• Kompensatsion to’lov hisobotlarini elektron bazaga kiritish jarayoni
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi




    Download 6,08 Mb.
    bet2/3
    Sana06.06.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #260994
    1   2   3
    Bog'liq
    Amaliyot hisoboti — копия

    Boshqarma 7 ta bo’limdan iborat:
    1.Atmosfera havosini muhofaza va nazorat qilish inspeksiyasi.
    2.Suv va suv obyektlarini muhofaza va nazorat qilish inspeksiyasi.
    3.Yer va yer osti boyliklari va chiqindilar bilan bog’liq masalalarni nazorat qilish inspeksiyasi.
    4. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va undan foydalanish bo’limi.
    5. Analitik nazorat inspeksiyasi.
    6.Ekologik ekspertiza bo’limi.
    7. Chiqindilar bilan ishlash.

    Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi 18-19aprel 2022-yil Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish shahar boshqarmasida ishlab chiqarish amaliyotimizni o’tqazish bo’yicha biriktirilgan rahbarlar bilan birga boshqarma to’g’risida ma’lumot oldik. Boshqarmada ma’lum bo’lishicha 7 ta bo’lim mavjud bo’lib ular quyidagilar;
    1.Atmosfera havosini muhofaza va nazorat qilish inspeksiyasi.
    2.Suv va suv obyektlarini muhofaza va nazorat qilish inspeksiyasi.
    3.Yer va yer osti boyliklari va chiqindilar bilan bog’liq masalalarni nazorat qilish inspeksiyasi.
    4. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va undan foydalanish bo’limi.
    5. Analitik nazorat inspeksiyasi.
    6.Ekologik ekspertiza bo’limi.
    7. Chiqindilar bilan ishlash.
    Korxonalarning kompensatsiya to’lovlarini xisoblash formulasi
    20-21-aprel Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish shahar boshqarmasi kompensatsiya bo’limining faoliyati bilan yaqindan tanishib kerakli xujjatlar bilan tanishdik, bo’lim korxonalarning atrof muhitga yetkazgan zarari va undan foydalanganligi uchun davlat byudjetiga ma’lum miqdorda to’lovlarni amalga oshirishini nazorat qiladi. Buning uchun korxonalar o’zlarining toifasiga binoan har kvartal yoki yillik xisobot topshirib turishadi.
    Korxonalarni kategoriyaga ajratish
    2021-yil uchun xisobot topshirgan Toshkent shahrida mavjud barcha korxonalarni toifa bo’yicha ajratib chiqdik, ularni joylashgan manzili bo’yicha tumanlarga qarab alohida fayl papkalarga yig’dim. Korxonalar xavflilik darajasiga qarab 4 ta kategoriyaga bo’linadi, 1-2 kategoriyaga mansub korxonalar xavflilik darajasi yuqori sanaladigan, 3-4 kategoriyaga mansub korxonalar esa xavflilik darajasi past bo’lgan korxonalar qatoriga kiradi.
    Korxonalar bilan bog’lanish
    22-aprel Toshkent shahrida faoliayat olib boradigan korxonalar bilan bog’lanib ularni o’tgan 2021-yil uchun xisobot topshirishlarini eslatib suhbat o’tqazdik. Ba’zi bir korxonalarning manzillari va telefon nomerlari o’zgarganligi sabab ularni topish ozgina qiyinchilik tug’dirdi, ammo shunday bo’lsada berilgan vazifani bajarishga harakat qildik. Ayrim korxonalarning faoliyati to’xtatilganligi bois boshqarmaga xat bilan chiqib ma’lumot berishlarini tayinladik.

    2020-yilda xisobot topshirmagan korxonalarni aniqlash


    25-26-aprel Toshkent shahrida joylashgan barcha turdagi ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ulgurji savdo bilan shug’illanuvchi katta kichik firmalar qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi zavod fabrikalar va boshqa toifadagi korxonalarning 2020-yildagi xisobotlarini tekshirib chiqdik. Agarda ularning oralaridan birontasi ushbu yilda boshqarmaga kelib yoki joylashgan hududidagi tuman inspeksiyasiga borib xisobot topshirmagan bo’lsa ularni ogohlantirib eslariga solib qo’ydik.

