Ekologiya (qadimgi yunoncha: οἶκος „uy", „turar joy") organizmdan har XIL darajada yuqori turadigan sistemalar




Download 24,38 Kb.
Sana30.05.2024
Hajmi24,38 Kb.
#257681
Bog'liq
Ekologiya


Ekologiya (qadimgi yunoncha: οἶκος — „uy“, „turar joy“) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biologiya fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi.
Umumiy ekologiya organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar ekologiyasi, biotsenologiya, ekosistemalar ekologiyasi kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalarining strukturasi va miqdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar ekologiyasi) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Xususiy ekologiya muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (masalan, hasharotlar ekologiyasi). Baʼzan xususiy ekologiyaga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari ekologiyasi — agroekologiya; oʻsimliklar hamjamoalari ekologiyasi — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari ekologiyasini oʻrganadigan gidrobiologiya ham ekologiyaning bir qismi hisoblanadi. Ekologiya autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrganadigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.
„Ekologiya“ terminini 1866-yil nemis olimi ekologiya E. Gekkel organizmlarning atrof muhit bilan munosabatlarini belgilash uchun taklif etgan. Ekologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishi 18—19-asrlarda yashagan naturalistlar va geograflarning ishlari bilan bogʻliq. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida tadqiqotchilar ayrim omillar, ayniqsa, iqlimning organizmlarning tarqalishi va dinamikasiga taʼsir etishiga eʼtibor berishdi. Ayni shu davrda organizmlarning bir butun majmui boʻlgan tabiiy biotsenozlar toʻgʻrisidagi tasavvurlar shakllana boshlaydi. Ekologiya 20-asrning 20—30-yillarida jadal rivojlana boshladi. Bu davrda amerika zoologi Ch.Elton 1930 yilda populyatsiyalar va jamoalarni oʻrganishning asosiy vazifalarini koʻrsatib berdi; italiyalik va amerikalik matematiklar V. Volterra va A. Lotka populyatsiyalarning oʻsishi, oʻzaro taʼsirining matematik modellarini taklif etishdi; rus mikrobiologi G.F. Gauze bu modellarni tajribada sinab koʻradi. Xuddi shu davrda gidrobiologlar tirik organizmlar orqali moddalar va energiya oʻzgarishini miqdoriy jihatdan oʻrganish boshlanadi. Bir-biri va notirik atrof muhit bilan oʻzaro bogʻlangan organizmlar komplekslari toʻgʻrisidagi tasavvurlarning shakllanishi ingliz botanigi A. Tenslining „ekosistema“ (1935) va rus botanigi V.N. Sukachevning „biogeotsenoz“ (1942) tushunchalarining yaratilishi bilan bogʻliq.
20-asrning 50-yillarida umumiy ekologiya shakllanadi. Tadqiqotchilarning asosiy ishlari organizmlar va ular hosil qiladigan sistemalarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga qaratiladi. Ekologiya tadqiqotlarida miqdoriy metodlar keng tarqala boshlaydi; laboratoriya va tabiatda oʻtkaziladigan tajribalar hamda matematik modellashtirishlar keng qoʻllanila boshlanadi.
20-asrning 2-yarmida odamning biosferaga salbiy taʼsiri kuchayishi natijasida ekologik krizisning yuzaga chiqishi va tabiatni muhofaza qilish ishlarini keng miqyosda amalga oshirish zaruriyatining tugʻilishi bilan ekologiyaning amaliy ahamiyati keskin oshib ketdi; koʻpchilik tabiiy fanlarni „ekologiyalashtirish“ boshlandi; ekologiya bilan falsafa, sotsiologiya va boshqalar bir qancha fanlar oʻrtasida uzviy bogʻlanish paydo boʻldi.
Hozirgi davrda sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, transport, qurilish, ilmiy-texnikaviy, demografik muammolarni hal etish hamda tabiiy resurslardan ratsional foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv zarur boʻlib qoldi.
Oʻzbekistonda ekologiyaning rivojlanishi D.N.Kashkarov, A. L. Brodskiy, T. 3. Zohidov va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. D. N. Kashkarov umurtqali hayvonlarni oʻrgangan va birinchi boʻlib, hayvonlar ekologiyasi darsligini yaratgan. A. L. Brodskiy tuproq umurtqasiz hayvonlarini, T. 3. Zohidov Qizilqum umurtqali hayvonlarini ekologik jihatdan tadqiq qilgan. Oʻsimliklar ekologiyasiga oid tadqiqotlar Q.Z.Zokirov, A. M. Muzaffarov, I . I. Granitov va ularning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda.
Bu dunyo murakkab va sirli tuzilgan, mana shu dunyoda yashash esa undanda murakkab. Olamdagi har bir tirik jon, tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog’liqligi qadimdan ma’lum albatta. Antik davrni o’zidayoq ko’plab faylasuflar o’z asarlarida o’simliklar, hayvonlar va boshqa tirik jonzotlar yashashi, hayot tarsi, tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog’liqiligi haqida ma’lumotlar keltirib o’tganlar. Insonlar tabiat bilan uyg’un holda yashagani tufayli, tabiatni o’rganish ularni tabiiy ehtiyojiga aylangan. Bu ehtiyoj tufayli insonlar atrof muhit, o’simliklar va hayvonot olami, tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarni sirli tomonlarini o’rgana boshlagan. Inson ongi, mantiqiy fikr yuritish qobilyati va tafakkuri rivojlangani sari, tabiatdagi hayotning mohiyatini anglab yetish imkoniyati yuzaga kela boshladi.
