• Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili
  • Ta’lim sohasi va yo’nalishi
  • Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot
  • Dars vaqti va joyi: “Tabiiy fanlar” fakulteti asosiy bino 426-auditoriya Kursning davomiyligi
  • Individual grafik asosida ishlash vaqti
  • Ma’ruza: 62 Laboratoriya
  • Fanning mazmuni Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni
  • Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi” fanining 2021/2022 o’quv yili uchun mo’ljallangan s illabusi




    Download 183,5 Kb.
    bet1/3
    Sana02.10.2024
    Hajmi183,5 Kb.
    #273202
      1   2   3
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Fan sillabusi


    DORIVOR O’SIMLIKLAR BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI”
    fanining
    2021/2022 o’quv yili uchun mo’ljallangan
    S ILLABUSI



    Fanning qisqacha tavsifi

    OTMning nomi va joylashgan manzili:

    Guliston davlat universiteti

    Guliston shahri 4-mavze

    Kafedra:

    Dorivor o’simliklar va botanika

    “Tabiiy fanlar” fakulteti tarkibida

    Ta’lim sohasi va yo’nalishi:

    410000 – Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

    5411100 Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

    Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot

    Jumanov Jo’rabek Abdujalol o’g’li



    e-mail:

    tel:




    jumanovjorabek90@gmail.com

    +998972455661



    Dars vaqti va joyi:

    “Tabiiy fanlar” fakulteti asosiy bino 426-auditoriya

    Kursning davomiyligi

    06.09.2021-14.03.2022

    Individual grafik asosida ishlash vaqti:

    Chorshanba va juma kunlari soat 08:00 dan 17:00 gacha

    Fanga ajratilgan soatlar:

    Auditoriya soatlari

    Mustaqil ta’lim:

    92

    Ma’ruza:

    62

    Laboratoriya:

    62

    Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvezitlari):

    O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi, o’simliklar ekologiyasi, antekologiya, reproduktiv biologiya, poleobotanika, o’simliklar geografiyasi, senopopulyatsiya

    Fanning mazmuni

    Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

    O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
    Dastur O’zbekistonda tabiiy holda keng tarqalgan va madaniy holda o’stirilayotgan dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasini o’rganishga qaratilgan. Dorivor o’simlik turlarining bioekologik xususiyatlarini o’rganish, ularni tabiiy sharoitda tarqalgan senopopulyatsiyalari, reproduktsiya jarayoni tadqiq etish, dastlabki ko’paytirish sinov-tajribalarini o’tkazish ularni dastlabki madaniy plantatsiyalarini yaratishga ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. O’simliklar tabiiy resurslardan foydalanishning ortishi o’simlik tabiiy zaxiralarining tobora chegaralanib qolishiga va tabiiy bioxilma-xillikni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda 120 tadan ortiq dorivor o’simlik turlari aniqlangan. Ularning 112 ta turi farmokopeyada qo’llanilmoqda. So’nggi yillarda floramizdagi ayrim dorivor o’simliklarning areallari tobora qisqarib, muhofazaga muhtojligi qayd etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning 2019 yilgi nashriga kiritilgan turlar soni soni 313 tani tashkil etdi.
    “Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan fan hisoblanib, 3-bosqichda o’qitilishga mo’ljallangan. Dorivor o’simliklarning bioekologiyasini o’rganish ayrim yuqolish arafasiga kelib qolgan turlarning tabiiy arealarini muhofaza etish, ularni madaniylashtirish va maxsus plantatsiyalarini barpo etishda asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur fan bo’lajak mutaxassislarga dorivor o’simliklarning bioekologik xususiyatlari va reproduktsiya jarayonlarini tadqiq etishning klassik va eng zamonaviy usullari bilan tanishtirishni o’z ichiga oladi.

    Download 183,5 Kb.
      1   2   3




    Download 183,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi” fanining 2021/2022 o’quv yili uchun mo’ljallangan s illabusi

    Download 183,5 Kb.