    Korxona buxgalterlari yoki ekolog xodimi bilan suhbatlashib ularga to’liq va batafsil ma’lumot berdik.
    2020-2021-yillarda qabul qilingan xisobotlarni o’rganib chiqdik. Ayrim hollarda shunday vaziyatlar ham bo’lyaptiki ba’zi bir korxonalar, xizmat ko’rsatish tashkilotlari va ugurji savdo bilan shug’illanadigan kichik yuridik tadbirkorlik subektlari faqatgina bank orqali to’lov qilishgan holos, kelib hisobot topshirmaganlar. Kamdan kam hollarda avans pullari ham chiqib qolyapti yani depozitga ega, lekin to’lovlarni o’z voxtida to’lamasdan jarima qilinganlar ham yoq emas.
    Qarzdorligi bor yoki umuman kelmagan korxonalarni aniqlash jarayoni
    18355 ta korxonaning xisobotlarini birma bir qarab hujjatlarini to’g’irlab qo’ydik, xisobotlarini o’z voxtida topshirib kelayotgan korxonalar bilan aloqaga chiqib 2021-yil 4-kvartal uchun kelib ma’lumot berib ketishlari to’g’risida ogohlantirdik.
    27-28-aprel Toshkent shahridagi barcha kategoriyaga mansub bo’lgan korxonalarni xisobot uchun qayta chaqirdik. Ularni avvalgi o’tgan kunlarda ham bir marta ogohlantirganimga qaramasdan ko’pchilik korxonalar be’etibor bo’lishmoqda, aslida bu ular uchun foydali ekanligini qancha tez kelib muommolarini hal qilib ketishsa o’zlariga yaxshi bo’lishini umuman tushinishni xoxlashmayapti, ba’zi paytlarda og’irroq gapirishga ham majbur bo’ldik. Bizda qoldirgan telefon nomerlari bilan doim ham bog’lanib bo’mayapti. Xisoblash jarayonida o’zgarishlar bo’lganligi sababli o’rtada tushinmovchiliklar ham kelib chiqmoqda.
    Korxonalar bilan bog’lanish
    Kompensatsiya to’lovlaridan qarzi bor korxonalar bilan ishladik. 2021-yilda xisobot topshirgan bo’lsada o’tgan 2020-yil uchun qarzdorligi qolib ketgan korxonalarning to’lovlarini hisoblab chiqdik. Hozirgi kunga kelib faoliayti to’xtatilgan bo’lsa yoki ish faoliyati o’zgargan bo’lsa bu haqida rasmiy ma’lumot berishlarini so’radik. Tuman inspeksiya bo’limlari bilan oxirgi natijalar bo’yicha birgalikda ishladik.

    Korxonalar bergan ma’lumotnomalarni joylashgan manzili bo’yicha tumanlarga ajratdik. Korxona tomonidan pechat bilan tasdiqlanmagan ma’lumotnomalarni alohida qilib, ish oxirida ularga telefon qildim va rasmiy tarzda tasdiqlab berishlarini iltimos qildim. Orginfo sayti orqali korxonalarning holatini tekshirdik. Yuborilmay qolgan xisobotlarni korxona saytiga jo’natdik.


    Ecofund system va EcoFund site tizimida ishlash
    Ecofund system va EcoFund site saytlarida ishladik. Korxonalarning INNsi yordamida saytga kirib xisobotlarining kelib ketganligini tekshirdik. Agarda filiallari bor bo’lsa qaysi tumanda joylashganligini topib alohida qo’shib qo’ydik. Kompensatsiya to’lovlarini to’lab ma’lumotnomalarni tasdiqlab ketilgan bo’lsa saytga kirgizib korxona uchun ham jonatib qo’ydik. Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrida 18 mingdan ziyod bez kategoriya korxonalar mavjud, ular yilda bir marotaba yillik xisobot topshiradi.
    Korxonalarning avans pullarini xisoblash
    Toshkent shahrida joylashgan korxonalarning balansidagi avans pullarini xisobladim va ularni chorak bo’yicha xisobotini qildik. Korxonalar uchun mo’ljallangan EcoFund siteda korxonalarga o’zlarining xisobotini jo’natdik. Xisobot qilish jarayonida sayt bilan ishlash voxtida korxona profiliga kirib bo’lmay qolganda ularning parollarini o’zgartirib boshqarma uchun doimiy ruxsat berilishini belgilab qo’ydik. Qarzdorligi bor korxonalar bilan yana bir marta bog’lanib tezroq kelib xisobot topshirishlarini va kompensatsiya to’lovlarni voxtida to’lash zarurligini eslatib qo’ydik.

