• Adabiyotlar royxati
  • Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo'llari




    Download 60,67 Kb.
    bet14/14
    Sana01.06.2024
    Hajmi60,67 Kb.
    #259041
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo\'ll-fayllar.org

    Xalqaro Qizil kitob 1972-yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan BMТ, YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer kurrasida noyob va yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo‘qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
    Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Qizil kitob uchun ma’lumotlarni 1949-yildan boshlab to‘pladi va uni 1966-yili «Red Data Book» nomi bilan ingliz tilida chop etdi. U doimo to‘ldirib boriladi va ingliz tilida chop etiladi. XX asrning 80-yillari boshiga kelib sut emizuvchilarning 236, qushlarning 485, sudralib yuruvchilarning 141, baliqlarning 194 turlari xalqaro Qizil kitobga kiritildi. Hozirgi kunda ularning soni 2 baravargacha ko‘paygan.
    Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan flora va fauna dunyosi turlari qaysi bir mamlakat hududida yashashidan qat’i nazar ularning xalqaro muhofaza qilinishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat ostida bo‘lishi shart. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlarning vaqtinchalik yashash makoni bo‘lgan botqoq, ko‘l, daryo yoki land­shaftlar alohida muhofaza qili­nadigan tabiiy ob’yektlar toifasiga kirgizilishini xalqaro huquqiy normalar talab qiladi. YUNESKOning «Kishilar va biosfera» xalqaro dasturiga muvofiq O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi Chotqol biosfera qo‘riqxonasi tashkil etildi.
    Adabiyotlar ro'yxati
    l.Karimov I. XXI asr bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т., "O'zbekiston", 1997
    2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999 3.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".
    4. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,
    5.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004
    6. RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998
    7.T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002
    8.Ekologiya va hayot. -Т., "Oz'bekiston", 2002
    9.To'xtayev A.S. Ekologiya. - "O'qituvchi", 2001
    lO.Nigmatov A. Ekologiya nima? -Т., 'TDYul nashr.",2002
    11.Nigmatov A. Inson va tuproq. - Т., "G'afur G'ulom", 2002

    http://fayllar.org
    Download 60,67 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 60,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekologiya va inson, atrof muhit tizimi uni muhofaza qilish yo'llari

    Download 60,67 Kb.