|
Atmosfera va uning tuzulishi
|
bet | 2/6 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 183,93 Kb. | | #240584 |
Bog'liq 2.Ekalogiya mustaqil ishi2 14-variant ekalogik va xalqaro hamkorlikAtmosfera va uning tuzulishi
Yer kurrаsi hаvо qоplаmi аtmоsfеrа dеyilаdi. Аtmоsfеrа Yerning himоya qаtlаmi bolib, tirik оrgаnizmlаrni turli ultrаbinаfshа nurlаrdаn, kоsmоsdаn tushаdigаn mеtеоritlаrning zаrrаchаlаridаn аsrаydi. Аtmоsfеrа Yer sаthining issiqlik tаrkibini bir mаrоmdа sаqlаydi. Atmоsfеrа bo‟lmаgаndа yеrdа kеchqurun -100°S sоvuq, kunduzi +100°S issiq bo‟lаrdi. Yerdа hаyot mаvjudligining аsоsiy shаrti аtmоsfеrаning mаvjudligidir. Atmosfera Yer yuzasidan 3000 km gacha bo`lgan qismni o`z ichiga oladi.
Yerning yuza qismidagi havo qobig‘ida azot 78.09 %, kislorod 20.94 %, argon 0.93 %, karbonat angidrid 0.03 % ni tashkil etadi. Boshqa gazlar esa (kripton Kr, ksenon Xe, neon Ne, geliy He, vodorod H2, ozon O3, radon Rn, metan CH4, ammiak NH3, vodorod peroksidi H2O2, va boshqalar), taxminan 0,01 % ni tashkil etadi (3-shakl). Havoda doim 3-4 % suv bug‘lari ham mavjud. Yuqoridagi tarkibning buzilishi, karbonat angidrid miqdorining ortishi va kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar kо‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi. Odam ovqatsiz 5 hafta, suvsiz 5 kun, havosiz 5 daqiqa yashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari uchun nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi.
Atmosferanign tuzilishi:
1. Troposfera – 10-15 km
2. Stratosfera – 50 km
3. Mezosfera – 50-80 km
4. Ionosfera – (80) 100-160 km
5. Termosfera – 300 km
6. Ekzosfera – 500-700 kmdan yuqori
Atmosferaning tuzilish sxemasi:
1000 – Qutb yogʻdusining Quyosh yoritadigan chegarasi.
700 – Ionlar maksimal konsentratsiyamning balandligi (Gʻ2 qatlam).
320 – Ionlar maksimal konsentratsiyasining sathi (Gʻ qatlam).
10 – Meteorlarning yona boshlash sathi.
90 – Kislorod molekulasining atomlarga parchalana boshlash sathi.
82 – Kumushsimon bulutlar balandligi.
75 – Ionlar maksimal konsentratsiyasining balandligi (Dqatlam).
65 – Koʻpchilik meteorlarning soʻnish sathi.
55 – Qutb yogʻdusining pastki chegarasi.
45 – Tovushning eng kuchli qaytish sathi.
27 – Sadafsimon bulutlar balandligi.
11 – 100 km dan pastdagi havo tarkibi.
|
| |