“Ekologiya’’ terminini fanga kiritishga bo’lgan ilk qadam Nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan qo’yildi. E.Gekkel bu ishni 1866 – yilda bajargan bo’lib, u bu atama haqida shunday fikrlar aytib o’tgan: “Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko’payishi, yashashi, populatsiyasi va jamolarning tarkibi hamda o’zgarishlarini yashash muhitiga bog’liq holda o’rganadi”. Ekologiya o’zi nima u yunoncha “Oikos” – uy, boshpana, “logos”-fan, ta’limot, degan ma’nolarni anglatadi. Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo’limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populyatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolyutsion ekologiya va tarixiy ekologiya. Avvallari biron bir insondan ekologiya haqida so’rasangiz u qisqacha “Atrof – muhit bilan bog’liqlik” deya javob berardi. Bazi insonlar esa mana shu atama haqida esa deyarli ma’lumotga ham ega emas bo’lib chiqardi.
XX asrning 70-yillariga kelib fikrlar o’zgara boshladi. Hozirgi kunga kelib kimdan so’ramang birinchi bo’lib hayoliga kelgan narsa bu ekologik muammolardir. Buni sababi insoniyatni tabiatga aralashuvi me’yoridan oshib ketganligidadir. Bu dunyoda har bir bitta narsani me’yori yaxshi. Bunga amal qilish zarurligi deyarli barchani qiziqtirishi kerak. Hattoki inson uchun zarur bo’lgan kislarodning ham me’yori yaxshi, chunki u kamayib ketsa atmosferada gazlar miqdori oshib ketishiga olib keladi. Agarda kislorod miqdori oshib ketsa yer sirtidagi harorat maksimal darajaga ko’tariladi, sodda qilib aytganda yer mikroto’lqinli pechga aylanadi, odamlar esa uning ichida qovurilayotgan bodirog’larga. Bu esa yakun odamzod uchun intiho. Bu bir misol bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin. Ekologiya muammosi hozirgi kunda global muammoga aylanib ulgurganligiga ko’p bo’ldi. Global isish, Antarktida muzlarini erishi buning oqibatida suv toshqinlarini ko’payishi, azon qatlamini yemirilishi, ko’plab yong’inlar, ichimlik suv zaxirasini tugab borishi v-h., bu shunchaki uchdan biri holos. Bu muammolar insoniyatga tobora ko’proq havf sola boshladi. Buning yechimlarini esa hali hamon kutmoqdamiz. Biz bunga shunchaki ko’z yuma olmaymiz. Albatta ko’plab olimlar bu muammolarni hal etishga urinmoqda, ba’zilarini deyarli hal etishga ham erishishdi. Ammo bu yetarli emas. bu shunchaki muammoni vaqtinchalik muzlatib qo’yishdek gap. Hammasini o’z holiga qaytarish uchun insoniyat o’z taraqqiyotidan voz kechishi kerak. Bir qarashda bu ilojsizdek ko’rinadi, biroq hammasini o’z holiga qaytarishning iloji bor va buni qilsa bo’ladi. Tabiatni asrash har birimizni burchimizdir . Insonlarni lol qoldiradigan uni qalbini tub-tubidan o’rin egallagan go’zallik ham tabiat mo’jizasidir. Odamlarni chinakamiga hayratga sola oladigan va tuyg’ularini jo’shqinlantiradigan mana shu tuyg’ularni kuchaytiradigan ham tabiatdir. Insoniyat tabiat oldida ojizligini barcha anglab yetgan bo’lsa kerak. Garchi vaqt kutib turmasa-da hammasini tog’rilash uchun insoniyat ixtiyorida yetarlicha vaqt bor deb hisoblayman.
„Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoniga asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi negizida tashkil etilgan. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi vazirlik tarkibiga qoʻshilgan. 2023-yil 1-iyunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi etib qayta nomlangan.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raislari
2001-2003 — Sherimbetov X. S.
2003-2009 — Boriy Alixanov (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Boriy_Alixanov)
2009-2013 — Narimon Umarov (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Narimon_Umarov)
2013-2017 — Baxtiyor Abdusamatov (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Baxtiyor_Abdusamatov)
2017-2020 — Bahrom Qoʻchqorov (https://uz.m.wikipedia.org/w/index.php?title=Bahrom_Qo%CA%BBchqorov&action=edit&redlink=1)
2020-2021 — Alisher Maqsudov (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Alisher_Maqsudov)
2021-2022 — Narzullo Oblomurodov
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish.
Atrof muhitning maqbul ekologik holatini, ekologik tizimlarni, tabiiy komplekslarni va alohida obyektlarni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash.
Chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishning samarali tizimini tashkil etish, mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘tkazish, atmosfera havosini muhofaza qilish;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, yagona ekologik resurslarni tejash siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, shuningdek, yovvoyi hayvonlar, yovvoyi o‘simliklar, zoologiya va botanika kollektsiyalarini ko‘paytirish va parvarish qilish uchun pitomniklarni davlat ro‘yxatiga olish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ekologik taʼlim va targ‘ibotni tashkil etish, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.01.2019 yildagi 29-son
Дата вступления в силу 15.01.2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlasin:
1.O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash;
markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning Qo‘mitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuqori professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;
2.markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari nizomlarini tasdiqlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
29-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi deb ataladi), uning tarkibiy bo‘linmalarining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquq va javobgarliklarini belgilaydi.
2. Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.


