Tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlarining mazmuni va amalga oshirish




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana02.12.2023
Hajmi0,49 Mb.
#109936
1   2   3   4   5
Bog'liq
Text of lecture 1

3. Tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlarining mazmuni va amalga oshirish 
yo‘llari 
Boshida xar bir bosqichning mazmunini, so‘ngra esa tadqiqot jarayonida 
uni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. 
1. OB’EKT. Bunda ob’ektni tanlash ko‘zda tutiladi. YUqorida ko‘rsatib 
o‘tilgandek, tadqiqot ob’ektini tanlashda xech qanday prinsipial cheklashlar 
bo‘lmasada, quyidagi ikki xolatni xisobga olgan xolda bunday cheklashlar paydo 
bo‘lishi mumkin: 
a) Ma’lum bir ob’ektlarining o‘rganilishi zarurligi yoki muhimligi. Bunda, 
galaktikalar chiqaradigan radio to‘lqinlarni yoki traktorning ish unumdorligini 
oshirish usullarini o‘rganish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish hozirda muhim amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va mashinasozlik soxalaridagi tadqiqot 
ob’ektini tanlashni taqozo qiladi. 
Birinchi turdagi ob’ektlarning tadqiqotini fundamental (nazariy), ikkinchi 
turdagilarni esa-amaliy tadqiqotlar deyiladi. Fundamental tadqiqotlar - insoniyat 
uchun strategik (istiqbolli) aspektda muxim bo‘lib, ular ilm-fanning asosiy vazifasi 
- ko‘p tarmoqli xo‘jalikni unumdorligini oshirish va shu asosda xalq turmush 
darajasini ortirishni ta’minlovchi amaliy tadqiqotlarning negizidir. 


b) Vaqtning chegaralanganligi. Xar qanday tadqiqot, ayniqsa amaliy tadqiqot, 
ma’lum darajada va ma’lum bir chegaralangan muddatda tugallanishi kerak 
bo‘ladi. Tadqiqotlarni o‘tkazish muddati, ob’ekt tanlashga sezilarli cheklashlar 
qo‘yadi. 
SHuni bilish muximki, ilmiy tadqiqot ob’ektini faqat "predmet" yoki qo‘l 
bilan ushlash mumkin bo‘lgan ashyo sifatida tushunish kerak emas. Ba’zida u 
xaqikatdan xam predmet bo‘lishi mumkin, misol uchun elektrodvigatel, 
o‘zgartirgich yoki plug korpusi lemexi. Ammo ilm-fan predmeti sifatida material 
bo‘lmagan substansiya xam bo‘lish mumkin: algoritm, usul, prinsip. Ilm - fanni 
o‘zi xam tadqiqot predmeti sifatida bo‘lishi mumkin. 
2. VAZIFA. Bunda vazifani tanlash ko‘zda tutiladi. Turli vazifalarning, 
xattoki tanlab olingan tadqiqot ob’ektida ajratib olinadigan vazifalar soni ham 
amaliy jihatdan cheksizdir. Ammo, shuni tushunish foydaliki, fundamental 
vazifalarning to‘rt turi bo‘ladi. Xar bir tadqiqot ob’ekti biron-bir narsani iste’mol 
qiladi va biron-bir narsani ishlab chiqaradi. Bu biron-bir narsa modda, energiya yoki 
axborot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Xech nima iste’mol qilmaydigan va xech 
nima ishlab chiqarmaydigan ob’ektini kuzatib bo‘lmaydi. Iste’molsiz ishlab 
chiqarish saqlanish qonuniga ziddir. Ishlab chiqarishsiz iste’mol qilish esa , agar 
unda biron - bir narsa xosil qilish mumkin bo‘lmasa, ma’noga ega bo‘lmaydi. 
SHunday qilib, xar qanday tadqiqot ob’ekti kirish (X
1
, X
2
, X
3
, ..., X
n
), chiqish (U
1

U
2
, U
3
, ..., U
m
), tashqi ta’sir (T
1
,T
2
,T
3
, ...,T
k
) va nihoyat kirish kattaliklarini chiqish 
kattaliklariga o‘zgartirish qoidalari F ga ega bo‘ladi. O‘ziga mos majmualarni 
Х У Т
, ,
orqali belgilab, istalgan ob’ektning ishini qo‘yidagi ko‘rinishda yozish va 
ko‘rsatish mumkin [4]: 
У
F X T

( , )


