yoritilgan yoki kun uzunligi 15 soatdan oshgan joydagi qayin oʼsimligining urugʼ koʼchatlari uzluksiz oʼsadi va bargini toʼkmaydi. Аmmo sutkasiga 10—12 soat yoritilganda, bu koʼchatlarning oʼsishi hatto yozda ham toʼxtab qoladi va tez orada bargini ham toʼkadi. Kuzning qisqa kuni taʼsirida asta-sekin qishki tinim davriga oʼtadi. Barg toʼkadigan aksari daraxtlar: tol, oq akatsiya, eman va qoraqayin uzun kunda doimo yashil turadi. - Tirik organizmlarning fotodavriy ravishda taʼsirlanishi ularning noqulay sharoitlar taʼsiriga moslanishi katta ahamiyatga egadir. Sutka davomida sunʼiy yoritilgan yoki kun uzunligi 15 soatdan oshgan joydagi qayin oʼsimligining urugʼ koʼchatlari uzluksiz oʼsadi va bargini toʼkmaydi. Аmmo sutkasiga 10—12 soat yoritilganda, bu koʼchatlarning oʼsishi hatto yozda ham toʼxtab qoladi va tez orada bargini ham toʼkadi. Kuzning qisqa kuni taʼsirida asta-sekin qishki tinim davriga oʼtadi. Barg toʼkadigan aksari daraxtlar: tol, oq akatsiya, eman va qoraqayin uzun kunda doimo yashil turadi.
|
| |