7. Davlat ekologiya qo‘mitasining rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
-to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, qisqartmasi — Davlat ekologiya qo‘mitasi;
b) rus tilida:
- to‘liq nomi — Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po ekologii i oxrane okrujayuщey sredi, qisqartmasi — Goskomekologii;
v) ingliz tilida:
- to‘liq nomi — The State Committee of the Republic of Uzbekistan for Ecology and Environment Protection, qisqartmasi — Committee for Ecology of the Republic of Uzbekistan.
8. Davlat ekologiya qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7a-uy.
2-bob. Davlat ekologiya qo‘mitasining tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
- Davlat ekologiya qo‘mitasining markaziy apparati;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda ularning tuman (shahar) bo‘limlari;
- Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi;
- Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning filiallari;
- Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazlari va ularning filiallari;
- Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
- Ekologik axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va multimedia markazi;
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti;
- “Eko-energiya” ilmiy tatbiq etish markazi”;
- Hisor davlat qo‘riqxonasi;
- Zomin davlat qo‘riqxonasi;
- Surxon davlat qo‘riqxonasi;
- Nurota davlat qo‘riqxonasi;
- Qizilqum davlat qo‘riqxonasi;
- “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi;
- Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi;
- “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi;
- “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i;
- Xorazm milliy tabiat bog‘i;
- “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i;
- “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘i;
- “Borsa-kelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi;
- “Sayxun” davlat buyurtma qo‘riqxonasi;
- “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi;
- Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati;
- “Jayron” Buxoro ixtisoslashtirilgan pitomnigi;
- Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
- Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va uning hududiy filiallari;
(9-band yigirma to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori ( tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” DUK, ularning tuman (shahar)lardagi filiallari.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993272)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
3-bob. Davlat ekologiya qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari

10. Davlat ekologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


- ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash;
- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish;
- atmosfera havosi, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish;
- o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash, qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yo‘nalishini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish, ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’lim tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashish;
- atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktika o‘tkazish;
- atrof muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga uslubiy yordam ko‘rsatish va ko‘maklashish, fuqarolarning qulay atrof muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993272)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
- 11. Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi (https://lex.uz/ru/docs/-4160321?ONDATE=15.01.2019%2000#-6041813) tahrirga qarang.
a) ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
(11-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-maydagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993272)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
- hayvonot va o‘simlik dunyosidan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, atmosfera havosi hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
- atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
- resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz innovatsion texnologiyalarni hamma erda va keng miqyosda joriy etishni rag‘batlantirish, shuningdek, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlaydigan xo‘jalik faoliyatining atrof muhitga noxush ta’sirini kamaytirish va uning oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
- atrof muhitning holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi va uzoq muddatli dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritadi.

Oldingi (https://lex.uz/ru/docs/-4160321?ONDATE=15.01.2019%2000#-6041819) tahrirga qarang.


- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlaydi;
- atrof muhitga ta’sir omillarini hisobga olish, uning holatini tahlil qilish, baholash, atrof muhit holatini prognoz qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun davlat hamda idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
- yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshoatlarini qabul qilib olish hamda ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida, shuningdek, barcha turdagi qurilishlar uchun yer ajratishga doir materiallarni kelishishda qatnashadi;
- davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasida normativ hamda metrologik ta’minlash, standartlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etadi;
- ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishida yangi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqishni amalga oshiradi;
- tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
- ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida atrof muhit holatini modellashtirish va prognoz qilishni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni olib boradi;
- tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik jihatdan ta’minlash borasida ish olib boradi, atrof muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha metodik rahbarlikni amalga oshiradi.
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/-http://cli.lex.uz/ld/lps/doc/5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993272)asosan oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Oldingi (https://lex.uz/ru/docs/-4160321?ONDATE=15.01.2019%2000#-6041876) tahrirga qarang.
- b) atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini ta’minlash sohasida:
(11-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993338)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
- atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishadi;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi;
- qonunchilikda belgilangan tartibda aholini atrof muhitning holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga doir ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
- “Toza hudud”, “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” davlat korxonasi, shuningdek, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatida chiqindi to‘plash shoxobchalarini ishga tushirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
- chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning ishlab chiqishni tashkillashtiradi.

Oldingi (https://lex.uz/ru/docs/-4160321?ONDATE=15.01.2019%2000#-6041927) tahrirga qarang.


v) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini olib borish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida davlat va xususiy sherikchilikni faol jalb qilgan holda tizimni tashkil etish sohasida:
(11-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993338)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shahar va tumanlardagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati yuzasidan chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etishi bo‘yicha davlat nazoratini ta’minlaydi;
- chiqindi to‘plash shoxobchalarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ruxsat etilmagan chiqindixonalarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, poligonlarni boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilishni belgilangan tartibda nazoratga olishni tashkil etadi;
- chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda yordam ko‘rsatadi;
- davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi ruxsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikni tashkillashtiradi;
- chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib boradi;
Oldingi (https://lex.uz/ru/docs/-4160321?ONDATE=15.01.2019%2000#-6041965) tahrirga qarang.
g) atmosfera havosi, er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazorati sohasida:
(11-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori (https://lex.uz/ru/docs/-5991802?ONDATE=30.04.2022%2000#-5993338)tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
1) ekologik tizimlar, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, shuningdek, atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, o‘simlik dunyosi (shu jumladan o‘rmonlar), hayvonot dunyosi, ularning yashash muhitining va biologik suv obyektlarining holati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
2) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini, shu jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
- ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlashning va oqizishning, chiqindilar hosil bo‘lishi va joylashtirilishining belgilangan ekologik normativlariga, shuningdek, bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni, oqizishni va chiqindilarni belgilangan normativlargacha kamaytirishga doir kelishilgan tadbirlar;
- yangi va qayta tashkil etilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik xavfsizlik talablari;
- yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini o‘tkazish, qazilma chiqindixonalari, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumi va chiqindixonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chog‘ida atrof muhitni ifloslanishdan, bulg‘anishdan va kamayishdan muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish.

- o‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral o‘g‘itlarni, boshqa kimyoviy moddalar va preparatlarni tashish, saqlash va qo‘llash chog‘ida atrof muhitni muhofaza qilish;


- keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish qoidalari;
- ovchilik va baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni qayta tiklash, baliqchilikni rag‘batlantirish qoidalari;
- suvni muhofaza qilish obyektlarini, suv xo‘jaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari;
- atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va rejalarining ishlab chiqilishi va bajarilishini amalga oshirish;
- suv resurslaridan foydalanish, suvdan foydalanishning belgilangan me’yorlari, qoidalari va tartibotiga rioya etish, yer usti va yer osti suvlarini ifloslanish, bulg‘anish va qurib qolishdan muhofaza qilish, shuningdek, suv obyektlarining qirg‘oq bo‘ylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish;
- yer uchastkalari egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan tuproqni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
- vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa ta’sirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
- o‘rmon resurslari, qimmatli tabiiy landshaftlar, shuningdek, o‘rmon o‘simliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya funksiyalarini ta’minlash;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ifloslangan va boshqa zararli ta’sirlarga uchragan atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi yagona respublika ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
4) atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo‘l qo‘yiladigan normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini undiradi;
6) davlat dasturlari, konsepsiyalari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari; barcha turdagi qurilishlarga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi texnik reglamentlar, ekologik normativlar loyihalari; texnikalar, texnologiyalar, materiallar, moddalar va mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holati va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus huquqiy rejimli obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi.
Download 24,38 Kb.




Download 24,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologiya (qadimgi yunoncha: οἶκος „uy", „turar joy") organizmdan har XIL darajada yuqori turadigan sistemalar

Download 24,38 Kb.