|
Qarzdorligi bor yoki umuman kelmagan korxonalarni aniqlash jarayoni
|
bet | 3/3 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 6,08 Mb. | | #260994 |
Bog'liq Amaliyot hisoboti — копияQarzdorligi bor yoki umuman kelmagan korxonalarni aniqlash jarayoni
2018-2019-yillarda qabul qilingan hisobotlarni o’rganib chiqdik. Ayrim hollarda shunday vaziyatlar ham bo’lyaptiki ba’zi bir korxonalar, xizmat ko’rsatish tashkilotlari va ugurji savdo bilan shug’illanadigan kichik yuridik tadbirkorlik subektlari faqatgina bank orqali to’lov qilishgan holos, kelib hisobot topshirmaganlar. Kamdan kam hollarda avans pullari ham chiqib qolyapti yani depozitga ega, lekin to’lovlarni o’z voxtida to’lamasdan jarima qilinganlar ham yoq emas. Ishimizni chin yurakdan samimiy bir tarzda bajarmoqdamiz.
Qarzdorligi bo’lgan yoki umuman kelmagan korxonalar ro’yxatini shakllantirdik. Kompensatsion to’lovlari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qarorigamuvofiq ish yuritadi. Yuqoridagi jarayonda barcha tashkilotlarning kvartallar bo’yicha yoki bo’lmasa yillik to’lov varaqalarini ro’yxatga olish hamda umuman kelmagan korxona tashkilotlarni aniqlash va ularga tegishli chora tadbirlar qo’llash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish aks ettirilgan.
2018-2019-yillarda qabul qilingan korxonalarning riesstrini tuzib chiqdik. Har bir tuman bo’yicha va kategoriyasiga qarab korxonalarning to’lo’v hisobotlarini ajratib chiqdik. Alohida fayllarga solib nomerlab chiqdik. Agar hech qanday kategoriyaga mansub bo’lmasa ularni 0 raqami bilan belgilab tumanlarga ajratdik.
Raschyot qilishni o’rgandik. Har yili 15-dekabrdan keyin doimgidek yilning oxirgi hisobotini topshirish boshlanadi. Avvallari barcha tumanlar bir joyda qabul qilingan bo’lsa bu yildan endi hammasi alohida bo’lib tumanlar bo’yicha qabul qilinadigan bo’lishdi. Albatta bundan bexabar bo’lishganlar to’g’ri shu yerga Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga kompensatsiya bo’limiga kelishyapti. Tuman inspektorlari bunga tayyor emasliklari inobatga olinib ularga ham konsultatsiya o’tishmoqda. Korxonaning to’lov summasi miqdorini aniqlab beradigan formulani o’rganishyapti. Biz ham shular qatorida o’rganib oldik, yaqin kunlarda boshlanadigan qabul jarayoniga tayyor holatda bo’lishimiz kerak. Hammamiz imkon boricha kelayotgan fuqorolar uchun qulay va tez xizmat ko’rsatishimiz lozim. Ishlab chiqarish bilan shug’illanadigan korxonalar uchun Feruza opa qabul qilyaptilar, Durdona ham ishlab chiqarish tashkilotlarini ham xizmat ko’rsatish bilan faoliyat yuritadiganlarni qabul qilyapti. Biz esa ularga yordam berib turipmiz, bazi paytlarda ish ko’payib ketsa biz ham mustaqil holda qabul qilib turdik. Agar inson o’z kasbini chindan ham yaxshi ko’rsa unga mehrini bera olsa u bu ishning ustasi bo’lishi mumkin. Mening ham kun sayin qiziqishim ortib tobora ko’proq mehrimiz tushib boryapti.
Ecofound saytida : Elektron sayt orqali kelgan hisobotlarni qabul qildik. 2018-2019-yillarda topshirilgan hisobotlarni ilovaga ham kiritib qoydik. 2020-yilda har bir kvartallda kelgan hisobotlarni ham belgilab qo’ydik. Qarzdorligi aniqlangan korxonalarni alohida ro’yxatga kiritib qo’ydik. Saytda chiqmagan korxonalarning eski hisobotlarini ham topishga harakat qildik.
Ma’lumotlarni ilovaga kiritish jarayoni . Turli hujjatlar bilan ishladik, jumladan 2018-2019-yillarda kiritilgan hisobotlar bo’yicha ilovadan ma’lumotlar oldik. O’zgartirishlar ham kiritdik. 2020-yil uchun o’zimizga kerakli ma’lumotlarni ham yig’dik. Kategoriyasini aniqlab qaysi birigiga mansubligini belgilab qo’ydik. Qarzdorligini tekshirdik. Avansi bor korxonalarni ham 2020-yil uchun belgilab qo’ydik.
|
| |