|
Eksperimental psixologiya
|
bet | 2/9 | Sana | 13.10.2024 | Hajmi | 239,58 Kb. | | #274891 |
Bog'liq EKSPERIMENTAL PSI SEMINAR USLUBIY KO\'RSATMATayanch tushunchalar: ko’rish sezgisi, eshitish sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish, teri sezgi, statik sezgi.
Darsning maqsadi: Talabalarga uyga vazifa qilib berib yuborilgan psixologik xizmat haqida umumiy tushuncha mavzusiga doir rejalarning mazmuni, mohiyati va trening qoidalari,munozara metodlarining ijtimoiy psixologik ahamiyatiga doir barcha bilim ko‘nikma malakalarni takrorlash, mustahkamlash, amaldagi ahvoli to‘g‘risida bahs, munozara o‘tkazish.
Darsning umumiy metodi: Guruh ichida munozara, suhbat, soat millari texnologiyasi, tushuntirish, hikoya, namoyish etish, amaliy ishlar.
Talabalarga qo‘yiladigan talablar: Mavzu yuzasidan darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ularni tahlil qilib, kuzatilganlarni yozish, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok etish.
O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar: Talabalar diqqatini mavzu mazmuniga jalb eta olish, ta‘limiy maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish, tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, talabalar og‘zaki va yozma faoliyatlarini rag‘batlantirish.
Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismida o‘qituvchi guruh xonasining tozaligi, talabalabalarning davomati va o‘tgan mavzuni biroz takrorlaub , uyga berilgan vazifani talabalardan so‘rashdan oldin talabalarni 3 guruhga bo‘lib, har bir guruhga quydagi topshiriqni beradi, har bir guruh o‘ziga nom tanlaydi, guruh sardorini saylab olishlari kerakligini aytadi. Guruhlar o‘zlariga nom va sardor tanlab olgach guruhlar ichida mavzu rejalarini ketma-ketligi asosida muhokamali savollar berib, javoblar berish asosida ball to‘plab borishlari kerakligini aytadi.
Guruhlar ichida ishlash metodida amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtaladi:
Guruhda tinchlik saqlanishi va javoblarni qaysi talaba ifoda etishini etirof etuvchi guruh sardorlari ekanligi;
savol berish navbati soat strelkasi bo‘yicha borishini;
birinchi javobni bergan guruhda agar javoblar to‘liq bo‘lmasa boshqa guruhlar ham qo‘shimcha qilishlari mumkinligini;
guruh tomonidan berilgan javob to‘liq bo‘lmagan holda boshqa guruh aniq javob bersa ball berilishini va birinchi javob bergan guruh bali pasayib ketishi mumkinligini;
berilgan savollarning aniqliyligiga va javob berayotgan guruh javoblari to‘g‘riligini tinglab ,agar tuzatishlar kiritish kerak bo‘lsa javoblar tinglanib bo‘lgach javob berish lozimligini;
dars so‘ngida ballar yig‘indisi hisoblangan chog‘da , agarda guruhda nechta talaba umuman faollik ko‘rsatmagan bo‘lsa guruhning umumiy yiqgan balidan shuncha bal olib tashlanishi, shuning uchun guruhlardagi barcha talabalar qatnashishi lozimligini ;
dars oxirida a‘lo ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “a‘lo” baho, yaxshi ball to‘plagan guruh talabalarining hammasiga “yaxshi”, qoniqarliball to‘plagan guruhga “qoniqarli ” baho qo‘yishini aytadi .
|
| |