    Toshkent shaharda joylashgan korxonalarni 2022-yil 1-kvartal uchun xisobot topshirishlari to’g’risida telefon orqali ma’lumot berdik. Birinchi va ikkinchi toifaga mansub bo’lgan korxonalar har bir chorakda boshqarmaga kelib yoki korxona joylashgan hudud ekologiya inspeksiyasiga xisobot topshiradi. Ko’pchilik korxonalar boshqarmaga murojat qilishlari tufayli men ham xisobot topshirmoqchi bo’lgan korxonalar bilan ishladik. Ularga korxonada bir chorakda ishlab chiqarilgan tovarlarni va unga sarflangan resurslarni aniqlashda hamda ma’lumotnomani to’ldirishda yordamlashdik.


    2853ta korxonaning 2020-yildagi xisobotini yopish maqsadida korxona balansidagi avans pullarini hisoblab yillik xisobotini yopib chiqdik. Korxonaning login parollarini ham to’g’irlab qo’ydik. Keyingi xisobotlarni o’z voxtida topshirishlarini eslatib o’tish maqsadida ularga xabar qoldirdik.

    2019-2020-yillarda hisoblangan kompensatsion to’lov hisob qog’ozlarini tumanlar va kategoriyalar bo’yicha ajratib chiqdik hamda ularning riesstrini ham yozib chiqdik. Toshkent shahridagi barcha tumanlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar, muassasalar, ishlab chiqarish zavodlari, turli katta kichik tadbirkorlik subektlari o’zlarining faoliyatiga mansub bo’lgan ishlab chiqarishni yoki bo’lmasa xizmat ko’rsatishni amalga oshirganligi uchun har bir kvartallda yoki bo’lmasa yil oxirida Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga kompensatsiyon to’lovlarni hisoblash va ularni nazorat qilish bo’limiga kelib belgilangan ko’rsatkichlar asosida hamda yuridik shaxslarning bergan ma’lumotiga qarab to’lov miqdori hisoblanadi. Qabul qilingan kompensatsion to’lov varaqlari faoliyat yuritayotgan yuridik adresslar bo’yicha va u mansub bo’lgan kategoriyalar bo’yicha ajratiladi. Agarda voxti kelib bu hujjatlarga zarurat tug’ilib qolsa topib olish qulay bo’lishi uchun tez tez ularning riesstri tuzilib boriladi. Hujjatlar 3 yilgacha arxivda saqlanadi. Agar ma’lum bir sabablar tufayli korxonaning yuridik adressi, hisob raqamlari, faoliyat turi, stir raqamlari o’zgaradigan bo’lsa albatta bundan xabardor etilishi lozim. Yildan yilga yangi o’zgarishlar, rivojlanish va zamonaviylik bo’lmoqda, o’tgan yillar mobaynida hech qanday kategoriyaga kirmagan tashkilotlar endi malum bir kategoriyaga mansub yoki bo’lmasam ishlab chiqarish faoliyati o’zgarsa shunga qarab kategoriyalari ham o’zgarmoqda.

    Kompensatsion to’lov hisobotlarini elektron bazaga kiritish jarayoni

    Toshkent shahrida joylashgan barcha ishlab chiqarish korxonlarini, xizmat ko’satish tashkilotlarini va boshqa turli xil faoliyat bilan shug’llanadigan muassasalarning bazasini shakllantirdik. 2020-yillda Toshkent shahrida va uning tumanlarida faoliyat yuritgan korxona tashkilotlarning kompensatsion to’lov hisob varaqlariga asosan ularning bazasini yaratish, qaysi korxona qaysi bir kvartallda to’lov qilganini yoki bo’lmasam umuman to’lov amalga oshirmagan bo’lsa ularni ham aniqlab belgilab chiqdik. Kategoriyasining bor yo’qligini agar bor bo’lsa qaysi biriga oidligini ham qayd qilib qo’ydik. Agar imkon bo’lsa hozirgi kunda joylashgan aniq adressini ham yozib chiqdik. Ecofound sayti orqali kelgan electron hisobotlarni ham qabul qilib ularga ham javob yozib qo’ydik. Bir kunda bajargan ishlarimizning hisobotini ham topshirishga ulguryapmiz.


    Kategoriyasi 4-toifaga mansub bo’lgan barcha korxonalarning 2020-yilda topshirgan hisobotlarini korxonalar uchun yaratilgan “Ecofounsite” ga joylashtirdik. Barcha turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar endilikda o’zlarining hisobotlarini elektron sayt orqali yuborishlari va uning javobini olishlari mumkin.


    Download 6,08 Mb.
    1   2   3




    Download 6,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi

    Download 6,08 Mb.