Endi, istalgan ob’ektni tadqiq qilishdagi quyidagi to‘rt asosiy vazifani aniqlash 
mumkin: 
Tahlil (analiz) vazifasida, kirish ta’sirlari X va ularni qayta ishlash qoidalari F 
(ob’ekt qurilmasi) berilgan bo‘ladi. Bunda, chiqishdagi natijalarni aniqlash
kerakdir. Tarixan, ko‘pchilik tadqiqot ob’ektlarida aynan ta’lil vazifasining o‘zi 
birinchi bo‘lgan. 
Sintez vazifasida, o‘zgartirish qonunlari F va ob’ektning tuzilishini aniqlash 
zarur bo‘ladi. 
Korreksiya (to‘g‘rilash) vazifasida, kirish X va talab qilinayotgan chiqish 
natijalari Ut berilgan bo‘ladi. Bunda talab qilinayotgan kirish ta’sirlarini Xt aniqlash 
zarur bo‘ladi (odatda Xga nisbatan ma’lum bir tuzatishlarni aniqlash talab qilinadi). 
Ko‘rsatilgan uch turdagi vazifalarda nazorat qilinmaydigan tashqi faktorlar 
T

F (misol uchun xarorat, namlik va boshqalar) o‘zgarmas xisoblangan edi. Ammo 
ularning amaliyotdagi o‘zgarishlari, ob’ektning ish natijalariga axamiyatli ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun barqarorlik vazifasi real shart-sharoitlarda 
tizimning ishga yaroqliligini aniqlashni bajaradi. 
3. MODEL. Tabiatdagi ob’ektlar ularda bevosita nazariy va amaliy 
tadqiqotlarni amalga oshirish uchun juda murakkab bo‘ladi. Ilm-fan, shuning uchun 
ob’ektlar bilan emas, balki ularning modellari bilan ishlaydi va faqat natijalar 
ob’ektlarda tekshirib ko‘riladi. Model tushunchasi nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy
fanlarda, shuningdek san’atda xam keng tarqalgan. Bunda model tushunchasiga 
turlicha ma’no beriladi. SHuni bilish kerakki, model - bu tadqiqot ob’ektini oldindan 
tanlangan almashtirish usulidir. Ba’zida bunday almashtirish ob’ektni analitik 
soddalashtirilgan ifodasiga o‘tish, ya’ni ob’ektni ma’lum bir axborot bilan 
almashtirish bilan xosil qilinadi. Ba’zida ob’ekt tabiatan o‘ziga bir xil bo‘lgan yoki 
bir xil bo‘lmagan ob’ekt bilan almashtiriladi (misol uchun plug korpusi 
kichraytirilgan holda laboratoriyada, daryo yoki to‘g‘on o‘zining kichraytirilgan 
modelida laboratoriyada o‘rganilishi mumkin). 
Modelni tanlash - ilmiy tadqiqotlarning nazariy jixatdan qiyin masalalaridan 
biridir. Tushunarliki, model, ob’ektda qo‘yilayotgan vazifaga adekvat (mos) 


bo‘lishi kerak. Mos kelish bu xolatda, qo‘yilgan vazifa uchun axamiyatli bo‘lgan 
ob’ektni sifatlarini modelda xosil qilish ma’nosini beradi. Ammo, qanday qilib, 
oldindan ob’ektning qaysi bir sifatlari axamiyatligini bilish mumkin? Ta’kidlash 
mumkinki, agar model avvaldan ma’lum bo‘lsa va ob’ekt to‘g‘risidagi bilimlarni
aniqlasa xam, unda tadqiqot axamiyatli, yangi natijalar bermaydi. Model xar qachon 
gipoteza va taxmindir. Fan va texnikaning turli soxalarida ko‘plab modellar taklif 
qilinadi. Ammo, ularning barchasini to‘rt klassga bo‘lish mumkin: Og‘zaki (verbal),
grafik, matematik va fizikaviy modellar [5]. 
4. VAZIFANI IFODALASH (TA’RIFLASH).
Vazifani qo‘yish yoki ifodalashni uni tanlash yoki vazifa yuzasidan Og‘zaki 
tortishuvlar bilan almashtirib yubormaslik kerak. Vazifani qo‘yish va ifodalash - bu 
berilgan va qidirilayotgan o‘zgaruvchilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarning
miqdoriy tizimini aniqlashdir. Bunda ba’zi bir, o‘zaro bog‘lanishlarni, funksiyalar 
va funksionallar ko‘rinishida shartli belgilash ruxsat etiladi. 
To‘g‘ri va aniq ifodalangan vazifa, nima berilgan yoki ma’lum xisoblanadi, 
nimani tanlash kerak va amaliyotda xar qachon bor bo‘lgan cheklanishlar nimadan 
iborat degan tushunchalarga turlicha ma’no berishga yo‘l qo‘ymaydi. SHuning 
uchun vazifani qo‘yish, ilmiy tadqiqot algoritmining murakkab bosqichlaridan 
biriga kiradi, chunki o‘ urganilayotgan sohani chuqur bilishni taqazo qiladi. 
Vazifalar ob’ektning qaysi xususiyatlarini tadqiq qilishni, uni ifodalaydigan 
chiqish parametrlariga ta’sir darajasini aniqlashni konkret, aniq qo‘yishni talab 
qiladi. Ba’zida ob’ektning chiqish parametrlariga ta’sir etadigan faktorlar va 
ularning o‘zaro bog‘liqligi aniq bir tenglamalar orqali ifodalangan bo‘ladi. Masalan, 
plugning qarshiligi R asosan shudgorlash chuqurliga a, korpusning qamrash kengligi 
v, korpuslar soni p ga bog‘liq. Agar kirish parametrlari a,i,p bo‘lsa o‘zaro bog‘liqlik 
quyidagicha qo‘yilishi mumkin: 
R=K∙a∙v∙p
(1.1) 
Ba’zida, tenglama vazifani echimi deb xisoblanadi, bu xatodir.
Tenglama - vazifaning qo‘yilishi bo‘lib, bu tenglamadan bog‘liqlik koeffitsienti K 
ni xisoblab chiqarish tadqiqotning aloxida bosqichidir. 


