• Xalqaro prinsiplar
  • Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash




    Download 60,67 Kb.
    bet8/14
    Sana01.06.2024
    Hajmi60,67 Kb.
    #259041
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo\'ll-fayllar.org

    Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash — atrof-muhit sifatini tirik organizmlar uchun yetarli darajada ushlab turadigan, qayta tiklaydigan va oshirib boradigan xalqaro munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun esa, albatta, butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining bir me’yorda rivojlanishi, ekologik siyosat tizimida davlatlarning integratsiyalanishini talab qiladi. Bu borada BMТ, davlatlararo va nodavlat tashkilotlarining egallagan o‘rni va ularning ekologik masalalarining yechimini topishdagi ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
    Hozirgi zamon xalqaro ekologik hamkorlik uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda:
    1) atrof-muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorligi hamda ulardagi ijobiy tajribalarni keng tar­g‘ib qilish;
    2) mintaqada (regionda) yoki cheklangan zonalarda tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tatbiq qilish;
    3) global ekologik muammolarning yechimini topishda xalqaro hamjamiyatning universal yo‘llarini ishlatish.
    2. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari.
    Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir huquq sohasi jamiyatdagi muayyan munosabatlarni tartibga solishda aniq qoida-prinsiplarga yondashadi. Milliy qonunchilikni ishlab chiqish va shakllantirishda bu prinsiplar har bir millat yoki davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy-madaniy, milliy holati va an’analariga asoslangan tarzda belgilansa, xalqaro huquqda esa ikki va undan oshiq millat, xalq yoki davlatlarning umumiy manfaatlariga, inson huquqlariga yondashadi.
    Xalqaro prinsiplar — xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq sub’yektlarining boshqaruv qoidalari.
    Xalqaro ekologik prinsiplar — xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya’ni sub’yektlarining, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va xalqaro Ekologiya huquqi ob’yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari. Bu qoidalar xalqaro huquq normalari zaminida yotishi va o‘zaro munosabatlarni huquqiy me’yorlash va huquqiy mexanizmni ishlab chiqishda yo‘nalish beruvchi ko‘rsatma tarzida xizmat qilishi kerak.
    BMТ Nizomining 2-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan va uning hamma a’zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat prinsiplari xalqaro ekologik prinsiplarning asosi hisoblanadi. Xalqaro ekologik prin­siplar Stokgolm, Rio-de-Janeyro, Yoxannesburg konferensiyalarining deklaratsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta’minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida va Umumjahon tabiat Xartiyasida va shu kabi xalqaro huquq manbalarida o‘z aksini topgan.

    Download 60,67 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 60,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro miqyosda ekologik xavfsizlikni ta’minlash

    Download 60,67 Kb.