• Tayanch iboralar
  • Ma’ruza maqsadi
  • Eksperimentni rejalashtirish va statistik taxlil




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,49 Mb.
    #109936
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Text of lecture 1



    1-MAVZU: “EKSPERIMENTNI REJALASHTIRISH VA STATISTIK 
    TAXLIL” FANINING UMUMIY ASOSLARI. 
    LECTURE 1. GENERAL BASES OF THE SUBJECT "PLANNING 
    EXPERIMENTS AND STATISTICAL ANALYSIS" 
    Reja: 
    1. Dastlabki tushunchalar. 
    2. Ilmiy izlanishlarning algoritmi. 
    3. Tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlarning mazmuni va amalga oshirish yo‘llari
    4. Respublikamiz avtosanoat majmuasi rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarning 
    o‘rni. 
    Tayanch iboralar: 
    Ilm fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni. Fan tushunchasi. Ilmiy tadqiqot. Ilmiy 
    izlanishlarning algoritmi. Ob’ekt. Vazifa. Modelning ifodalanishi. Eksprement va 
    uni bajarish. Tadqiqotlar o‘tkazish bosqichlari. Tahlil(analiz). Sintez. 
    Korreksiya(to‘g‘rilash). Natijani ifodalash. Ishlab chiqarishga tavsiya etish. 
    Ma’ruza maqsadi: Ilmiy izlanishlarning umumiy algoritmi haqida 
    tushunchaga ega bo‘lish. 
     
    1. Dastlabki tushunchalar 
    Ilm-fan - ijtimoiy ongning eng muxim shakllaridan biridir. Uni turli 
    aspektlarda ko‘rib chiqish mumkin. Ammo amaliy maqsadlar uchun, ilm-fanni 
    tabiatdagi qonuniyatlarni qidirish jarayoni sifatida ta’riflash mumkin. Bunda tabiat 
    juda keng ma’noda tushuniladi. Bu insonni, uning o‘zini xam qamrab olgan xolda, 
    atrofini o‘rab turuvchi barcha narsalardir. SHuningdek, qonuniyatlar xam tabiatda 
    mavjud bo‘lgan barcha ko‘rinishdagi o‘zaro bog‘lanishlarni qamrab oladi. 
    Ilm-fan tushunchasi ikki xil ma’noga ega ekanligiga axamiyat berish zarur. U 
    birinchidan, tabiatni o‘rganish jarayoni va ikkinchidan esa o‘rganish natijalarini 
    ifodalash bo‘ladi. 


    Mashina va jarayonlarni tadqiqot qilishda moddiy va mehnat sarfini tejash
    hamda vaqtdan yutish maqsadida turli modellash usullari ishlatiladi. Masalan, 
    nihoyatda katta yoki juda kichik o’lchamdagi mashina qurilmasini laboratoriyada 
    tekshirish uchun uning qulay o’lchamdagi geometrik modeli yasaladi. Olingan 
    natijalarni haqiqiy mashinaga ko’chirish masshtab koeffitsientlari va o’xshashlik 
    mezonlari yordamida amalga oshiriladi. Ba’zi juda tez yoki nihoyatda sekin sodir 
    bo’ladigan jarayonlar uchun ham bu usuldan foydalansa bo’ladi. Bu misollar fizik 
    modellashga taalluqlidir. 
    Model deb tadqiqot jarayonida asl ob’ektni almashtiradigan va uni bevosita 
    o’rga-nish natijasida asl ob’ekt haqida yangi ma’lumotlar olinadigan xayoliy ideal 
    ob’ektga aytiladi [1]. Modellashtirish modellarni qurish, tadqiqot qilish va ularni 
    joriy etish jarayonidan iborat. 
    Tizim (mashina) va jarayonlarning formallashgan ko’rinishdagi, ya’ni 
    matematika ti-liga o’tkazilgan ifodasi matematik bog’lanishlar deyiladi. Matematik 
    bog’lanishlar mashi-naning ishlashiga yoki jarayonning kechishiga ta’sir 
    ko’rsatuvchi asosiy omillarni qamrab olsa, uni matematik model deb atash mumkin 
    [2].
    Matematik modellar qurish usullari hozirgi vaqtda tad-qiqotlarning har 
    yoqlama qulay usuliga aylangan. Bu usul qator sabablarga ko’ra turli jarayon va 
    tizimlarni tahlil qilish va hodisalarni o’zaro bog’liq holda tekshirib xulosa 
    chiqarishning samarali vositasi bo’lib chiqdi. Birinchidan, u mashinalarni tadqiqot 
    qilish va ishlab chiqish jarayonlarini jadallashtirishga; ikkinchidan, ko’pincha 
    an’anaviy analitik usullar bilan yechilishga kel-maydigan murakkab masalalarni 
    ham yechishga imkon beradi. Ko’pincha bu usullardan foydala-nib, turli 
    tizimlarning sifat ko’rsatkichlarini miqdoriy baholash, tizimlarni taqqoslash va hali 
    loyihalash bosqichidayoq eng yaxshisini tanlab olishga erishish mumkin. Matematik 
    modellash usulining uchinchi muhim xususiyati bo’lib, tizim (ob’ekt) larni 
    loyihalash va ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni ancha kamaytirish 
    mumkinligi hisoblanadi. 

    Download 0,49 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksperimentni rejalashtirish va statistik taxlil

    Download 0,49 Mb.
    Pdf ko'rish