5. YECHISH.
Vazifani echish - o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘lanishlarini ochib berishdir, 
bu o‘zgaruvchilar ifodalash bosqichida noaniq bog‘lanishlar F, f, 

bilan belgilangan 
bo‘ladi. Bunda qo‘yidagi asosiy xollar uchraydi: 
Olingan tenglamalar tizimi (yoki biron bir tenglama) matematikaning rivoji 
natijasida o‘rganilgan. Tadqiqotchining vazifasi bunda o‘zining tenglamalarini 
matematik tenglamalar bilan solishtirish va o‘rnatilgan qoidalar asosida uni 
echishdan iborat bo‘ladi; 
Olingan tenglamalar tizimi oldin uchramagan va matematiklar tomonidan 
o‘rganilmagan. Bu xolatning e’timolligi juda kichik bo‘ladi; 
Tenglamalar tizimini bir necha xususiy xollar uchun echish mumkinligi, bunda 
qandaydir soddalashtirishlar amalga oshiriladi (nochiziqliklarni yaqinlashtirish, 
kichik a’zolarni xisoblamaslik va boshqalar); 
Olingan tenglamalar tizimini EXM yordamida sonli usullar yordamida echish. 
6. EKSPERIMENT ORQALI TEKSHIRISH. 
Xar bir ilmiy tadqiqotlar, agar uning natijalari eksperimental tekshiruvdan o‘tmasa, 
tugallangan deb xisoblanmaydi. Buning asosiy sabablari qo‘yidagilardir [6]: 
- qabul qilingan ob’ekt modelining adekvatligi to‘g‘risidagi ishonchning 
yo‘qligi; 
- vazifani qo‘yish va uni echish bosqichidagi yo‘l qo‘yishlarga ishonchning 
yo‘qligi; 
- echish bosqichida xatoliklarni paydo bo‘lishi mumkinligi. 
Eksperimental tekshirishlarning ma’suliyati va murakkabligi, xozirda aloxida 
ilmiy yo‘nalishni yaratilishiga olib keldi, bu yo‘nalish eksperimentlar nazariyasi deb 
ataladi. 
Eksperimental tekshirishlar ikkita o‘zaro farqlanuvchi natijalarga olib kelishi 
mumkin. 
Birinchi xolatda, eksperimental tekshirish amaliyot uchun etarli aniqlik 
bilan nazariyani isbotlab beradi. Bunda tadqiqot tugallangan xisoblanib, uning 
natijalari foydalanish uchun beriladi. 


Ikkinchi xolatda qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan farqlar kuzatiladi. Bunda 
tadqiqotlar siklini qaytarish zarur bo‘ladi (modelni aniqlash bosqichidan boshlab, 
1.1-rasmga karang) [7]. 
SHuni tushunish muximki, siklning mavjudligi (ba’zida sikldan bir necha bor 
o‘tishga to‘g‘ri keladi) fan imkoniyatlarining etishmasligidan emas, balki uning 
moxiyatidan kelib chiqadi. Fan gipotezlarni ya’ni oldindan aniq bo‘lmagan 
taxminlarni tekshiradi.

Download 0,49 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadqiqotlarni o‘tkazish bosqichlarining mazmuni va amalga oshirish

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish