• Darsning borishi
  • TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Talabalarga qo‘yiladigan talablar




    Download 239,58 Kb.
    bet9/9
    Sana13.10.2024
    Hajmi239,58 Kb.
    #274891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    EKSPERIMENTAL PSI SEMINAR USLUBIY KO\'RSATMA

    Talabalarga qo‘yiladigan talablar: Mavzu yuzasidan darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ularni tahlil qilib, kuzatilganlarni yozish, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok etish.
    O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar: Talabalar diqqatini mavzu mazmuniga jalb eta olish, ta‘limiy maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, talabalar og‘zaki va yozma faoliyatlarini rag‘batlantirish.
    Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismida o‘qituvchi guruhxonasining tozaligi, talabalabalarning davomati va o‘tgan mavzuni biroz takrorlab , uyga berilgan vazifani talabalardan so‘rashdan oldin talabalarni 3 guruhga bo‘lib, har bir guruhga quydagi topshiriqni beradi, har bir guruh o‘ziga nom tanlaydi, guruh sardorini saylab olishlari kerakligini aytadi. Guruhlar o‘zlariga nom va sardor tanlab olgach guruhlar ichida mavzu rejalarini ketma-ketligi asosida muhokamali savollar berib, javoblar berish asosida ball to‘plab borishlari kerakligini aytadi.
    Guruhlar ichida ishlash metodida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtaladi:

    • guruhda tinchlik saqlanishi va javoblarni qaysi talaba ifoda etishini etirof etuvchi guruh sardorlari ekanligi;

    • savol berish navbati soat strelkasi bo‘yicha borishini;

    • birinchi javobni bergan guruhda agar javoblar to‘liq bo‘lmasa boshqa guruhlar ham qo‘shimcha qilishlari mumkinligini;

    • guruh tomonidan berilgan javob to‘liq bo‘lmagan holda boshqa guruh aniq javob bersa ball berilishini va birinchi javob bergan guruh bali pasayib ketishi mumkinligini;

    • berilgan savollarning aniqliyligiga va javob berayotgan guruh javoblari to‘g‘riligini tinglab ,agar tuzatishlar kiritish kerak bo‘lsa javoblar tinglanib bo‘lgach javob berish lozimligini;

    • dars so‘ngida ballar yig‘indisi hisoblangan chog‘da , agarda guruhda nechta talaba umuman faollik ko‘rsatmagan bo‘lsa guruhning umumiy yiqgan balidan shuncha bal olib tashlanishi, shuning uchun guruhlardagi barcha talabalar qatnashishi lozimligini ;

    Dars oxirida a‘lo ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “a‘lo” baho, yaxshi ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “yaxshi”, qoniqarliball to‘plagan guruhga “qoniqarli ” baho qo‘yishini aytadi .
    Dars so‘ngida o‘qituvchi va talabalar bilan birgalikda dars xulosalanadi, aktiv ishtirok etgan talabalar baholanadi va uyga vazifa beriladi. Qo‘llanilgan metodning ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinadi.

    TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


    1.Davis S.F Handbook of research Methods in Experimental Psycholog. Blackwell publishing l.td,2003,515


    2.Langdridge D, Hagger Johnson G.Introduction to research Methods and data Analaysis in psychology. 3rd. ed pearson education limited, 2011473. P
    3. Nikandarov V.V.Eksperimentalnaya psixologiya Uchebnaya pasobiya. Piterizdatelstvo “Rech” 2003. 408.c
    4.Nikandarov V.V.Eksperimentalnaya psixologiya Uchebnaya pasobiya. Piterizdatelstvo “Rech” 2003. 408.c


    Download 239,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 239,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarga qo‘yiladigan talablar

    Download 239,58 Kb.